Raxmonov Sardorjon Sodiqjonovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash jarayonini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu932.
Ilmiy rahbar: Yusupov Sardorbek Bahodirovich yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori (DSc), professor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich va yuridik fanlari doktori, professor Karligash Umarovalar.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi davlat fuqarolik xizmatini o‘tash jarayonining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat fuqarolik xizmatida lavozim bo‘yicha ko‘tarilish, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzlyuksiz ravishda oshirish va davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lashning yagona tartibini belgilash kabilar davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tizimiga kirishi lozimligi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi darajasi uning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab borilishi lozimligi asoslangan;
davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador bo‘lmasa ommaviy bayonot berilishi mumkin emasligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va takomillashtirishda foydalanilgan:
davlat fuqarolik xizmatida lavozim bo‘yicha ko‘tarilish, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzlyuksiz ravishda oshirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lashning yagona tartibini belgilash kabilar davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tizimiga kirishiga oid taklifi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasi ikkinchi qism to‘rtinchi, oltinchi va ettinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2023-yil 18-oktyabrdagi 02-08-378-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatini o‘tash jarayonining aniq doirasini belgilanishi va mazkur jarayonlarni aniq qonunchilik asosida tartibga solinishiga xizmat qilgan.
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi darajasi uning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab borilishiga oid taklif “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42-modda ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2023-yil 18-oktyabrdagi 02-08-378-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzlyuksiz ravishda oshirish tartibotini belgilanishiga va sohadagi turli qonunosti hujjatlar o‘zaro muvofiqlashuviga xizmat qilgan.
davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslikka oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloqining namunaviy qoidalarining 9-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 28-mart 12-15-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat faoliyati davomidagi majburiyatlariga amal qilgan holda, turli suiste’molliklarga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilgan.
davlat fuqarolik xizmatchisi ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador bo‘lmasa ommaviy bayonot berilishi mumkin emasligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloqining namunaviy qoidalarining 16-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 28-mart 12-15-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan ommaviy bayonot berish tartiblarini aniq belgilashga xizmat qilgan.