Nishonov Farxod Musajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyot yo‘nalishlarida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar sifatida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti professori, p.f.d. Tojiboeva Xilola Maxmutovna, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, p.f.d. Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyot yo‘nalishlarida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirishni takomil-lashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirishning didaktik imkoniyatlari motivasion-qiymatli va talaba xarakterini ifodalovchi ichki xususiyatlarning adekvat namoyon bo‘lishi asosida talaba salohiyatini bosqichma-bosqich realizatsiya qilish jarayonida uning shaxsiy javobgarligini belgilashga ko‘ra aniqlashtirilgan;
iqtisodiyot yo‘nalishida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish modeli o‘quv predmeti va turli xil tuzilmalari materiallarining mazmuniga to‘laqonli parallel holda vizual aks ettirilgan materiallardan foydalanish samaradorlikni oshirishi, shunga ko‘ra ularni iqtisodiy-matematik usullarning mantiqiy tuzilmasi va vaziyatni modellashtirishda aks ettirilishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabaning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy induvidual xususiyat-larining ustuvorligiga ko‘ra iqtisodiyot yo‘nalishida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish modelini takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan va mazkur jarayonni iqtisodiy-matematik tarzda tavsiflanishi bo‘yicha takliflar asoslangan;
individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish metodikasining samaradorligini o‘quv jarayonida talabaning maqsadli segment (m-n, marketing-tadbirkorlik), muammoning huquqiy ta’minoti va tahliliy (axborot-tahliliy) ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan nisbiy yaxlitligini ta’minlashga ko‘ra o‘quv modullari mazmunini uyg‘unlashtirish asosida oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Iqtisodiyot yo‘nalishlarida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish metodikasi” bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirishning didaktik imkoniyatlari motivasion-qiymatli va talaba xarakterini ifodalovchi ichki xususiyatlarning adekvat namoyon bo‘lishi asosida talaba salohiyatini bosqichma-bosqich realizatsiya qilish jarayonida uning shaxsiy javobgarlikni belgilashga ko‘ra aniqlashtiriish taklifi “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 27 maydagi 02/01-01-47 raqamli guvohnomasi). Natijada pedagogik shart-sharoitda adekvat holda talaba salohiyatini bosqichma-bosqich realizatsiya qilish va mas’uliyatini oshirishning tashkiliy va pedagogik-uslubiy asoslarini takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyot yo‘nalishida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish modeli o‘quv predmeti va turli xil tuzilmalari materiallarining mazmuniga to‘laqonli parallel holda vizual aks ettirilgan materiallardan foydalanish samaradorlikni oshirishi, shunga ko‘ra ularni iqtisodiy-matematik usullarning mantiqiy tuzilmasi va vaziyatni modellashtirishda aks ettirilishiga ko‘ra takomillashtirishga oid tavsiyalar “Talabalarning matematika fanlarini o‘zlashtirishida individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish texnologiyasi” fan dasturi mazmuniga singdirilgan ((O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2024 yil 27 maydagi 02/01-01-47 sonli guvohnomasi). Natijada iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining iqtisodiy-matematik usullar va modellarni o‘zlashtirishida individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish samaradorligi oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
talabaning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy induvidual xususiyat-larining ustuvorligiga ko‘ra iqtisodiyot yo‘nalishida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyiha-lashtirish modelini takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan va mazkur jarayonni iqtisodiy-matematik tarzda tavsiflanishi bo‘yicha takliflar “Talabalarning matematika fanlarini o‘zlashtirishida individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish texnologiyasi” fan dasturi mazmuniga sing-dirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2024 yil 27 maydagi 02/01-01-47 sonli guvohnomasi). Natijada iqtisodiyot yo‘nalishida fundamental fanlarni o‘qitishning individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish metodikasini uning asl mohiyatiga muvofiq holda qayta asoslanishini nazariy jihatdan asoslangan holda metodikaning, shunga ko‘ra amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga uslubiy-nazariy jihatdan muayyan darajada xizmat qilgan;
individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish metodikasining samaradorligini o‘quv jarayonida talabaning maqsadli segment (m-n, marketing-tadbirkorlik), muammoning huquqiy ta’minoti va tahliliy (axborot-tahliliy) ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan nisbiy yaxlitligini ta’minlashga ko‘ra o‘quv modullari mazmunini uyg‘unlashtirish asosida oshirishning maqsadga muvofiqligi taklifi “Talabalarning matematika fanlarini o‘zlashtirishida individual ta’lim traektoriyasini loyihalashtirish texnologiyasi” nomli dastur mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 27 maydagi 02/01-01-47 raqamli guvohno-masi). Natijada metodik ta’minotning takomillashuviga ko‘ra ta’lim sifati va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligining oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.