Shayakubov Shaxzod Shakabilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning innovatsiya faoliyatini moliyalashtirishning samarali tizimini shakllantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt990.
Ilmiy rahbar: Mamatov Bahadir Safaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saydaliev Saydimaqsudxo‘ja Saydaxmadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalar innovatsiya faoliyatini moliyalashtirishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi ajratmalari hisobidan korxonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etishning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
har yili ilmiy hajmdor mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalarda raqobatbardosh yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish loyihalariga davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizini yo‘naltirish taklif etilgan;
innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda innovatsion, startap, tijoratlashtirishga tayyorlash, tijoratlashtirish hamda texnologiyalar transferi loyihalarini davlat ilmiy dasturlari doirasida byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan;
davlat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga ajratiladigan kredit summasining 75 foizigacha miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kafillik taqdim etishning zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar innovatsiya faoliyatini moliyalashtirishning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘laguncha qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi ajratmalari hisobidan korxonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etishning maqsadga muvofiq ekanligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-sentyabrdagi №03/03-2822-sonli ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni ta’minlash va rag‘batlantirish borasida ijobiy natijalarga erishilgan. Shuningdek, 2023-yilda 636,9 million so‘m miqdoridagi mablag‘larni Innovatsion rivojlanish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga maqsadli yo‘naltirishga acoc bo‘lgan;
hap yili ilmiy hajmdor mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalarda raqobatbardosh yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish loyihalariga davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizini yo‘naltirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-sentyabrdagi №03/03-2822-sonli ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda innovatsion, startap, tijoratlashtirishga tayyorlash, tijoratlashtirish hamda texnologiyalar transferi loyihalarini davlat ilmiy dasturlari doirasida byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-sentyabrdagi №03/03-2822-sonli ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda yangilik, yangi mahsulot, yangi texnologiyalar va ilgari amaliyotga tatbiq etilmagan faoliyatlarning taraqqiyotiga xizmat qilgan, shuningdek O‘zbekistonning Global innovatsiyalar indeksi reytingida o‘rni mustahkamlanib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan innovatsiyalarning yuqori samaradorligiga erishilgan;
davlat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga ajratiladigan kredit summasining 75 foizigacha miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kafillik taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son“Qoraqalpog‘istonRespublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur'atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-sentyabrdagi №03/03-2822-sonli ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini ta’minlash xamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish imkoni yaratilgan.