Adizova Sevara Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Innovatsion yondashuv asosida talabalarni yuqori texnologik korxonalardagi kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5314
Ilmiy rahbar: O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion yondashuv asosida talabalarni yuqori texnologik korxonalardagi kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetensiyalari (loyihalash-konstruktorlik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-tadqiqotchilik) va yuqori texnologik korxonalarda faoliyat ko‘rsatish uchun zarur texnik intellektning rivojlantirish komponenti (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, amaliy-ijodiy, refleksiv-baholash) kasbiy muhim sifatlar asosida aniqlashtirilgan;
mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi talabalarini innovatsion yondashuv asosida yuqori texnologik korxonalarda kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari (kompetentli, integrativ, faoliyatli yondashuvlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yuqori texnologik jihozlar yordamida o‘qitish, dasturiy tayyorgarlik, uning didaktik va dasturiy-metodik ta’minoti, axborot-ta’lim texnologiyasi va talabalarni kasbiy tayyorlash monitoringi) aniqlashtirilgan;
talabalarni yuqori texnologik korxonalarda loyihalash, ilmiy-tadqiqot va ishlab-chiqarish, texnologik faoliyatga tayyorlash modeli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda samadorlikni aniqlashga qaratilgan baholash mezonlari orqali takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va texnik intellektni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari (“Practically problematic”, “Project and construction”, “Are there any technical errors?”, “Case study”), didaktik va dasturiy-metodik vositalarni hamda axborot ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion yondashuv asosida talabalarni yuqori texnologik korxonalardagi kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarning yuqori texnologik korxonalaridagi kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi tendensiyalar, xorijiy tajribalar, tashkiliy-pedagogik omillarni tahliliy o‘rganish, talabalarning kasbiy kompetentliklari komponentlari va yuqori texnologik korxonalarda faoliyat ko‘rsatish uchun zarur texnik intellektning muhim komponentlari o‘qitishning an’anaviy va innovatsion shakllarini qiyosiy taqqoslash asosida aniqlash; talabalarni amaliy kasbiy tayyorlashning konseptual asoslarini innovatsionlik tamoyili asosida chuqurlashtirish va metodologik yondashuvlar asosida joriy etish mexanizmini takomillashtirishga oid amaliy takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 - avgustdagi 603 - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “5320200 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 3 iyuldagi 4/17-4/4-10251 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan mavjud o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni mazmunan takomillashtirish, yangilarini ishlab chiqish va ta’lim mazmunini zamon talablari asosida modernizatsiyalashda foydalanilgan;
- mashinasozlik yo‘nalishi talabalarini innovatsion yondashuv asosida yuqori texnologik korxonalarda kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart - sharoitlarini aniqlash va nazariy jihatdan asoslash, kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni komponentlarini ishlab chiqarish muhitining dinamik o‘zgaruvchan talablariga mos amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalaridan integrativ va variativ qo‘llashga oid tavsiyalardan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Erasmus+ dasturining hamkorligida “610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA: Markaziy Osiyoda katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” (2020-2023-yy.) nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2024 yil 11 iyuldagi 1-1-2-2558 - son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar mashinasozlik yo‘nalishi talabalarini yuqori texnologik korxonalarda kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy - pedagogik yondashuvlar va o‘quv - metodik majmualarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan me’yoriy va uslubiy hujjatlar hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish maqsadida texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun hammualliflikda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356- sonli buyrug‘i asosida berilgan № 356/7 - 114 raqamli nashr ruxsatnomasi)  natijada, “5320200 -Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi” o‘quv fani bo‘yicha modullilik tamoyiliga asoslangan fan dasturi ishlab chiqilgan.
Toshkent davlat texnika universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Buxoro muhandislik - texnologiya institutlari ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 3 iyuldagi 4/17-4/4-10251 - son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyalar, qo‘llanmalar, innovatsion yondashuv asosida talabalarni yuqori texnologik korxonalardagi kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish