Omonturdiev Abdulaziz Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati hududiy transport tizimlarini rivojlanishining iqtisodiy geografik jihatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr224.
Ilmiy rahbar: Nazarov Mamatqodir Ismatillaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Akbar Abdulxamidovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyatining transport iqtisodiy va infratuzilma salohiyatini aniqlash asosida uni rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati qishloq tumanlarining transport iqtisodiy va infratuzilma salohiyati Engel, Gols, Detour metodikalari asosida baholangan va reytingi ishlab chiqilgan;
viloyatda transport-logistika (agrologistika) markazlarining hududiy tarkibi transport tizimi nuqtai-nazaridan qulaylik jihatlari aniqlangan va iqtisodiy geografik asoslangan;
ArcGIS dasturi asosida Surxondaryo viloyati hududiy transport tizimlarining turkum xaritalari (viloyat transport oqimlari, transport qamrovi, agrologistika markazlari) yaratilgan;
Surxondaryo viloyati hududiy transport tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha avtomobil yo‘llari to‘rlarini yaqin masofalarda bog‘lash hamda logistika ko‘priklarini sonini ko‘paytirish yo‘nalishida ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatdagi hududiy transport tizimlarining takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida:
Surxondaryo viloyati tumanlarining transport iqtisodiy va infratuzilma salohiyati Engel, Gols, Detour metodikalari asosida baholanganligi va ishlab chiqilgan reytingi “Surxondaryo viloyati transport geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (Guvohnoma, №365-PO‘-021). Mazkur ilmiy natijadan foydalanish talabalarning hududlar transport iqtisodiy va infratuzilma salohiyatini baholash mezonlariga oid bilimlarini samarali oʻzlashtirish imkonini bergan;
viloyat hududida transport-logistika (agrologistika) markazlarini joylashtirish uchun istiqbolli tumanlar (Denov, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz) aniqlanganligi, tegishli agrologistika markazlarining xizmat ko‘rsatish zonalari belgilanganligi Surxondaryo viloyati miqyosida transport kompleksini rivojlantirish va aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 8 apreldagi 4/2830-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada etishtirilgan qishloq xo‘jaligi xomashyosini saqlash, qayta ishlash va eksport samaradorligi ortgan;
ArcGIS dasturi asosida yaratilgan Surxondaryo viloyati hududiy transport tizimlarining turkum xaritalari (viloyat avtomobil transport oqimi, hududlarning transport qamrovi, viloyat avtomobil yo‘li) “Surxondaryo viloyati transport geografiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (Guvohnoma, №365-PO‘-021). Mazkur ilmiy natijadan foydalanish orqali talabalarning Surxondaryo viloyati hududiy transport tizimlari haqidagi bilimlarini oshirishga imkoniyat yaratilgan;
Surxondaryo viloyati hududiy transport tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar (“Ismoiltepa-Chaqar” yo‘lidan tranzit maqsadlarida foydalanish, “Termiz-Qumqo‘rg‘on” avtobani loyihasi, “Qizildehqon-Erkin” avtoyo‘l loyihasi va boshqalar) Surxondaryo viloyati miqyosida transport kompleksini rivojlantirish va aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 8 apreldagi 4/2830-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflardan foydalanish Surxondaryo viloyati transport tizimlarini yanada yaxshilash, transportning hududiy tarkibini takomillashtirish uchun xizmat qilgan.