Absamadova Munira Isroilovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ O‘zbek va ingliz tillarida diplomatik terminlarning lisoniy ifodalanishi va qiyosiy tahlili ”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Fil4388
Ilmiy rahbar: Salieva Zarrina Ilxomovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Sulaymonova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent;
Sayfullaev Anvar Islamovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarining leksik-semantik, struktur xususiyatlarini, ularning terminologiyada tutgan o‘rnini aniqlash, mazkur terminlarning diplomatik diskursda faollashuvini, tarjima qilish masalalarini o‘rganish, tarjima muammolariga oid tavsiyalarni chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarning grammatik tuzilishini, strukturaviy xususiyatlarini va derivatsion imkoniyatlarini tahlil qilish orqali ularning bir komponentli va ko‘p komponentli shakllari, lingvistik, madaniy va ijtimoiy kontekstlarda qanday ishlatilishi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi diplomatik terminlarning semantik jihatdan sinonimlik, antonimlik, omonimlik va ko‘pma’nolilik xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida yoritilgan;
o‘rganilayotgan tillar diplomatik terminlarning lisoniy o‘xshashlik, ya’ni semantik yaqinlik va morfologik tuzilishdagi o‘xshashliklar va differensial xususiyatlari, shuningdek, ularning lingvistik va ekstralingvistik omillari – til tizimining ichki strukturasidan tashqari, tarixiy, madaniy va siyosiy kontekstlar hamda xalqaro munosabatlar doirasidagi o‘zgarishlar ichki va tashqi munosabatlar diplomatiyasi doirasida tahlil qilingan;
diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayoni o‘rganilib, tarjima faoliyatining ilk bosqichida terminlarni matn kontekstida ajratish, keyin ularning asl ma’nosini aniqlash va nihoyat, tegishli muqobil ekvivalentni tanlash zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
o‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarining leksik, semantik, struktur xususiyatlarini aniqlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
o’zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarining grammatik faollashuvi, struktur xususiyatlari, derivatsion imkoniyatlari, tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir komponentli va ko‘p komponentli tuzilmalari tahlili, hamda ularning tarjimada berilishi masalalari bo‘yicha olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va oʻquv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 16-dekabrdagi №2778/02–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, diplomatik terminlar tarjimasi jarayonida dastlab ularni matn doirasida ajratish, so’ngra uning asl ma’nosini aniqlash va nihoyat muqobil shaklini tanlashga oid ko‘rsatilgan tavsiyalar “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Nazariy grammatika”, “Terminologiya tarjimasi” kabi fanlarning nazariy masalalarini boyitish inobatga olingan;
o’zbek va ingliz va tillari diplomatik terminlarining semantik jihatdan sinonimik, antonimik, omonimik hamda ko‘p ma’nolilik xususiyatlarining qiyosiy tahlili hamda ularning tarjima qilinishi yuzasidan berilgan tavsiyalariga oid olingan natijalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidagi Erasmus + dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida foydalanildi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 9-yanvardagi №04/11-897-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarni o‘qitishda hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan;
diplomatik terminlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga va aksincha, o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimada berilishi masalalari, tarjima jarayonida dastlab ularni matn doirasida ajratish, so’ngra uning asl ma’nosini aniqlash va nihoyat muqobil shaklini tanlashga oid shakllantirilgan tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil aprel oyi davomida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” informatsion dasturlari va “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-iyundagi №01-07/153-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvda tadqiqot natijalaridan olingan o‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarining grammatik, semantik, struktur tuzilishi xususiyatlari tahlili hamda ularni tarjima qilish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab, lisey, kollej, universitetlarda ta’lim oluvchilarning ingliz tilining tarjima asoslarini o‘qitish jarayonida foydalanilishi haqida mulohazalar yuritilgan.