Avyasova Irina Rafailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):    “Ingliz harbiy abbreviaturalarning rus va o‘zbek tillarida berilish tamoyilari”, 10.00.06. – Qiyosiy  adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2749  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02  raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sa’dullaeva Nilufar Azimovna filologiya fanlari doktori, dotsent, Nasrullaeva Nafisa Zafarovna filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi harbiy terminlar va abbreviaturalarning leksik-semantik, derivatsion, semantik-funksional xususiyatlarini, ularning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimasi hamda berilishi tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda termin va uning lisoniy maqomi, professional terminlar va abbreviaturalarning leksik-semantik va strukturaviy tarkibi, abbreviatsiyaning til tizimidagi o‘rni, fonetik-grammatik, derivatsion xususiyatlari hamda turli tizimli tillarga tarjima masalalari ochib berilgan;
ingliz, rus va o‘zbek harbiy abbrevaturalarning tarjimadagi muqobilini berish  Dr. = Doctor – “doktor”, “doktor”, Co. = colonel – “polkovnik”, “polkovnik” kabi kontekstual tahlil (rasshifrovka-ma’noni ochish) usuli, abbrevaturalar tarkibidagi HQ (Headquarters – shtab) va CO (Company – rota),  BN HQ  Battalion Headquarters – “shtab batal`ona” singari leksik analogiyalarini qo‘llash usullari asosida yuzaga kelishi dalillangan; 
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi dos – dosimetry; lab – laboratory kabi bir bo‘g‘inli qisqartmalar; radsta – radio station – “radiostansiya”; navsat – navigational satellite – “navigatsionniy sputnik” kabi murakkab bo‘g‘inli,  HNK–harbiy-havo kuchlari – Voenno-vozdushnie sili kabi bosh harfli abbreviaturalarining tarkibiy tuzilishi aniqlangan;
ingliz, rus, o‘zbek harbiy terminologiya kontekstining m-metr, mmf ekvivalentli; WS = weapon system – “sistema orujiya”, “qurol tizimi  WS-610A” xorijiy qisqartmani o‘zlashtirish, NATO = North Atlantic Treaty Organization,  radar = radio detection and ranging – “radiolokator, radar”, “radiolokator, radar” kabi transliteratsiya,  Es-Es-Ti = SST Supersonic Transport, Ey-Bi-Em = AVM Anti-Ballistic Missile (Defense) – “sistema protivoraketnoy oboroni”, “raketaga qarshi mudofaa tizimi” kabi transkripsiya asosida qisqartmalarni yaratish usullari  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz harbiy abbreviaturalarning rus va o‘zbek tillarida berilish tamoyilari tadqiqi davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda termin va uning lisoniy maqomi, professional terminlar va abbreviaturalarning leksik-semantik va strukturaviy tarkibi, abbreviatsiyaning til tizimidagi o‘rni, fonetik-grammatik, derivatsion xususiyatlari hamda turli tizimli tillarga tarjima masalalari haqidagi xulosalardan MUZ-2015-0725140051 sonli amaliy loyiha doirasida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitish uchun ingliz-o‘zbek-rus frazeologik lug‘atini yaratish va joriy etish” foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2024-yil 7-fevraldagi 04-155 son ma’lumotnomasiga asosan). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
ingliz, rus va o‘zbek harbiy abbrevaturalarning tarjimadagi muqobilini berish  Dr. = Doctor – “doktor”, “doktor”, Co. = colonel – “polkovnik”, “polkovnik” kabi kontekstual tahlil (rasshifrovka-ma’noni ochish) usuli, abbrevaturalar tarkibidagi HQ (Headquarters – shtab) va CO (Company – rota),  BN HQ  Battalion Headquarters – “shtab batal`ona” singari leksik analogiyalarini qo‘llash usullari asosida yuzaga kelishi to‘g‘risidagi xulosalardan “Classroom language” darsligida foydalanilgan (Guliston davlat universitetining rektorining 2023-yil 30-maydagi 71-son buyrug‘i asosidagi 71-24-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada ushbu darslikning so‘z yasash asoslari tipologiyasi, qisqartmalarni to‘g‘ri tushunish va tarjima qilish imkonini berishga qaratilgan yangi ma’lumotlar bilan boyitilishga erishilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi dos – dosimetry; lab – laboratory kabi bir bo‘g‘inli qisqartmalar; radsta – radio station – “radiostansiya”; navsat – navigational satellite – “navigatsionniy sputnik” kabi murakkab bo‘g‘inli,  HNK–harbiy-havo kuchlari – Voenno-vozdushnie sili kabi bosh harfli abbreviaturalarining tarkibiy tuzilishiga oid ma’lumotlaridan “Teaching and Learning Strategies” nomli darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i asosidagi 194-337-son guvohnomasi). Natijada darslikning yangi ma’lumotlar, abbreviaturalarining tarkibiy tuzilishiga oid manbalar bilan boyitilgan;
ingliz, rus, o‘zbek harbiy terminologiya kontekstining m-metr, mmf     ekvivalentli; WS = weapon system – “sistema orujiya”, “qurol tizimi  WS-610A” xorijiy qisqartmani o‘zlashtirish, NATO = North Atlantic Treaty Organization,  radar = radio detection and ranging – “radiolokator, radar”, “radiolokator, radar” kabi transliteratsiya,  Es-Es-Ti = SST Supersonic Transport, Ey-Bi-Em = AVM Anti-Ballistic Missile (Defense) – “sistema protivoraketnoy oboroni”, “raketaga qarshi mudofaa tizimi” kabi transkripsiya asosida qisqartmalarni yaratish usullariga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti kursantlariga Ingliz tili darslarida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutining 2024-yil 15-yanvardagi 17-son ma’lumotnoma). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti kursantlarining kasbiy kompetensiyasini va umumiy bilim darajasini bosqichma-bosqich takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish