Axmedova Shoxista Saydievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Omon Matjon ijodiy laboratoriyasini o‘rganish muammolari (shoir shaxsiy arxivi va nashrlari asosida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil529.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Marxabo Xudayberganovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Hotamovna filologiya fanlari doktori, professor; Xamroqulova Xurshida Quvvatovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Omon Matjon shaxsiy arxivida saqlanayotgan qo‘lyozmalar (asarlarining qoralamalari, bloknot va daftarlardagi qaydlar, xatlar, telegrammalar), hujjatlar, audioyozuvlar, shaxsiy kutubxonasidagi kitoblar asosida ijodkor laboratoriyasi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek adabiyotshunosligida shaxsiy arxivlar, xususan, ijodkor laboratoriyasi masalasiga tavsif hamda Omon Matjonning o‘g‘li Diyor Matjonning qo‘lida saqlanayotgan qo‘lyozmalar, qoralamalar, shaxsiy hujjatlarga qisqa tasnif berilgan;
Omon Matjon shaxsiy arxividagi hujjatlar, qo‘lyozmalar ettita guruhga, jumladan, she’riyati, dramaturgiyasi, tarjimalari, qayd daftarlari, nashr bo‘lmay qolgan asarlari, maktublar va telegrammalar hamda audioyozuvlarga ajratilgan;
shoirning “Ming bir yog‘du”, “Nega men?!”, “Haqqush qichqirig‘i”, “Qush yo‘li”, “Quyosh soati”, “Gaplashadigan vaqtlar” asarlarining qo‘lyozma, xomaki eskizlar, bosma nashr varianti qiyoslanib, badiiy asar yaratilish tarixi, lirikasining ijtimoiy, satirik, ishqiy, peyzaj she’rlarining xususiyatlari ochib berilgan;
shoir shaxsiy arxividan aniqlangan “Ibn Sino Buxoroda”, “Zulfiya” librettosining qo‘lyozmalari, ularning tarixiy-sinxronik xususiyatlari hamda maktublar, telegrammalar germenevtik jihatdan izohlanib, bu hujjatlar orqali Omon Matjon adabiy fenomenining turkiy xalqlar adabiyotidagi takrorlanmas o‘rni, adabiy jarayon manzaralari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Omon Matjon ijodiy laboratoriyasini o‘rganish muammolari tadqiqi natijalari asosida:
o‘zbek adabiyotshunosligida shaxsiy arxivlar, xususan, ijodkor laboratoriyasi masalasiga tavsif hamda Omon Matjonning o‘g‘li Diyor Matjonning qo‘lida saqlanayotgan qo‘lyozmalar, qoralamalar, shaxsiy hujjatlarga berilgan qisqa tasnif to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 19-noyabr №540/2–son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mavzusida doirasida nashr qilingan ishlarning ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
Omon Matjon shaxsiy arxividagi hujjatlar, qo‘lyozmalar ettita guruhga, jumladan, she’riyati, dramaturgiyasi, tarjimalari, qayd daftarlari, nashr bo‘lmay qolgan asarlari, maktublar va telegrammalar hamda audioyozuvlarga ajratilganligi haqidagi xulosalardan IL-402104474-raqamli “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-iyul №04/1-1805-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
shoirning “Ming bir yog‘du”, “Nega men?!”, “Haqqush qichqirig‘i”, “Qush yo‘li”, “Quyosh soati”, “Gaplashadigan vaqtlar” asarlarining qo‘lyozma, xomaki eskizlar, bosma nashr varianti qiyoslanib, badiiy asar yaratilish tarixi, lirikasining ijtimoiy, satirik, ishqiy, peyzaj she’rlarining xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 19-noyabr №540/2–son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining yangi ilmiy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
shoir shaxsiy arxividan aniqlangan “Ibn Sino Buxoroda”, “Zulfiya” librettosining qo‘lyozmalari, ularning tarixiy-sinxronik xususiyatlari hamda maktublar, telegrammalar germenevtik jihatdan izohlanib, bu hujjatlar orqali Omon Matjon adabiy fenomenining turkiy xalqlar adabiyotidagi takrorlanmas o‘rni, adabiy jarayon manzaralari xususidagi mulohazalardan Turkiya Respublikasining Artvin Choruh universiteti talabalariga Turkiy xalqlar adabiyoti fanini o‘qitishda ma’ruzalar uchun asos bo‘lgan (Artvin Choruh universitetining 2024-yil 25-iyuldagi E.5649-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fan uchun tuzilgan ma’ruzalar matnining ilmiyligi oshishiga erishilgan.