Ergasheva Umida Xolikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Badiiy asarlarda holat ifodalovchi sifatlarning lingvomadaniy xususiyatlari (O.Yoqubov asarlari misolida)” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligidan.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2858
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Urinbaeva Dilbar Bazarbaevna filologiya fanlari doktori, professor, Yuldasheva Dilafruz Maxmadalievna filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Odil Yoqubov asarlaridagi holat ifodalovshi sifatlarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash orqali ijodkor idiostilini yoritib berish hamda madaniy universaliyalar, lakuna, realiya, konsept, arxitep, steriotip kabi birliklarning olamning lisoniy manzarasidagi talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Odil Yoqubov asarlarida qo‘llanilgan keksa, qari, oqsoch, ko‘kchin holat sifatlarining lingvokulturema sifatidagi konnotativ funksiyalari, lingvomadaniy konsept sifatida inson tafakkuri, madaniyatini aks ettirishi dalillangan;
sifat semantikasida “holat” semali lingvistik birliklardagi universal madaniy semalar aniqlangan hamda Odil Yoqubov asarlaridagi lakuna va realiyalar asosida oshib berilgan, badiiy matnda “donishmand”, “dono”, “aqlli”, “oqil” kabi lingvomadaniy birliklarni qo‘llashning milliy-madaniy omillari tavsiflangan;
Odil Yoqubov asarlaridagi go‘zal, zebo, ko‘rkam, xunuk, badbashara singari sifat leksemalarning semantik strukturasi va ularning funksional-uslubiy xususiyatlari, konsept, arxitep, steriotip kabi birliklar tarzda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
tabiiy va ruhiy holat ifodalovshi sifatlar badiiy nutqda tasvirlanayotgan kishi obrazining xilma-xil kayfiyati (shodligi, quvonshi, qayg‘usi, dard-alami)ni, ishki keshinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish va shu orqali kitobxonda ham turli xil hissiyotlarni hosil qilishda muhim uslubiy vositalardan biri ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarlarda holat ifodalovshi sifatlarning lingvomadaniy xususiyatlarini O.Yoqubov asarlari misolida tahlil qilish boʻyisha olingan ilmiy natijalar asosida:
Odil Yoqubov asarlarida qo‘llanilgan keksa, qari, oqsoch, ko‘kchin holat sifatlarining lingvokulturema sifatidagi konnotativ funksiyalari, lingvomadaniy konsept sifatida inson tafakkuri, madaniyatini aks ettirishi dalillanishi kabi fikrlar asosidagi masalalari 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 3-iyundagi 222/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash loyiha doirasida badiiy asarlarda ayrim sifat leksemalarning semantik strukturasi va ularning funksional-uslubiy xususiyatlari, holat ifodalovshi sifatlarning lingvomadaniy jihatlari keng tahlillar asosida oshib berilgan.
sifat semantikasida “holat” semali lingvistik birliklardagi universal madaniy semalar aniqlangan hamda Odil Yoqubov asarlaridagi lingvokulturemalar asosida oshib berilgan, badiiy matnda “donishmand”, “dono”, “aqlli”, “oqil” kabi lingvomadaniy birliklarni qo‘llashning milliy-madaniy omillari tavsiflanganligi kabi masalalari 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institute Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 31-maydagi 224-son ma’lumotnomasi). Natijada “holat” semali lingvistik birliklar ilk marta lingvomadaniy talqin qilish kabi masalalarni yoritishda dissertatsiyada ishlab shiqilgan usullardan foydalanilgan.
tabiiy va ruhiy holat ifodalovshi sifatlar badiiy nutqda tasvirlanayotgan kishi obrazining xilma-xil kayfiyati (shodligi, quvonshi, qayg‘usi, dard-alami)ni, ishki keshinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish va shu orqali kitobxonda ham turli xil emotsiyalarni hosil qilishda muhim uslubiy vositalardan biri ekanligi aniqlash kabi yangiliklaridan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiyot va hayot”, “Jarayon” singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida, “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-iyundagi 01-11/79-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur hamda eshittirishlarning ilmiy-ijodiyligi oshirilgan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.