Gapparov Zahid Gapparovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab koordinatsion sport turlarida sportchilarning fazoviy vaqt harakat qobiliyatlarini egallashni optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1023.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Korobeynikov Georgiy Valerievich biologiya fanlari doktori, professor, Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab koordinatsion sport turlarida sportchilarning fazoviy vaqt harakat qobiliyatlarini egallashni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat.
qilichbozlarning oraliqni xis qilish qobilyatlarini shakllantirish uchun ixtisoslashgan idrokning yuqori rivojlanish darajasi manevr jarayonida masofani aniq farqlash hisobiga hujum qilish yoki himoya qilishda foydali bo‘lgan optimal masofalarni topish qobiliyati shakllantirilgan;
qilichbozlarda vizual idrok qilish qobilyatini rivojlantirish uchun kinestetik analizator, masofani saqlash va oraliq masofani hisoblashda harakatlarning aniqligi, vizual baholashga muvofiq harakat o‘lchovini turli murakkablikdagi sharoitlarda qo‘llash hisobiga kam vaqt va kuch sariflab yuqori natijaga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan;
SPORK moslamasidan foydalanib murakkab koordinatsion sport turlarida istiqbolli sportchilarni tanlab olish uchun portlash qobiliyati ko‘rsatkichlarini sportchilar orasida differensial farqlarini aniqlash hisobiga sport turlariga maqsadli saralash imkoniyatlari oshirilgan;
balandlikka sakrovchilarning mashg‘ulot jarayonida harakat texnikasini takomillashtirish uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali yugurushdagi eng yaxshi individual ko‘rsatkichning ritm va tempni yozib olish va ideomotor mashqlanish hisobiga balandlikka sakrash ko‘rsatkichlari oshirilgan;
sinxron suzishda harakatlar ritmini shakllantirish uchun innovatsion texnalogiyadan foydalanib sportchilarning harakat uyg‘unligini ta’minlashda harakat elementlarini ketma - ketligini xotirada saqlash va musiqa bilan harakatlarning sinxronligini bir hil takrorlash hisobiga texnik harakatlar takomillashtirilgan;
slalom sport turida ekstropoliyasiya qobilyatlarini rivojlantirish uchun harakatlanish yo‘lagini video yozuvga olib, har bir to‘siqlarni ketma-ketligi, qanday aylanib o‘tish, qaysi to‘siqda suvning (to‘g‘ri, aylanma, teskari) yo‘nalishini esda saqlash va to‘siqlarni aylanib o‘tish, harakat xotirasini kuchaytirish hamda individual ideomotor mashq qilish hisobiga yangi harakatlashni o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab koordinatsion sport turlarida sportchilarning fazoviy vaqt harakat qobiliyatlarini egallashni optimallashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
qilichbozlarning oraliqni xis qilish qobilyatlarini shakllantirish uchun ixtisoslashgan idrokning yuqori rivojlanish darajasi manevr jarayonida masofani aniq farqlash hisobiga hujum qilish yoki himoya qilishda foydali bo‘lgan optimal masofalarni topish qobiliyati shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport psixologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan 676-191 raqamli guvohnoma). Natijada, sportchilarning ixtisoslashtirilgan idroklar bo‘yicha bilimlari 11,9% ga yaxshilangan;
qilichbozlarda vizual idrok qilish qobilyatini rivojlantirish uchun kinestetik analizator, masofani saqlash va oraliq masofani hisoblashda harakatlarning aniqligi, vizual baholashga muvofiq harakat o‘lchovini turli murakkablikdagi sharoitlarda qo‘llash hisobiga kam vaqt va kuch sariflab yuqori natijaga erishish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport psixologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan 676-191 raqamli guvohnoma). Natijada, sportchilarning yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari 14 % ga yaxshilangan;
SPORK moslamasidan foydalanib murakkab koordinatsion sport turlarida istiqbolli sportchilarni tanlab olish uchun portlash qobiliyati ko‘rsatkichlarini sportchilar orasida differensial farqlarini aniqlash hisobiga sport turlariga maqsadli saralash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sportda psixotexnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 428 “I/Ch”-son buyrug‘iga asosan D-0000011-raqamli guvohnoma). Natijada, sportchilarning portlash qobiliyat ko‘rsatkichlari 16 % ga yaxshilangan;
balandlikka sakrovchilarning mashg‘ulot jarayonida harakat texnikasini takomillashtirish uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali yugurushdagi eng yaxshi individual ko‘rsatkichning ritm va tempni yozib olish va ideomotor mashqlanish hisobiga balandlikka sakrash ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi № 03-16/9726-son ma’lumotnomasi). Natijada, engil atletikachilarning balandlikka sakrash ko‘rsatkichlari 10,7 % ga oshgan;
sinxron suzishda harakatlar ritmini shakllantirish uchun innovatsion texnalogiyadan foydalanib sportchilarning harakat uyg‘unligini ta’minlashda harakat elementlarini ketma - ketligini xotirada saqlash va musiqa bilan harakatlarning sinxronligini bir hil takrorlash hisobiga texnik harakatlar takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va pralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi № 03-16/9726-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinxron suzuvchilarning ko‘rsatkichlari 13,7 % ga yaxshilangan;
slalom sport turida ekstropoliyasiya qobilyatlarini rivojlantirish uchun harakatlanish yo‘lagini video yozuvga olib, har bir to‘siqlarni ketma-ketligi, qanday aylanib o‘tish, qaysi to‘siqda suvning (to‘g‘ri, aylanma, teskari) yo‘nalishini esda saqlash va to‘siqlarni aylanib o‘tish, harakat xotirasini kuchaytirish hamda individual ideomotor mashq qilish hisobiga yangi harakatlashni o‘zlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va pralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi № 03-16/9726-son ma’lumotnomasi). Natijada, slalom sport turida harakatlanish ko‘rsatkichlari 10,8 % ga oshgan.