Juraev Jamoliddin Amindjanovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari matniy-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik  va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.DSc/Fil808.
Ilmiy maslahatchi: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
    Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Nomozovich,  filologiya fanlari doktori, professor, Sodiqov Qosimjon Pozilovich,  filologiya fanlari doktori, professor, Islomov Zohidjon Mahmudovich,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Gulshan ul-asror” asarining matniy-qiyosiy tadqiqini amalga oshirish va Haydar Xorazmiyning boshqa asarlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Gulshan ul-asror”ning nomlanish masalasiga aniqlik kiritilgan, shuningdek, Haydar Xorazmiy “Me’rojnoma”, “Gul va Navro‘z” dostoni va Mirzo Ulug‘bekka atab yozilgan bir turkiy qasida muallifi ekani dalillangan; 
“Gulshan ul-asror”ning dunyo qo‘lyozma fondlaridagi 19 ta arab, ikkita uyg‘ur, bittasi uyg‘ur-arab yozuvidagi qo‘lyozma va ikkita toshbosma nashri borligi aniqlanib, “Gulshan ul-asror” va “Maxzan ul-asror”dagi hikoyalar soni hamda shu turkumida yaratilgan Sayyid Qosimiy, Alisher Navoiy, Komron Mirzo asari bilan qiyoslanib, farqli jihatlari asoslangan;   
“Gulshan ul-asror”dagi Qur’oni Karimdan olingan matnlar mazmuniga mos  qo‘llangan she’riy san’atlar va ularda yuzaga kelgan matniy farqlarining muqoyasasini amalga oshirilib, farqlari aniqlangan;   
Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan “Bado‘e al-lug‘at”, “Abushqa”, “Sanglox”, “Lug‘ati chig‘atoiy ba forsiy” va “Lug‘ati atrokiya” kabi lug‘atlarda “Gulshan ul-asror” baytlaridan illyustratsiya sifatida foydalanilgani va ularning asar qo‘lyozmalaridagi matnidan farqlari ochib berilgan;
dunyo fondlarida “Gulshan ul-asror”ning oltita miniatyurali qo‘lyozma musxasining mavjudligi aniqlanib, ularning asar matni talqinlari, ilmiy-tanqidiy matnni tuzishdagi ahamiyati va Sharq miniatyura san’atiga oid manba sifatidagi ahamiyati dalillangan;
asar matnining qo‘lyozma, toshbosma va nashrlarida farqlar borligi ko‘rsatilib, ilmiy-tanqidiy matn yaratish prinsiplari ishlab chiqilgan va o‘nta qo‘lyozma asosida ilmiy-tanqidiy matni tuzilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Haydar Xorazmining “Gulshan   ul-asror” asari matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
“Bado‘e al-lug‘at”,  “Abushqa”, “Sanglox”, “Lug‘ati chig‘atoiy ba forsiy”, “Lug‘ati atrokiya” kabi lug‘atlarda “Gulshan ul - asror” asaridan, qadimiy turkiy tillarda kam uchraydigan so‘z va so‘z birliklari bo‘yicha olingan xulosalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti univeriteti 2024-yil 6-sentyabrdagi 04/1-2306-son ma’lumotnomasi). Natijada, Haydar Xorazmiy hikoyatlarida qo‘llanilgan va ko‘plab lug‘atlarga kiritilgan qadimiy turkiy so‘z va so‘z birliklarining mazmun-mohiyati, ularning ijodkor adabiy mayllarini ifodalashdagi o‘rni va badiiyati yuzasidan aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan; 
“Gulshan ul-asror” asarining yaratilish tarixi, tuzilishi, asarga turdosh bo‘lgan manbalardan farqli jihatlari, masnaviy janridagi she’rlar hamda ularning ifoda imkoniyatlari yuzasiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimediya to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti univeriteti 2024-yil 6-sentyabrda¬gi 04/1-2305-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha matnning qiyosiy nazariyasiga bag‘ishlangan qismlari manbalar tahlili va matnni yaratilishi taraqqiyotiga oid xulosalar bilan boyigan; 
        Haydar Xorazmiyning hayot yo‘li va ijodiy foliyatiga oid materiallar, uning adabiyotshunoslikka oid faoliyati, bu borada yozib qoldirgan fikrlari qo‘lyozma nusxalariga oid ilmiy-nazariy xulosalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan F3-2019122558-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasi yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 6-sentyabrdagi 04/1-2307-son ma’lumotnomasi). Natijada, muallifning yozib qoldirgan asarlari va undagi arabiy-forsiy so‘z birliklari bilan birga hozirgi paytda iste’moldan chiqib ketgan turkiy so‘zlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
         Haydar Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy asarlariga munosabati, bu ikki tarixiy siymoning asarlari mumtoz adabiyotdagi talqinlariga tahlil va xulosalardan O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2022-2024-yillar bajarilgan O‘A-22-24 raqamli o‘zbek-ozarbayjon adabiy –madaniy aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyati  Markazining 2024 –yil 12-dekabrdagi № 47/AZ son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy ta’sir va adabiy aloqa hodisalari, bir ijodkorning keying davr adabiyotiga ta’siri kabi tadqiqotlardan Ozarbayjon Madaniyati  Markazi foydalangan;
“Gulshan ul-asror”dan keyin yaratilgan asar mualliflari Alisher Navoiy, Sayyid Qosimiy va Komron Mirzolarning “Maxzan ul-asror” turkumida yaratilgan asarlari struktural jihatdan o‘rganildi. “Gulshan ul-asror”ning xalaf ijodkorlar asarlaridagi hikoyalarning muqoyasasi, Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug‘atlar Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari va ularning qo‘lyozma nusxalariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi “Subhidam” dasturida efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi “Subhidam” dasturi 2024-yil 6-sentyabrdagi 212/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarga buyuk shoir she’riyatining nozik qirralarini tanishtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
“Gulshan ul-asror”ning miniatyurali qo‘lyozma musxalarining hoshiyasidagi qadimiy turkiy so‘zlar va ularning imlovisiga oid xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2018-2021-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2025-yil 5-martdagi 99-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy tilda bitilgan “Gulshan ul-asror”ning miniatyurali qo‘lyozmalaridagi qadimiy turkiy so‘zlar va ularning  imlosi yuzasidan umumlashmalar chiqarishga yordam bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish