Satiev Shuhrat Komilovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Futbolchilarning texnik-taktik maxoratlarini, emotsional xolatlarga bog‘liqligini baholashning metodik asoslarini takomillashtirish” (16-17 yoshli o‘smirlar misolida), 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3 PhD/Ped677.
Ilmiy rahbar: Azizov Sabitxan Valievich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muhsinbek Sotivoldievich redagogika fanlari doktori (DSc), professor; Talipjanov Asqar Inamjanovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini  xususiyatlari hamda emotsional holatinini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
futbol akademiyalari 16-17 yoshli futbolchilarining o‘yin paytida ko‘rsatgan texnik va taktik  mahoratlarining samaradorligini, shuningdek ularning psixologik holatlari   bilan bog'liqligini aniqlash hisobiga emotsional stresslarga bardoshlilik   darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
futbolchilarning  mashg‘ulotlar  va musobaqalar  davomida  texnik-taktik  mahoratlarini ijobiy yoki salbiy oqibatlarini   emotsional  holatlarga  bog‘liqligini   takomillashtirish orqali  o‘yinda yuqori faollik darajasi va emotsional holatini nazorat qilish samaradorligi oshirilgan;
16-17 yoshli futbolchilarning emotsional holatini aniqlash uchun organizmni stressga bardoshli  yoki bardoshsizliligini ko‘rsatuvchi psixodiagnostik metodi parametrlari va shkalalarini toifalarga ajratish  hisobiga psixoemotsional ko‘rsatkichlarning mavjud qiymatlarini tizimli ro‘yxatga olish imkoniyatlari kengaytirilgan;   
 futbolchilarni emotsional holatini baholash bo‘yicha takomillashtirilgan   metodini mobil kompyuter ilovalarini  ishlab chiqish hisobiga sportchilarni turli mashg‘ulotlar va musobaqalar jarayonida murabbiylar tomonidan operativ tarzda baholash imkoniyatlari  kengaytirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbolchilarning texnik-taktik harakatlarining xususiyatlarini va emotsional holatini baholash bo‘yciha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosida,
 futbol akademiyalari 16-17 yoshli   futbolchilarning emotsional holatini baholash uchun mashg‘ulotlar jarayonida texnik-taktik mahoratlarining darajasi samaradorligini  aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona vodiysii futbol akademiyalari mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Jismoniy tarbiya sport vazirligining 2025 yil 28-iyundagi 03-16/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy stresslarga bardoshlilik darajasi 12.5% ga yaxshilangan;
16-17 yoshli futbolchilarning stress holatini aniqlash uchun organizmni stressga bardoshli  yoki bardoshsizliligini ko‘rsatuvchi «SEHB”  metodi parametrlari va shkalalarini ishlab chiqish va kotegoriyalarga ajratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati futbol akademiyasi mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Jismoniy tarbiya sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan FA jamoasi har bir o‘yinda o‘rtacha 878,4±18,06 texnik–taktik harakatlardagi (TTX)  nuqsonlar 29,65 %ga  kamayganini qayd etgan;
futbolchilarni  emotsional holatini baholash asosida musobaqa va mashg‘ulotlar davomida Spilberg-Xanin metodi asosida  takomillashtirilgan «SEHB” metodini tajribada asoslab berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon viloyati futbol akademiyasi mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Jismoniy tarbiya sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon FA jamoasining har bir o‘yinda o‘rtacha TTX, nuqsonlar darajasi   0,72%ga kamaygan;
futbolchilarni emotsional holatini baholash bo‘yicha takomillashtirilgan “SEHB” metodini mobil kompyuter ilovalarini  ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati futbol akademiyasi mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Jismoniy tarbiya sport vazirligining 2024 yil 28-iyundagi 03-16/6537-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilardan “Adaptatsiya” guruhi 13.4. % dan  17.6% ga o‘sgani  “Abuliya”guruhi 30.4% dan 8.6% foizga pasayganini  “Abasiya” guruhi  21.3% foizi  dastlabki ko‘rsatkichdan 4.3% foizga pasayish , Aversiv” musobaqa davrida stresslarda uzoq qoluvchlar guruhi  43.0% dan 36.6% ga pasaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish