Shopulatova Nasiba Umirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari yozma matnlarning sintaktik jihatini tahlil qilishga yo‘naltirilgan didaktik harakatlar tizimlarining faol omillarini  grammatik tushunchalar ierarxiyasi talablariga ko‘ra tasniflash hamda inson ehtiyojlari piramidasiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli grammatik qoidalar mazmuni kompetensiyaviy, refleksiv, tizimli, shaxsiy-faoliyatli, faoliyatli yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlash hamda bilim olish faoliyati mazmun va shakllarini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi grammatik til faolligi darajasi baholashning reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarini mazmunli komplekslash, grammatikaga oid axborot bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish va o‘zlashtiriladigan topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida grammatik kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi mustaqil izlanishga  undovchi xususiyatlarni o‘z-o‘zini rivojlantirish xususiyatlariga adaptiv moslashtirish hamda mustaqil bilish faoliyatini rag‘batlantirishni izchil qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yozma matnlarning sintaktik jihatini tahlil qilishga yo‘naltirilgan didaktik harakatlar tizimlarining faol omillarini  grammatik tushunchalar ierarxiyasi talablariga ko‘ra tasniflash hamda inson ehtiyojlari piramidasiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar asosida “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanidan darslik yaratilgan. (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 10-martdagi  11-05-1504/04-sonli ma’lumotnomasi) Natijada til o‘rganish istagida bo‘lgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ta’lim olishi jarayonida grammatik savodxonligining o‘sishiga xizmat qilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli grammatik qoidalar mazmuni motivatsion, kompetensiyaviy, refleksiv, tizimli, shaxsiy-faoliyatli, faoliyatli yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlash hamda bilim olish faoliyati mazmun va shakllarini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar negizida “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik ishlab chiqilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 10- martdagi  11-05-1504/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishga va nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi grammatik til faolligi darajasi, baholashning reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlarini mazmunli komplekslash, grammatikaga oid axborot bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish va o‘zlashtiriladigan topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik ishlab chiqilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 10-martdagi  11-05-1504/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ta’lim olish jarayonida grammatikani o‘rganish orqali grammatik savodxonliklari rivojlanishiga xizmat qilgan;  
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida grammatik kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi mustaqil izlanishga  undovchi xususiyatlarni o‘z-o‘zini rivojlantirish xususiyatlariga adaptiv moslashtirish va mustaqil bilish faoliyatini rag‘batlantirishni izchil qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik ishlab chiqilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 10-martdagi  11-05-1504/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish