Umarov Ozod Temirovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlarni antropogenetik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3234.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Kdirova Muxabbat Allaniyazovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlarni antropogenetik ko‘rsatkichlarni e’tborga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
15-17 yoshli voleybolchilarning chidamliligini oshirish uchun antropometrik belgilarning o‘zgaruvchanligi darajasi sagital og‘ishining kattaligiga bog‘liq bo‘lgan antropometrik belgilarni uch guruhga ajratishda frontal og‘ish qiymatlarining kattaligi tananing total ko‘rsatkichlari o‘zining tavsiflarini o‘zgartirishi va oshirish hisobiga tananing uzunligi va kengligi kattaliklarini operativ aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
voleybolchilarning burchak, libiro va hujumchilarni o‘yin amplualariga saralash va informativ belgilarni aniqlash uchun tana uzunligi asosida o‘yin turlarida genetik usullarni qo‘llanilishi hisobiga tanlangan sport turi uchun alohida iqtidorga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar organizmini zaxira imkoniyatlarini informativ funksional ko‘rsatkcihlari bo‘yicha sport turlariga yo‘naltirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
15-17 yoshli voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantiruvchi mikrotsiklda zarbdor ta’sir qiluvchi mashqlar vositalarini shiddat zonalarida turli pozisiyalarda qo‘llash hisobiga musoboqa faoliyatida turli hujum harakatlarini bajarish samaradorligi oshirilgan;
voleybolchilarning mashg‘ulot jarayonida texnik tayyorgarligi darajasini oshirishga qaratilgan sakrash mashqlarida to‘pni uzatish vaqtidagi aniqlikni oshirishga yo‘naltirilgan sakrash harakatlarni har bir faza bo‘yicha yetakchi mushaklarni bajaradigan ishi va tayanch-harakat apparati bo‘g‘imlarini ishtiroki bilan morfo-kineziologik tahlilini amalga oshiruvchi maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga texnik tayyorgarlik darajasi oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlarni antropogenetik ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
15-17 yoshli voleybolchilarning chidamliligini oshirish uchun antropometrik belgilarning o‘zgaruvchanligi darajasi sagital og‘ishining kattaligiga bog‘liq bo‘lgan antropometrik belgilarni uch guruhga ajratishda frontal og‘ish qiymatlarining kattaligi tananing total ko‘rsatkichlari o‘zining tavsiflarini o‘zgartirishi va oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanadigan malakali voleybolchilarning trenirovka jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligini 2024-yil 21-iyundagi №0816-6275-son ma’lumotnomasi). Natijada, voleybolchilarni 6 ta ko‘rsatkichlari bo‘yicha sifatlari 5,2 % dan 6,8% ga yaxshilangan;
voleybolchilarning burchak, libiro va hujumchilarni o‘yin amplualariga saralash va informativ belgilarni aniqlash uchun tana uzunligi asosida o‘yin turlarida genetik usullarni qo‘llanilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanadigan malakali voleybolchilarning trenirovka jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligini 2024-yil 21-iyundagi №0816-6275-son ma’lumotnomasi). Natijada, voleybolchilarni aniqlik sifati 6,3%-7,3% ga yaxshilangan;
15-17 yoshli voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantiruvchi mikrotsiklda zarbdor ta’sir qiluvchi mashqlar vositalarini shiddat zonalarida turli pozisiyalarda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazining o‘quv-trenirovka jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 21-iyundagi №0816-6275-son ma’lumotnomasi). Natijada, voleybolchilarni aniqlik sifati 6,3% - 7,3% ga yaxshilangan;
voleybolchilarning mashg‘ulot jarayonida texnik tayyorgarligi darajasini oshirishga qaratilgan sakrash mashqlarida to‘pni uzatish vaqtidagi aniqlikni oshirishga yo‘naltirilgan sakrash harakatlarni har bir faza bo‘yicha yetakchi mushaklarni bajaradigan ishi va tayanch-harakat apparati bo‘g‘imlarini ishtiroki bilan morfo-kineziologik tahlilini amalga oshiruvchi maxsus mashqlar majmuasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanadigan malakali voleybolchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligini 2024-yil 21-iyundagi №0816-6275 son ma’lumotnomasi). Natijada, zarba xarakteridagi aksentlashtirilgan mashqlarni qo‘llash tufayli 6,8% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish