Qodirova Nargiza Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini  takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.PhD/Ped4798.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Akromov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining (kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari “Ustoz shogird” metodi an’analariga asoslangan ta’lim mazmuni, pedagogik hamda tarix fani o‘qituvchisi faoliyati) kasbiy sifatlari operatsional-texnologik funksiyalarning xususiyatlarini pedagogik refleksiya tamoyillariga o‘zaro umumkasbiy va maxsus fanlar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining modeli faoliyat tuzilmasi tarixiy ma’lumotlarning ilmiy, ma’naviy, pedagogik mohiyatini, tarixiy tushunchalar etimologiyasini bilish, pedagogik amaliyotda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishdagi bilimga qo‘yiladigan talablar tushunishlik, mukammallik, ixchamlilik, operativlilik va tizimlilik asosida uslub va vositalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi kasbga yo‘naltirilgan interfaol metodlar (Smart texnology, Case-study, spinder, bahslashuv, muammoli ta’lim, blis, rolli o‘yinlar)larni, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda o‘qituvchilik faoliyatini jadallashtirish vositalari hamda bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining akmeologik nuqtai nazar o‘z-o‘zini anglash jarayoni va natijasi sifatida sinektik tafakkurga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini tahlil etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning samaradorligi ta’lim sifatini ta’minlash va tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish, baholashning kasbiy muloqotni amalga oshira olish, kasbiy muammoli vaziyatlarni hal qila bilish, kasbga oid axborot bilan ishlash mezonlarini shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning shakllanganlik darajalaga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy sifatlari operatsional-texnologik funksiyalarning xususiyatlarini pedagogik refleksiya tamoyillariga o‘zaro umumkasbiy va maxsus fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi. Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i asosida berilgan 438214-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashgan.
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining modeli faoliyat tuzilmasi tarixiy ma’lumotlarning ilmiy, ma’naviy, pedagogik mohiyatini, tarixiy tushunchalar etimologiyasini bilish, pedagogik amaliyotda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishdagi bilimga qo‘yiladigan talablar tushunishlik, mukammallik, ixchamlilik, operativlilik va tizimlilik asosida uslub va vositalarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i asosida berilgan 438214-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada dars mashg‘ulotlari va pedagogik amaliyotda bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi kasbga yo‘naltirilgan interfaol metodlar (Smart texnology, Case-study, spinder, bahslashuv, muammoli ta’lim, blis, rolli o‘yinlar)larni, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda o‘qituvchilik faoliyatini jadallashtirish vositalari hamda bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining akmeologik nuqtai nazar o‘z-o‘zini anglash jarayoni va natijasi sifatida sinektik tafakkurga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini tahlil etish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-l-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-fevraldagi 02-07-282/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik tuzilmasini takomillashtrish imkonini bergan.
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning samaradorligi ta’lim sifatini ta’minlash va tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish, baholashning kasbiy muloqotni amalga oshira olish, kasbiy muammoli vaziyatlarni hal qila bilish, kasbga oid axborot bilan ishlash mezonlarini shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning shakllanganlik darajalaga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajatilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik  dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqirh” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-fevraldagi 02-07-282/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish