Jiyanova Nargiza Esanboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi subektlari moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt485.
Ilmiy maslahatchi: Karlibaeva Raya Hadjibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ashurova Nasiba Batir qizi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Hayot sikli bosqichlari konsepsiyasini kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy resurslarini boshqarish tushunchasi mazmunan takomillashtirilib, tahlil va nazoratning uzviy integratsiyalashgan tizimi ishlab chiqilgan;
Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini baholash bo‘yicha qo‘shimcha mezonlarni ishlab chiqishda funksional moliyaviy resurslar aylanmaviyligi 1 dan yuqori, rentabelligi esa 100 foizdan yuqori normal qiymatlarni belgilash bilan tahliliy moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish taklif etilgan;
Xo‘jalik yurituvchi subektda debitorlik qarzdorligini boshqarish sifatini oshirish uchun nazoratni tashkil etish variantlari sifatida ABC guruhlariga bo‘lish, bunda A guruhiga debitorlik qarzdorlarining 80 foizi va undan yuqori ulushini tashkil etadigan xaridorlarni kiritish, B guruhga o‘rtacha debitorlik qarzdorligining 15 foiz ulushiga ega bo‘lgan xaridorlar va uchinchi S guruhiga debitorlik qarzlarining umumiy hajmida taxminan 5 foiz ulushga ega bo‘lgan mijozlarni kiritish taklifi asoslangan;
Xo‘jalik yurituvchi subektning kreditorlik qarzdorligini boshqarishda maqsadli mablag‘lar oqimida avans tizimidan voz kechish taklifi asoslangan;
Xo‘jalik yurituvchi subekt aktivlarining rentabelligiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili va natijalarini baholash asosida miqdoriy moliyaviy ko‘rsatkichlarning 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Hayot sikli bosqichlari konsepsiyasini kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy resurslarini boshqarish tushunchasi mazmunan takomillashtirilib, tahlil va nazoratning uzviy integratsiyalashgan tizimi borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar «Finansy: modul 3. Finansy xo‘jalik yurituvchi subektlar» darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-314-son guvohnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish xo‘jalik yurituvchi subektning hayotiy tsikl bosqichlariga mos ravishda moliyaviy resurslarni zarur va etarli miqdorini aniqlashga xizmat qiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini baholash bo‘yicha qo‘shimcha mezonlarni ishlab chiqishda funksional moliyaviy resurslar aylanishi 1 dan yuqori, rentabelligi esa 100 foizdan yuqori normal qiymatlarni belgilash bilan tahliliy moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xo‘jalik yurituvchi subektiining 2024 yil biznes-rejasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan. (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 29 avgustdagi 05-27/964-son, ma’lumotnomasi, “Texnolog” AJning 2023 yil 28 avgustdagi 01-06/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, analitik ta’minlash tizimi xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy resurslar tarkibini bir qator mezonlar bo‘yicha baholashga imkon berdi va moliyaviy resurslarni samarali boshqarish ta’minlandi.
Xo‘jalik yurituvchi subektda debitorlik qarzdorlikni boshqarish sifatini oshirish uchun nazoratni tashkil etish variantlari sifatida ABC guruhlariga bo‘lish, bunda A guruhi debitorlik qarzdorlarining 80 foizi va undan yuqori ulushini tashkil etadigan xaridorlarni kiritish, B guruhi o‘rtacha debitorlik qarzdorlikning 15 foiz ulushiga ega bo‘lgan xaridorlar va uchinchi C guruhi debitorlik qarzlarining umumiy hajmida taxminan 5 foiz ulushga ega bo‘lgan mijozlarni kiritish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotida qo‘llanilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 29 avgustdagi 05-27/964-son ma’lumotnomasi, “Texnolog” AJning 2023 yil 28 avgustdagi 01-06/77-son ma’lumotnomasi). Natijada muddati o‘tgan debitorlik qarzlari darajasini pasaytirishga, moliyaviy barqarorligini oshirish va mablag‘larning o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlash imkonini berdi.
Xo‘jalik yurituvchi subektning kreditorlik qarzdorligini boshqarishda maqsadli mablag‘lar oqimida avans tizimidan voz kechishni joriy etish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2024–2026 yillar uchun Biznes model va strategiyasiga kiritildi. Mazkur amaliyot istiqbolda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ avans tizimidan voz kechish orqali xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z likvidlik darajasini saqlaydi va kreditorlik qarzdorligini o‘z vaqtida qoplash imkonini beradi. (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 5 fevraldagi 05-08/232-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024–2026 yillarda debitor mablag‘lar hisobidan “IES” AJ tabiiy gaz etkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar “O‘zgaztrade” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJlar oldidagi kreditorlik qarzdorlikning 74,2 foizini so‘ndirish uchun chora-tadbirlar ro‘yxatiga kiritildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ aktivlarining rentabelligiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili va natijalarini baholash asosida miqdoriy moliyaviy ko‘rsatkichlarning 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqish taklifi Prognoz aktivlarning butun davr mobaynida qanchalik samarali foydalanilayotganligini baholash imkonini beradi. (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 5 fevraldagi 05-08/232-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024–2028 yillar davrida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish natijasida sof foyda bo‘yicha aktivlar rentabelligi 2,53 foizga o‘sish prognoz qiymatlari shakllantirildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish