Ergashev So‘xrob Sayidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi markaziy asab tizimining perinatal gipoksik zararlanish oqibatlarida klinik-neyrofiziologik va morfologik tekshirish usullarining ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4581.
Ilmiy rahbar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Shamansurov Shaanvar Shamuradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bolalarda perinatal gipoksik ensefalopatiya oqibatlarining klinik-paraklinik namoyon bo‘lishini, markaziy asab tizimi shikastlanishining optik-kogerent vizualizatsiyasi va morfofunksional xususiyatlari hissasini baholash orqali o‘rganish, ushbu toifadagi bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda perinatal-gipoksik miya shikastlanishining eng muhim sababi klinik-anamnestik va paraklinik namoyon bo‘lish usuli bilan aniqlandi, bolalarda asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlarini asoslash va terapiyani optimallashtirish maqsadida optik-kogerent-tomografik diagnostika usuli ko‘rsatkichlarining xususiyatlari aniqlangan;
markaziy asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlari bo‘lgan bolalarda pirouzum kislotasi almashinuvining adaptiv-kompensator reaksiyalarni shakllantirishdagi qonuniyati perinatal-gipoksik ensefalopatiyani o‘tkazgan bolalarning keyingi prognozi bilan isbotlangan;
eksperimental tadqiqot usuli bilan yangi tug‘ilgan sichqonlarda normal sharoitda va surunkali bachadon ichi gipoksiyasi sharoitida ko‘z soqqasi va bosh miyaning morfologik o‘zgarishlari aniqlangan;
asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlari bo‘lgan bolalarda zamonaviy kombinatsiyalangan tekshirish prinsipini qo‘llash patogenetik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi markaziy asab tizimining perinatal gipoksik zararlanish oqibatlarida klinik-neyrofiziologik va morfologik tekshirish usullarining ahamiyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 y. 12/16-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda perinatal-gipoksik miya shikastlanishining eng muhim sababi klinik-anamnestik va paraklinik namoyon bo‘lish usuli bilan aniqlandi, bolalarda asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlarini asoslash va terapiyani optimallashtirish maqsadida optik-kogerent-tomografik diagnostika usuli ko‘rsatkichlarining xususiyatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondare viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.01.2025 y. 10-son buyrug‘i va 13.01.2025 y. 24-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2025 y. 93-son buyrug‘i va 20.01.2025 y. 94-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarda markaziy asab tizimining perinatal gipoksik shikastlanishi oqibatlarini klinik-neyrofiziologik tashxislashning yangi mezonlari ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda perinatal-gipoksik miya shikastlanishining klinik-anamnestik va paraklinik namoyon bo‘lish usuli bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolanish muddati 3 kundan 5 kungacha qisqarishi, bundan tashqari, barcha laborator tekshiruvlarning umumiy qiymati 20% gacha qisqarishini hamda 2115430 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi. Xulosa: Bolalarda perinatal-gipoksik miya shikastlanishining asosiy sabablari etib, surunkali xomila ichi gipoksiyasi, yo‘ldosh etishmovchiligi, tug‘ruq asfiksiyasi va metabolik buzilishlar aniklangan. Kliniko-anamnestik va paraklinik tekshirish usullari ushbu omillarning patogenetik ahamiyatini aniqlash imkonini berdi, bu esa erta diagnostika va profilaktika uchun shart-sharoit yaratdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: markaziy asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlari bo‘lgan bolalarda pirouzum kislotasi almashinuvining adaptiv-kompensator reaksiyalarni shakllantirishdagi qonuniyati perinatal-gipoksik ensefalopatiyani o‘tkazgan bolalarning keyingi prognozi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondare viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.01.2025 y. 10-son buyrug‘i va 13.01.2025 y. 24-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2025 y. 93-son buyrug‘i va 20.01.2025 y. 94-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Markaziy asab tizimining perinatal gipoksik shikastlanishi bo‘lgan bolalarda asoratlarni shakllantirishning eng muhim xavf omillari (gestozlar, homila tushish xavfi, stress holatlari, temir tanqisligi anemiyasi) klinik-anamnestik va paraklinik tadqiqot usuli bilan aniqlandi va bolalarda asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlarini erta tashxislash maqsadida optik-kogerent tomografiya ko‘rsatkichlarining xususiyatlari aniqlandi, shuningdek, ushbu patologiyasi bo‘lgan bolalarda adaptatsion-kompensator reaksiyalarni shakllantirishda metabolik buzilishlar (pirouzum kislotasi almashinuvi) qonuniyatlari aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavf omillari (gestozlar, homila tushish xavfi, stress holatlari, temir tanqisligi anemiyasi) klinik-anamnestik va paraklinik tadqiqot usullaridan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7356400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Optik-kogerentli tomografiya (OKT) markaziy nerv tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlari bilan tugilgan bolalarda ko‘z tubi tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni aniqladi shu jumladan, to‘r pardadagi nerv tolalari qatlamining ingichkalashi, qon tomir tizimidagi o‘zgarishlar va x.k. Tadqiqot natijalari shuni kursatdiki, OKTning gipoksik-ishemik miya shikastlanishining darajasini baholashda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi hamda ushbu toifadagi bemor bolalardagi nerv tizimi holatini monitoring qilish uchun yetakchi usulllardan ekanligini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental tadqiqot usuli bilan yangi tug‘ilgan sichqonlarda normal sharoitda va surunkali bachadon ichi gipoksiyasi sharoitida ko‘z soqqasi va bosh miyaning morfologik o‘zgarishlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondare viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.01.2025 y. 10-son buyrug‘i va 13.01.2025 y. 24-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2025 y. 93-son buyrug‘i va 20.01.2025 y. 94-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Eksperimental sharoitlarda surunkali bachadon ichi gipoksiyasini modellashtirishda yangi tug‘ilgan sichqonlarda bosh miya va ko‘rish organi tuzilmalarining morfologik o‘zgarishlari o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali bachadon ichi gipoksiyasini modellashtirishda ishlatilgan yangi tug‘ilgan sichqonchalar ustida tekshiruv o‘z navbatida yuqori texnologik tekshiruv makropreparatlarijan ko‘ra bir necha barobar (50-70%) iqtisodiy samaradorlikni berdi. Xulosa: Perinatal gipoksik-ishemik ensefalopatiya kuzatilgan bolalarda pirovinograd kislota almashinuvi o‘rganilganda, aerobik oksidlanish buzilishi va anaerobik glikolizning kompensatsion faollashuvini ko‘rsatuvchi metabolik o‘zgarishlar aniqlandi. Klinik, neyrofiziologik va laboratoriya ko‘rsatkichlarini korrelyasion tahlil qilish orqali diagnostik va prognostik axamiyatga ega bulgan muhim biokimyoviy markerlar aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlari bo‘lgan bolalarda zamonaviy kombinatsiyalangan tekshirish prinsipini qo‘llash patogenetik samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondare viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (06.01.2025 y. 10-son buyrug‘i va 13.01.2025 y. 24-son buyrug‘i) va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2025 y. 93-son buyrug‘i va 20.01.2025 y. 94-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Klinik (klinik-nevrologik), neyrofiziologik (neyrosonogorafiya, bosh miya MSKT) va laboratoriya ko‘rsatkichlarini (pirouzum kislotasi va laktatdegidrogenaza darajasini aniqlash uchun qon biokimyosi) kompleks baholashga asoslangan perinatal gipoksik ensefalopatiya natijalarini prognozlash algoritmi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 2451430 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 35% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Surunkali homila ichi gipoksiyasi sharoitida bosh miya va ko‘z olmasi tuzilishidagi sezilarli darajada degenerativ va qon tomir o‘zgarishlari kuzatildi. Eksperimental tadqiqot natijalari gipoksik shikastlanish mexanizmlarini tushunish uchun muhim axamiyat kasb etdi va bu kelgusida erta diagnostika va davolash usullarini rivojlantirishga asosiy turtki bulib xizmat kildi.