Ismati Odiljon Obidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezlarini endoprotezlashdan keyin reabilitatsiya aspektlari», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib3852.
Ilmiy rahbarlar: Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Zinov`ev Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori. Kudrin Radion Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: V.A. Almazov nomidagi milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
tibbiy texnologiyalarni takomillashtirish yo‘nalishlarini patogenetik asoslash orqali sut bezlarini endoprotezlashdan so‘ng bemorlarni reabilitatsiya qilish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan keyingi dastlabki davrda ayollarda ko‘krakning estetik augmentatsiyadan keyin og‘riq sindromi (43-69% gacha) va tashqi nafas olishning restrektiv buzilishi qayd etilgan bo‘lib, uzoq davrida esa gumoral va hujayralar immunitet parametrlarining dinamikasi dimetilpolisiloksan polimerining uzoq muddatli ta’siriga javob sifatida kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlikning rivojlanishi o‘zgarish tufayli aniqlangan;
og‘riq sindromining intensivligi, ishlatiladigan implant hajmiga (300 ml dan ortiq) qarab tashqi nafas olish funksiyasining buzilishi, operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va keyingi reabilitatsiya xususiyatlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasidan keyingi erta davrda limfopeniyaning paydo bo‘lishi, T-hujayralari, hamda A va G immunoglobulinlari darajasining pasayishi, immunoregulyasion indeksning ko‘tarilishi aniqlangan, uzoq muddatda, har ikkinchi endoprotezlash holatda, kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlikning rivojlanishi tendensiyasi aniqlangan va operatsiyadan keyingi davrning birinchi yili davomida gumoral va hujayra immunitetining dinamikasini baholash ahamiyati isbotlangan;
operatsiyadan keyingi davrda hujayrali radioto‘lqin elektroterapiyadan kompleks foydalangan holda musculus pectoralis major da A tipidagi botulotoksin in’eksiyalarini operatsiyadan oldin qo‘llanilish og‘riq sindromini kamaytirishga va tashqi nafas olish funksiyasi buzilishining chastotasini ikki baravar kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezlarini endoprotezlashdan keyin reabilitatsiya aspektlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.07.2024 y. 04/06-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi dastlabki davrda ayollarda ko‘krakning estetik augmentatsiyadan keyin og‘riq sindromi (43-69% gacha) va tashqi nafas olishning restrektiv buzilishi qayd etilgan bo‘lib, uzoq davrida esa gumoral va hujayralar immunitet parametrlarining dinamikasi dimetilpolisiloksan polimerining uzoq muddatli ta’siriga javob sifatida kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlikning rivojlanishi o‘zgarish tufayli aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali 01.05.2024 y. 21-i-son buyrug‘i va Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 02.05.2024 y. 93-k-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: silikon mahsulotlar bilan ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasi o‘tkazilgan ayollarda immunitet tizimining holati dinamikasi maqsadli o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik operatsiyasi, og‘riq sindromi va nafas olish tizimidagi buzilishlar intensivligi ishlatiladigan implant hajmi va reabilitatsiya tadbirlarining xususiyatlari bilan davolash taktikasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 4246100 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1326200 so‘m sarflanadi. Xulosa: Ko‘krakni estetik endoprotezlash operatsiyadan keyingi davrning dastlabki bosqichlarida tipik patologik kasalliklar kuchli og‘riq sindromi - rekonvalesentlarning 43-69% da, shuningdek, tashqi nafas olishni cheklovchi buzilishlar - 59% hollarda. Bunday operatsiyalardan so‘ng uzoq muddatli davrda ayollarning 72 foizida immun tizimining gumoral va hujayrali komponentlari parametrlari dinamikasi tashxisi qo‘yiladi, bu kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, jarayonlari, allergiya, autoimmunizatsiya rivojlanishini aks ettiradi. Bu xolat silikon endoprotezning dimetilpolisiloksan polimerining inson organizmiga uzoq muddatli ta’siriga javob reaksiyalarida kuzatiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘riq sindromining intensivligi, ishlatiladigan implant hajmiga (300 ml dan ortiq) qarab tashqi nafas olish funksiyasining buzilishi, operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va keyingi reabilitatsiya xususiyatlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali 01.05.2024 y. 21-i-son buyrug‘i va Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 02.05.2024 y. 93-k-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi dastlabki davrda immunitet tarkibiy qismlarining o‘zgarishi jarrohlik stressi va operatsiya sohasidagi yallig‘lanish reaksiyasining rivojlanishi, leykotsitoz, absolyut va nisbiy limfopeniya hodisalari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan va immunoregulyasion indeksning absolyut qiymatining oshishi qayd etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasidan keyingi bemorlarda og‘riqni aniqlash natijasida ijobiy natijalar bir necha barobar og‘riq sindromining kamayganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2456500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Operatsiyadan keyingi davrning dastlabki ikkinchi kunida sut bezlarini estetik endoprotezasidan so‘ng, har ikkinchi klinik kuzatuvda bemorlarda kuchli va o‘rtacha og‘riq tashxisi qo‘yiladi, ularning og‘irligi 300 ml xajmdagigacha bo‘lgan silikon implantlardan foydalangan bemorlarda kamroq kuzatiladi. Og‘riq sindromi spirogramma parametrlarining pasayishi bilan birga kelganda, cheklovchi turdagi tashqi nafas olish funksiyasining buzilishi rivojlanishiga sabab bo‘ladi (o‘pkaning hayotiy sig‘imi, uning majburiy hayotiy sig‘imi, majburiy nafas chiqarish hajmi va uning eng yuqori hajmli majburiy tezligi mos ravishda 26,8%, 31,1%, 29,2% va 25,3% ga).
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasidan keyingi erta davrda limfopeniyaning paydo bo‘lishi, T-hujayralari, hamda A va G immunoglobulinlari darajasining pasayishi, immunoregulyasion indeksning ko‘tarilishi aniqlangan, uzoq muddatda, har ikkinchi endoprostetik holatda, kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlikning rivojlanishi tendensiyasi aniqlangan va operatsiyadan keyingi davrning birinchi yili davomida gumoral va hujayra immunitetining dinamikasini baholash ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali 01.05.2024 y. 21-i-son buyrug‘i va Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 02.05.2024 y. 93-k-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: silikon implantlar yordamida ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasidan keyingi davrda immunitet tizimi giperaktivlik, limfotsitlarning funksional holatidagi buzilishlar, allergiya, autoimmunizatsiya va kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlik holatining shakllanishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: botulotoksin A turini qo‘llashda umumiy chakana narxi 515000 so‘mni tashkil qiladi. Boshqa og‘riq qoldiruvchi preparatlardan bir necha barobar (10 karra) qimmatligi iqtisodiy samaradorligi mavjud emas. Lekin, bemorning og‘riq sindromini butkul kamaytirishi bilan bemorlarga jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda statsionar davolanish, ish faoliyatiga erta qaytishi bilan afzallikka ega ekanligi o‘rganildi. Xulosa: Operatsiyadan keyingi erta davrda, asosan, ko‘krakni silikon mahsulotlar bilan kattalashtirishdan keyingi birinchi yoki ikkinchi kunlarda, klinik kuzatishlarning 84% da immunologik ko‘rsatkichlar mutlaq va nisbiy limfopeniya shakllanishini, etuk T-limfotsitlar darajasining pasayishini aks ettiradi. 31-36% ga, T-yordamchilari va T -sitotoksik limfotsitlar tarkibi bir vaqtning o‘zida immunoregulyasion indeks qiymatining 12% ga oshishi va A va G immunoglobulinlari darajasining 15-21% ga kamayishi bilan. Uzoq muddatli, ta’sir qilish yilining oxiriga kelib, silikon mahsulotlarini endoprotez qilishning har ikkinchi klinik holatida kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanish tendensiyasi aniqlanadi, T-xelper faolligi 31% ga oshadi, progressiv o‘sish. immunoregulyasion indeks 20,5% ga, M sinf immunoglobulinlari tarkibining 42% ga, G sinfi 49% ga, E klassi 1,41-1,56 martaga, fagotsitlarning so‘rilishi va hazm qilish qobiliyatining 21% ga kamayadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda hujayrali radioto‘lqin elektroterapiyadan kompleks foydalangan holda musculus pectoralis major da A tipidagi botulotoksin in’eksiyalarini operatsiyadan oldin qo‘llanilish og‘riq sindromini kamaytirishga va tashqi nafas olish funksiyasi buzilishining chastotasini ikki baravar kamaytirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali 01.05.2024 y. 21-i-son buyrug‘i va Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi 02.05.2024 y. 93-k-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Sut bezlarini sintetik implantlar bilan endoprotez qilishda, aralashuvdan ikki hafta oldin katta mushak sohasiga botulotoksin toksin A turini mushak ichiga yuborish, operatsiyadan keyin bir vaqtning o‘zida etti kunlik fizioterapevtik ta’sir qilish mexanizmi elektromagnit maydonga erishishga imkon beradi. Klinik holatlarning 78% da sezilarli va uzoq davom etadigan og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ayollarda esa og‘riqning intensivligi va nafas olish disfunksiyasi chastotasining deyarli yarmiga kamayishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 11200000 so‘m (bir juft implant narxi) va statsionar sharoitda davolanishi uchun 3426350 so‘m sarflanadi. Agar bemorning statsionar sharoitda davolanish muddati 3 kungacha qisqarishini inobatga olsak, iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 30% gacha bemor tomonidan mablag‘ni tejashga olib keladi. Xulosa: Operatsiyadan keyingi davrning terapevtik va diagnostik chora-tadbirlari algoritmi bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etiladi, shu jumladan, silikon mahsulotlar bilan ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasidan keyin individual xususiyatlarni hisobga olgan holda bemorlarda reabilitatsiyaning to‘laqonligini kuzatish tavsiya qilindi.