Xudaybergenova Dilafruz Xamzaevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan qandli diabet 2 tip bemorlarning klinik-immunologik xususiyatlari» 14.00.03 – Endokrinologiya va 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3731.
Ilmiy rahbarlar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Miraxmedova Xilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan qandli diabet 2 tip bemorlarning klinik-immunologik xususiyatlarini baxolash va bashoratlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip bemorlarda buyraklar zararlanishida koptokcha filtratsiya tezligining pasayishi interleykin-11 sitokinining yuqori ko‘rsatkichi bilan bog‘liqlik aniqlangan;
yurak-qon tomir va buyrak asoratlarida koptokcha filtratsiya tezligi, sistatin C, D-dimer, hamda transformatsiyalovchi o‘sish omili betta-1 orasidagi korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda interleykin-11 va to‘qima o‘sish omili betta-1ning ortishi, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi sababli o‘lim holatini yuzaga keltirishini bashoratlovchi omil ekanligi isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda klinik-bioximik (kreatinin, sistatin C) , immunologik ko‘rsatkichlarning (IgG SARS CoV-2, interleykin-11) orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida prognostik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan, surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan qandli diabet 2 tip bemorlarning klinik-immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip bemorlarda buyraklar zararlanishida koptokcha filtratsiya tezligining pasayishi, interleykin-11 sitokinining yuqori ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 12.04.2024 yildagi 29-sonli buyruq, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 20.07.2024 yildagi №01-92-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/43-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi qandli diabet 2 tip bo‘lgan bemorlarda immunologik tahlilni o‘tkazish COVID-19 o‘tkazgan, surunkali buyrak asorati bo‘lgan kandli diabet 2 tip tip bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda rivojlanishini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan, surunkali buyrak asorati bo‘lgan kandli diabet 2 tip tip bilan og‘rigan bemorlarning umumiy sonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 34,4 foizga iqtisodiy samara bergan.  Xulosa: Interleykin 11 va Transformatsiyalovchi o‘sish omili betta 1 tahlilini o‘tkazish COVID-19 o‘tkazgan, kandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda hayot uchun xavfli asoratlarni rivojlanishini aniqlash imkonini beradi va kasallikning erta davrlarida tegishli tibbiy yordamni va davo muolajalarini ko‘rsatishga sarflanadigan mablag‘ni sezilarli iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Yurak-qon tomir va buyrak asoratlarida koptokcha fil`tratsiya tezligi, sistatin C, D-dimer, hamda transformatsiyalovchi o‘sish omili betta 1 orasidagi korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlanganligi Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 12.04.2024 yildagi 29-sonli buyruq, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 20.07.2024 yildagi №01-92-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/43-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: Qandli diabet 2 tip bo‘lgan bemorlarda zamonaviy klinik, laborator, instrumental va immunologik tahlilni o‘tkazish COVID-19 o‘tkazgan, surunkali buyrak asorati bo‘lgan kandli diabet 2 tip bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda rivojlanishini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni o‘z vaqtida aniqlanib, bemorlarni ro‘yxatga olinishi va barvaqt davo choralari qo‘llanilishi natijasida bemorlar orasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichining 75-80%ga kamayishi, hamda ularning turmush tarzini yaxshilanishiga olib kelishi imkonini bergan. Xulosa: klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi kandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan  bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, kandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda interleykin-11 va to‘qima o‘sish omili betta 1ning ortishi, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi sababli o‘lim holatini yuzaga keltirishini bashoratlovchi omil ekanligi isbotlanganligi Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 12.04.2024 yildagi 29-sonli buyruq, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 20.07.2024 yildagi №01-92-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/43-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda turli tashhislash va differensial terapiya usullarini qo‘llash kasallikning qaytalanishining erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni o‘z vaqtida aniqlanib, sitokinlarni aniqlash bemorlar orasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi, hamda ularning turmush tarzini yaxshilanishi imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan, kandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda sitokinlarni ortishi va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqlik aniqlash va klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi bu bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda klinik-bioximik (kreatinin, sistatin C) , immunologik ko‘rsatkichlarning (IgG SARS CoV-2, interleykin-11) orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida prognostik ahamiyati asoslanganligi Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 12.04.2024 yildagi 29-sonli buyruq, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 20.07.2024 yildagi №01-92-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/43-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip bilan asoratlangan bemorlarda immunonologik xususiyatlari va surunkali buyrak kasalligi hamda qandli diabet 2 tipni og‘irlashtiruvchi xavf omillarini aniqlanadi, hamda bemorlarga davolash usulini tanlashga yordam beradi, og‘ir asoratlarning oldini olish, bu orqali o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish kuzatiladi, shu orqali ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta’sir etadi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bu kasallikning kechishini nazorat qilish, surunkali buyrak kasalligining rivojlanishining oldini olish va bemorning hayot sifatini 75%ga yaxshilashga, hamda bemorlarni shifoxonada davolanish vaqtini 3-4 kunga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan, qandli diabet 2 tip surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda kreatinin, sistatin C, hamda IgG COVID-19, interleykin-11 ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash kasallikni o‘z vaqtida tashhislash va davolash, asoratlarni oldini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish