Elmuradov Sherzod Xabibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining asoratlangan exinokokkozini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3084.
Ilmiy raxbar: Abdusamatov Bobir Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022. Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda laparoskopik exinokokkektomiyani joriy etish orqali qorin bo‘shlig‘i a’zolarining asoratlangan exinokokk kasalligini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy operatsiya aralashuvlarining dastlabki va uzoq muddatli natijalarini tahlilida, ularning etarli darajada samarali emasligini belgilovchi omillarni o‘rni, hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar taktikasi ishlab chiqilgan;
jigarning asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanishi natijasida kistalarning yiringlashi, ularning o‘t yo‘llariga ochilishi va qorin bo‘shlig‘iga yorilishida laparoskopik exinokokkektomiyani bajarish uchun kompleks yondashuv ishlab chiqilgan;
jigar asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolari bilan birgalikda zararlanish shakllarida laparoskopik exinokokkektomiyaga ko‘rsatmalarni kengaytirish mezonlari asosida an’anaviy ochiq operatsiyalar zaruratini kamaytirish imkoni isbotlangan;
bolalarda jigar asoratlangan exinokokkozini minimal invaziv jarrohlik usuli bilan davolash algoritmi asosida kistalarning hajmi, soni va bosqichidan qat’iy nazar jarrohlik muolajalarining samaradorligini oshirish tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining asoratlangan exinokokkozini tashxislash va davolashni takomillashtirish tartibi baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: an’anaviy operatsiya aralashuvlarining dastlabki va uzoq muddatli natijalarini tahlilida ularning etarli darajada samarali emasligini belgilovchi omillarni o‘rni hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar taktikasi ishlab chiqilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martdagi 03/24/266-t-son bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya oslojnennoy exinokokkovoy bolezni organov bryushnoy polosti u detey», hamda «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya exinokokkoza legkix u detey» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 31§1-son, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2024 yildagi 57-son, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 03.04.2024 yildagi 60-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy operatsiya aralashuvlarining dastlabki va uzoq muddatli natijalarini tahlilida ularning etarli darajada samarali emasligini belgilovchi omillarni o‘rni, hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar taktikasi ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash samaradorligini oshirish, asoratlar sonini kamaytirish va bemorning statsionarda qolish muddatini qisqartirish, nogironlik darajasini kamaytirish, kasallikning bashoratlashni yaxshilash va operatsiya amalga oshirilgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash uchun an’anaviy tashxislash va davolash usullarida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni va sarf xarajatlar 19645254 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 15677492 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: asoratlangan exinokokkoz bilan davolangan bir nafar bemor tahlil qilinganda, an’anaviy tashxis va davolash usullarida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni tashkil etgan bo‘lsa, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirilgan va davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlar esa 3967762 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigarning asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanishi natijasida kistalarning yiringlashi, ularning o‘t yo‘llariga ochilishi va qorin bo‘shlig‘iga yorilishida laparoskopik exinokokkektomiyani bajarish uchun kompleks yondashuv ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martdagi 03/24/266-t-son bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya oslojnennoy exinokokkovoy bolezni organov bryushnoy polosti u detey», hamda «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya exinokokkoza legkix u detey» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 31§1-son, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2024 yildagi 57-son, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 03.04.2024 yildagi 60-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigarning asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanishi natijasida kistalarning yiringlashi, ularning o‘t yo‘llariga ochilishi va qorin bo‘shlig‘iga yorilishida laparoskopik exinokokkektomiyani bajarish uchun kompleks yondashuv ishlab chiqish natijasida bolalarning hayot sifatini yaxshilash, qaytalanishlarni oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: jigarning asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanishi natijasida kistalarning yiringlashi, ularning o‘t yo‘llariga ochilishi va qorin bo‘shlig‘iga yorilishida laparoskopik exinokokkektomiyani bajarish uchun kompleks yondashuv ishlab chiqish orqali o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni va sarf xarajatlar 19645254 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 15677492 so‘mni tashkil qilgan va davolanish uchun davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlardan esa 3967762 so‘mni iqtisod qilinadi. Xulosa: asoratlangan exinokokkoz bilan davolangan bir nafar bemor tahlil qilinganda, an’anaviy tashxis va davolash usullarida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni tashkil etgan bo‘lsa, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirilgan va davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlar esa 3967762 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: jigar asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanish shakllarida laparoskopik exinokokkektomiyaga ko‘rsatmalarni kengaytirish mezonlari asosida an’anaviy ochiq operatsiyalar zaruratini kamaytirish imkoni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martdagi 03/24/266-t-son bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya oslojnennoy exinokokkovoy bolezni organov bryushnoy polosti u detey», hamda «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya exinokokkoza legkix u detey» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 31§1-son, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2024 yildagi 57-son, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 03.04.2024 yildagi 60-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bora jigar asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanish shakllarida laparoskopik exinokokkektomiyaga ko‘rsatmalarni kengaytirish mezonlari asosida an’anaviy ochiq operatsiyalar zaruratini kamaytirish orqali yuzaga keladigan qaytalanishlar, asoratlarni oldini olish orqali kasalliklarni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, exinokokkoz kasaligini erta tashxislash va oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar asoratlangan exinokokkozi va qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolarining birgalikda zararlanish shakllarida laparoskopik exinokokkektomiyaga ko‘rsatmalarni kengaytirish mezonlari asosida an’anaviy ochiq operatsiyalar zaruratini kamaytirish imkoni isbotlash orqali exinokokkoz bilan davolangan bir nafar bemor tahlil qilinganda, an’anaviy tashxis va davolash usullarida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni tashkil etgan bo‘lsa, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirilgan va davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlar esa 3967762 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: asoratlangan exinokokkoz bilan davolangan bir nafar bemor tahlil qilinganda, an’anaviy tashxis va davolash usullarida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni tashkil etgan bo‘lsa, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirilgan va davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlar esa 3967762 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda jigar asoratlangan exinokokkozini minimal invaziv jarrohlik usuli bilan davolash algoritmi asosida kistalarning hajmi, soni va bosqichidan qat’iy nazar jarrohlik muolajalarining samaradorligini oshirish tartibi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martdagi 03/24/266-t-son bilan tasdiqlangan «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya oslojnennoy exinokokkovoy bolezni organov bryushnoy polosti u detey», hamda «Sovremennie metodi diagnostiki i lecheniya exinokokkoza legkix u detey» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 31§1-son, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2024 yildagi 57-son, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 03.04.2024 yildagi 60-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda jigar asoratlangan exinokokkozini minimal invaziv jarrohlik usuli bilan davolash algoritmi asosida kistalarning hajmi, soni va bosqichidan qat’iy nazar jarrohlik muolajalarining samaradorligini oshirish tartibi isbotlash, bemor bolalar hayot sifatini yaxshilash, nogironlikni erta oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda jigar asoratlangan exinokokkozini minimal invaziv jarrohlik usuli bilan davolash algoritmi asosida kistalarning hajmi, soni va bosqichidan qat’iy nazar jarrohlik muolajalarining samaradorligini oshirish tartibi orqali o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni va sarf xarajatlar 19645254 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 15677492 so‘mni tashkil qilgan va davolanish uchun davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlardan esa 3967762 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: asoratlangan exinokokkoz bilan davolangan bir nafar bemor tahlil qilinganda, an’anaviy tashxis va davolash usullarida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 14,9±1,2 kunni tashkil etgan bo‘lsa, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 10,4±1,1 kungacha qisqartirilgan va davlat byudjetidan bolalar uchun sarflanadigan xarajatlar esa 3967762 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.