Voxidov Umid Gafurovichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshidagi bolalarda flyuorozni davolash va profilaktikasini mukamallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2500.
Ilmiy rahbar: Taylakova Dildora Ibragimovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Sokolovich Natal`ya Aleksandrovna,  tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomli Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab o‘quvchilarida tish flyuorozi tarqalishini tahlil qilish asosida ushbu kasallikni davolash va oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotoba Buxoro viloyatining Olot, Jondor va Qorako‘l tumanlarida yashovchi maktab yoshi bolalarida almashinuv hamda doimiy tishlov davr oralig‘ida flyuorozning tarqalishi ichimlik suvidagi ftor miqdoriga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk marotoba almashinuv hamda doimiy tishlov davr maktab yoshidagi bolalarda ftor almashuvini qiyosiy o‘rganilganligi asosida flyuoroz kasalligini kompleks davolash va profilaktikaning takommilashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor doimiy tishlov davridagi maktab yoshi bolalarida tarkibida gidroksiapatit vositasi bo‘lgan malham, og‘iz bo‘shlig‘ini chayish  suyuqligi hamda tish pastasini mahalliy qo‘llanilishi natijasida flyuorozni  davolashda klinik samaradorlikga erishilganligi isbotlangan; 
ilk marotoba tish flyuorozi bilan kasallangan almashinuv hamda doimiy tishlov davrlardagi maktab yoshi bolalarida maqbullashtirilgan davolash va profilaktika terapiyasining qiyosiy tahlili orqali uning klinik va funksional samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Maktab yoshidagi bolalarda flyuorozni davolash va 
profilaktikasini mukamallashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/52-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yanglik: ilk marotoba Buxoro viloyatining Olot, Jondor va Qorako‘l tumanlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarda almashinuv hamda doimiy tishlov davr oralig‘ida flyuorozning tarqalishi ichimlik suvidagi ftor miqdoriga bog‘liqligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: olib borilgan tadqiqot natijasida bolalarda tish flyuorozi tarqalganligini erta aniqlashga, shu bilan birga davolash va profilaktik chor-tadbirlarni amalga oshirishda katta yutuqlarga erishildi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (11.10.2024. №11-51-son); Navoiy shahar 2-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (18.10.2024. №519-5-79-DOP/2024-son) «Bolalarda stomatologik flyuoroz kasalliklarini kompleks davolash va oldini olishni optimallashtirish usullari» mavzusida uslubiy tavsiyanomalar; Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.08.2024. №01-39-son); Navoiy shahar 2-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (04.09.2024. №436-5-79-DOP/2024-son) «Maktab yoshidagi bolalarda tish flyuorozining tarqalishi va davolash algoritmi» mavzusida uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/52-sonli xulosasi). Ijtimoiy ahamiyati: Buxoro viloyatining Olot, Jondor va Qorako‘l tumanlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarda almashinuv hamda doimiy tishlov davr oralig‘ida flyuorozning tarqalishi ichimlik suvidagi ftor miqdoriga bog‘liqligi isbotlanganligi, ushbu kasallikning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqilishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Buxoro viloyatining Olot, Jondor va Qorako‘l tumanlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarda almashinuv hamda doimiy tishlov davr oralig‘ida flyuorozning tarqalishi ichimlik suvidagi ftor miqdoriga bog‘liqligining isbotlanganligi orqali davolash va profilaktika amaliyotlarini qo‘llanilishi hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 380000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tish flyuorozi tarqalishini aniqlash uni davolash va profilaktik chora tadbirlarni o‘z vaqtida boshlashga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba almashinuv hamda doimiy tishlov davr maktab yoshidagi bolalarda ftor almashuvini qiyosiy o‘rganilganligi asosida flyuoroz kasalligini kompleks davolash va profilaktikaning takommilashtirilgan usuli ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi buyrug‘i (11.10.2024 yil; 01-51-son), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi buyrug‘i (24.08.2024 yil; 01-39-son), 2-Navoiy shahar oilaviy poliklinikasi buyrug‘i (18.10.2024-son 01-39-son). Ijtimoiy ahamiyati:  ilk marotoba almashinuv hamda doimiy tishlov davr maktab yoshidagi bolalarda ftor almashuvini qiyosiy o‘rganilganligi asosida flyuoroz kasalligini kompleks davolash va profilaktikaning takommilashtirilgan usuli ishlab chiqilganligi, rivojlanish xavfi bo‘lgan asoratlarni oldini olinishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  almashinuv hamda doimiy tishlov davr maktab yoshidagi bolalarda ftor almashuvini qiyosiy o‘rganilganligi asosida flyuoroz kasalligini kompleks davolash va profilaktikaning takommilashtirilgan usulini qo‘llanilishi natijasida davolash samaradorligi oshirilib, har 1 nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 380000 so‘mga iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: almashinuv hamda doimiy tishlov davr maktab yoshidagi bolalarda ftor almashuvini qiyosiy o‘rganilganligi asosida flyuoroz kasalligini kompleks davolash va profilaktikaning takommilashtirilgan usulini qo‘llanilishi natijasida davolash samaradorligi oshirilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor doimiy tishlov davridagi maktab yoshi bolalarida tarkibida gidroksiapatit vositasi bo‘lgan malham, og‘iz bo‘shlig‘ini chayish  suyuqligi hamda tish pastasini mahalliy qo‘llanilishi natijasida flyuorozni  davolashda klinik samaradorlikga erishilganligi isbotlangan; Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi buyrug‘i (11.10.2024 yil; 01-51-son), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi buyrug‘i (24.08.2024 yil; 01-39-son), 2-Navoiy shahar oilaviy poliklinikasi buyrug‘i (18.10.2024-son 01-39-son). Ijtimoiy ahamiyati:  doimiy tishlov davridagi maktab yoshi bolalarida tarkibida gidroksiapatit vositasi bo‘lgan malham, og‘iz bo‘shlig‘ini chayish  suyuqligi hamda tish pastasini mahalliy qo‘llanilishi natijasida flyuorozni  davolashda klinik samaradorlikga erishilganligi tadqiqotning yuqori ijtimoiy samaradorligini ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi:  doimiy tishlov davridagi maktab yoshi bolalarida tarkibida gidroksiapatit vositasi bo‘lgan malham, og‘iz bo‘shlig‘ini chayish  suyuqligi hamda tish pastasini mahalliy qo‘llanilishi natijasida davolash samaradorligi oshirilib, har 1 nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini 380000 so‘mga iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: doimiy tishlov davridagi maktab yoshi bolalarida tarkibida gidroksiapatit vositasi bo‘lgan malham, og‘iz bo‘shlig‘ini chayish  suyuqligi hamda tish pastasini mahalliy qo‘llanilishi orqali flyuorozni davolash samaradorligi oshirilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik ilk marotoba tish flyuorozi bilan kasallangan almashinuv hamda doimiy tishlov davrlardagi maktab yoshi bolalarida maqbullashtirilgan davolash va profilaktika terapiyasining qiyosiy tahlili orqali uning klinik va funksional samaradorlikga erishishga imkon berishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu terapiya og‘iz bo‘shlig‘ining klinik va funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon berdi va an’anaviy davolash usuliga nisbatan yaxshiroq natijalarga erishilgani isbotlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi buyrug‘i (11.10.2024 yil; 01-51-son), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi buyrug‘i (24.08.2024 yil; 01-39-son), 2-Navoiy shahar oilaviy poliklinikasi buyrug‘i (18.10.2024-son 01-39-son). Ijtimoiy ahamiyati: tish flyuorozi bilan kasallangan almashinuv hamda doimiy tishlov davrlardagi maktab yoshi bolalarida maqbullashtirilgan davolash va profilaktika terapiyasining qiyosiy tahlili orqali uning klinik va funksional samaradorlikga erishishga imkon berishi orqali, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: tish flyuorozi bilan kasallangan almashinuv hamda doimiy tishlov davrlardagi maktab yoshi bolalarida maqbullashtirilgan davolash va profilaktika terapiyasining ishlatilishi orqali, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 380000 so‘mga iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: ilk marotoba tish flyuorozi bilan kasallangan almashinuv hamda doimiy tishlov davrlardagi maktab yoshi bolalarida maqbullashtirilgan davolash va profilaktika usulini qo‘llanilishi orqali yuqori klinik va funksional samaradorlikga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish