Akramov Bahodir Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pnevmoniya bilan kasallangan homiladorlarda anesteziologik yondoshuvini takomillashtirish», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2963.
Ilmiy raxbar: Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022. Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Juraboy Ma’rifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan homiladorlarda tug‘ruqni abdominal olib borishda anesteziologik himoya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi bo‘lmagan homiladorlarda nafas soni 14,3% ga, I-darajali nafas etishmovchiligida 24,3% ga, nafas etishmovchiligining II darajasi rivojlanishi bo‘lgan homiladorlarda esa nafas soni 29,8% ga oshishi, yurak-qon tomir tizimi funksional ko‘rsatkichlarining patologik siljishi pnevmoniya negizidagi nafas etishmovchiligi darajasining oshib borishiga korellyasion tarzda chuqurlashishi isbotlangan;
shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi bo‘lmagan homiladorlarda kesar kesishda SA yoki EA uchun mahalliy anestetiklarning optimal miqdorini individual tanlash orqali respirator va gemodinamik stabillik ta’minlanishi, shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan I darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda esa bupivakainning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan EA o‘tkazishda propofolni 1,5–3mg/kg/soat yoki deksmedetomidinni o‘rtacha 0,2-0,7 mkg/kg/soat tezligida infuziya qilish negizida NIO‘Vning CPAP tartibida respirator qo‘llab quvvatlash samarali ekanligi isbotlangan;
ilk bor shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan II-darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda kesar–kesish operatsiyasi vaqtida umumiy anesteziya FiO2-60-80% kislorod uzatilishi bilan musbat PEEP 5-10 mm.suv.ustda O‘SV o‘tkazilishi samarali ekani aniqlandi, operatsiyadan keyin uzaytirilgan O‘SVni FiO2-50-60% miqdorida kislorod uzatilishi bilan davom ettirib, ekstubatsiyadan oldin CPAP tartibida respirator qo‘llab quvvatlash intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda og‘ir gipoksiyani bartaraf etib, respirator va gemodinamik barqarorlikni ta’minlashi isbotlangan;
ilk bor shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan turli darajadagi nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarga kesar-kesish operatsiyasi uchun individual tanlangan anesteziya usullarining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga negativ ta’siri minimal ekanligi, postnatal adaptatsion davrda chaqaloqlarni tashqi muhitga tez moslashishini buzmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pnevmoniya bilan xastalangan homiladorlarda anesteziologik yondashuvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi bo‘lmagan homiladorlarda nafas soni 14,3% ga, I-darajali nafas etishmovchiligida 24,3% ga, nafas etishmovchiligining II darajasi rivojlanishi bo‘lgan homiladorlarda esa nafas soni 29,8% ga oshishi, yurak-qon tomir tizimi funksional ko‘rsatkichlarining patologik siljishi pnevmoniya negizidagi nafas etishmovchiligi darajasining oshib borishiga korellyasion tarzda chuqurlashishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvardagi 19-son bilan tasdiqlangan «Shifoxonadan tashqari pnevmoniyasi bor homiladorlarda anesteziologik yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 474-son, Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati fililali bo‘yicha 21.08.2024 yildagi 130-son hamda Samarqand shahar 2-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 22.08.2024 yildagi 657-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi bo‘lmagan hamda I-darajali nafas etishmovchiligidagi homiladorlarda o‘pka ventilyasiyasi va yurak-qon tomir tizimining funksional ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning pasayishi, II-darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda o‘pka ventilyasiyasi va yurak-qon tomir tizimining funksional ko‘rsatkichlarining patologik siljishi yuzaga kelganligini operatsiyadan oldin aniqlash orqali davolash o‘tkazilishi homiladorlar ayollarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berganligi bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan homiladorlarda pnevmoniya va o‘tkir nafas etishmovchiligi darajasini aniqlash va operatsiyadan oldingi davrda davolashni boshlash natijasida operatsiyadan keyingi davr asoratlarini kamayishiga, davolash kunini 8 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali bir bemorga sarflanadigan xarajatlarni 632858 so‘mga iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: ShTP bilan og‘rigan nafas etishmovchiligining II darajasi rivojlangan ayollarda esa tashqi nafas ko‘rsatkichlarining hamda yurak-qon tomir tizimi ko‘rsatkichlarining keskin pasayishi kuzatilgan, bu esa operatsiya oldidan shoshilinch intensiv terapiyaga extiyojni oshirganligi isbotlangan.
ikkinchi ilmiy yangiligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi bo‘lmagan homiladorlarda kesar kesishda SA yoki EA uchun mahalliy anestetiklarning optimal miqdorini individual tanlash orqali respirator va gemodinamik stabillik ta’minlanishi, shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan I darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda esa bupivakainning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan EA o‘tkazishda propofolni 1,5–3mg/kg/soat yoki deksmedetomidinni o‘rtacha 0,2-0,7 mkg/kg/soat tezligida infuziya qilish negizida noinvaziv o‘pka ventilyasiyasining CPAP tartibida respirator qo‘llab quvvatlash samarali ekanligi ilmiy isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvardagi 19-son bilan tasdiqlangan «Shifoxonadan tashqari pnevmoniyasi bor homiladorlarda anesteziologik yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 474-son, Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali bo‘yicha 21.08.2024 yildagi 130-son hamda Samarqand shahar 2-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 22.08.2024 yildagi 657-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi rivojlanmagan homiladorlarda spinal anesteziya yoki epidural anesteziya uchun mahalliy anestetiklarning optimal konsentratsiyasi va miqdorini individual tanlash orqali, I-darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda propofolni 1,5–3 mg/kg/soat yoki deksmedetomidinni 0,2-0,7 mkg/kg/soat tezligida infuziya qilish bilan birga bupivakainning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan epidural anesteziyani o‘tkazish hamda noinvaziv o‘pka ventilyasiyasining CPAP tartibida respirator qo‘llab quvvatlash orqali homilador ayolning organ va tizimlari xayotiy ko‘rsatkichlarining keskin izdan chiqishini oldini olish va hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan nafas etishmovchiligi rivojlanmagan homiladorlarda spinal anesteziya yoki epidural anesteziya uchun mahalliy anestetiklarning optimal konsentratsiyasi va miqdorini individual tanlash respirator va gemodinamik stabillikni ta’minlanishi, shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan I-darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda propofolni 1,5–3 mg/kg/soat yoki deksmedetomidinni o‘rtacha 0,2-0,7 mkg/kg/soat tezligida infuziya qilish bilan birga bupivakainning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan EA o‘tkazish hamda noinvaziv o‘pka ventilyasiyasining CPAP tartibida respirator qo‘llab quvvatlash natijasida operatsiya vaqtida hamda operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni kamaytirib, davolash kunini 8 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali bir bemorga sarflanadigan xarajatlarni 901088 so‘mga iqtisod qilingan; Xulosa: ShTP bilan og‘rigan I darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda bupivakainning past miqdori bilan muvozanatlashgan EA o‘tkazish vaqtida NIO‘Vning SRAR tartibida respirator qo‘llab quvvatlash optimal bo‘lishi isbotlangan.
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk marta shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan II darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda kesar–kesish operatsiyasi vaqtida umumiy anesteziya FiO2-60-80% kislorod uzatilishi bilan musbat PEEP 5-10 mm.suv.ustda O‘SV o‘tkazilishi samarali ekani aniqlandi, operatsiyadan keyin uzaytirilgan O‘SVni FiO2-50-60% miqdorida kislorod uzatilishi bilan davom ettirib, ekstubatsiyadan oldin CPAP tartibida respirator qo‘llab quvvatlash intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda og‘ir gipoksiyani bartaraf etib, respirator va gemodinamik barqarorlikni ta’minlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvardagi 19-son bilan tasdiqlangan «Shifoxonadan tashqari pnevmoniyasi bor homiladorlarda anesteziologik yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 474-son, Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali bo‘yicha 21.08.2024 yildagi 130-son hamda Samarqand shahar 2-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 22.08.2024 yildagi 657-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk marta shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan II darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda kesar–kesish operatsiyasi vaqtida umumiy anesteziya vaqtida FiO2-60-80% kislorod uzatilishi bilan O‘SV o‘tkazilishi hamda ekstubatsiyadan oldin musbat PEEP 5-10 mm.suv.ustda, FiO2-50-60% miqdorida kislorod uzatilishi bilan CPAP tartibida noinvaziv respirator qo‘llab quvvatlash intraoperatsion davrda gipoksiyani bartaraf etishi, buning natijasida gemodinamik barqarorlikni ta’minlashi tartibi orqali og‘ir darajali nafas etishmovchiligi vaqtida ona va bolaning salomatligiga bo‘lgan xavfni bartaraf etish tartibi yaratilganligi bilan ajralib turgan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan II-darajali nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda umumiy anesteziya va operatsiyadan keyingi davrda uzaytirilgan O‘SVning o‘tkazilishi hamda ekstubatsiyadan oldin musbat PEEP 5-10 mm.suv.ustda, FiO2-50-60% miqdorida kislorod uzatilishi bilan CPAP tartibida noinvaziv respirator qo‘llab quvvatlash natijasida operatsiyadan keyingi davrda nafas etishmovchiligi bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirib, davolash kunini 8 kundan 6 kungacha qisqartirish orqali bir bemorga davolash uchun sarflanadigan xarajatlar 750858 so‘mgacha iqtisod qilingan; Xulosa: ShTP bilan og‘rigan II darajali nafas etishmovchiligi mavjud bo‘lgan homiladorlarda kesar–kesish operatsiyasi vaqtida FiO2-60-80% kislorod uzatilishi bilan O‘SV negizida umumiy ko‘p komponentli anesteziya o‘tkazilishi, hamda operatsiyadan keyingi davrda uzaytirilgan O‘SVni davom ettirilishi, ekstubatsiyadan oldin esa SRAR tartibida respirator ta’minlash orqali intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda gipoksiya bartaraf etilib gemodinamik barqarorlik ta’minlanganligi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk marta shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan turli darajadagi nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarga kesar-kesish operatsiyasi uchun individual tanlangan anesteziya usullarining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga negativ ta’siri minimal ekanligi, postnatal adaptatsion davrda chaqaloqlarning tashqi muhitga tez moslashishini buzmasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 yanvardagi 19-son bilan tasdiqlangan «Shifoxonadan tashqari pnevmoniyasi bor homiladorlarda anesteziologik yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 474-son, Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati fililali bo‘yicha 21.08.2024 yildagi 130-son hamda Samarqand shahar 2-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 22.08.2024 yildagi 657-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan turli darajadagi nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarga kesar-kesish operatsiyasi uchun tanlangan anesteziya usullari ulardan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga negativ ta’sirining minimal ekanligi, postnatal adaptatsion davrda chaqaloqlarni tashqi muhitga moslashishini buzmasligi orqali shifoxonadan tashqari pnevmoniya va nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarda xavfsiz va samarali anesteziya usullarini individual aniqlashga yordam berganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan xastalangan turli darajadagi nafas etishmovchiligi rivojlangan homiladorlarga kesar-kesish operatsiyasi uchun tanlangan anesteziya usullari ulardan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga negativ ta’sirining minimal ekanligi, postnatal adaptatsion davrda chaqaloqlarni tashqi muhitga moslashishini buzmasligi natijasida operatsiyadan keyingi davrda chaqaloqlarda ham asoratlarni kamaytirib, davolash kunini 6 kundan 4 kungacha qisqartirish orqali bir yangi tug‘ilgan chaqaloqqa sarflanadigan xarajatlarni 264684 so‘mgacha iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: ShTP bilan og‘rigan nafas etishmovchiligining turli darajasi mavjud bo‘lgan homiladorlarga kesar-kesish operatsiyasi uchun tanlangan anesteziya usullari va respirator qo‘llab-quvvatlash usullari ulardan tug‘ilgan chaqaloqlarga negativ ta’sirining minimalligi, postnatal adaptatsion davrda chaqaloqlarni tashqi muhitga moslashishini buzmasligini ko‘rsatdi.