Maxmudov Firuz Baxtiyor o‘g‘lining yuridik fanlar doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Yu310.
Ilmiy maslahatchi: Xayitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Davlyatov Valisher Xakimjanovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Asadov Shavkat G‘aybulloevich, yuridik fanlar doktori, professor; To‘xtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni davlat xizmatchilari faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilash zarurligi asoslantirilgan;
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi asoslab berilgan;
tashkilotlarning komplaens nazorat bo‘linmalari (yoki ushbu vazifa yuklatilgan mas’ul shaxs) xizmat safariga yuborilgan xodimlarni manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari ustidan doimiy nazorat olib borishga mas’ul hisoblanishi asoslantirib berilgan;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlarini, shuningdek ularning aksiyalari yoki ulushlariga egalik qilayotgan yoxud tizimida ishlayotgan yuridik shaxslarni davlat organi yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar sifatida belgilash lozimligi asoslab berilgan;
ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya tartibini joriy etish, deklaratsiyani taqdim etish tartibini qonunchilikda belgilash, mazkur vazifalarni amalga oshirishni tashkilotlardagi maxsus bo‘linmalar zimmasiga yuklash zarurligi asoslantirilgan;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbarning bo‘ysunuviga o‘tkazish, o‘zini o‘zi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish, lavozimiga teng boshqa lavozimga o‘tkazish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish kabi choralarni manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlar yuz berganda qo‘llaniladigan choralar sifatida belgilash kerakligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni davlat xizmatchilari faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilash zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari 
2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 
8-apreldagi 12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga xizmat qilgan;
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari
2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 
8-apreldagi 12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar mazmunida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaradigan normalarning bo‘lishini oldini olishga xizmat qilgan;
tashkilotlarning komplaens nazorat bo‘linmalari (yoki ushbu vazifa yuklatilgan mas’ul shaxs) xizmat safariga yuborilgan xodimlarni manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari ustidan doimiy nazorat olib borishga mas’ul hisoblanishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomning 
25-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 
8-apreldagi 12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi xizmat safariga yuborilgan xodimlarni manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari ustidan nazorat olib borish mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlarini, shuningdek ularning aksiyalari yoki ulushlariga egalik qilayotgan yoxud tizimida ishlayotgan yuridik shaxslarni davlat organi yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar sifatida belgilash lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-931-son Qonuni 5-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 04/7-10-78-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi nafaqat davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi faoliyatida, balki unga aloqador shaxslar faoliyatida ham manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga xizmat qilgan;
ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya tartibini joriy etish, deklaratsiyani taqdim etish tartibini qonunchilikda belgilash, mazkur vazifalarni amalga oshirishni tashkilotlardagi maxsus bo‘linmalar zimmasiga yuklash zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni 18-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 04/7-10-78-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya tartibini joriy etish, deklaratsiyani taqdim etish tartibining huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan;
davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbarning bo‘ysunuviga o‘tkazish, o‘zini o‘zi rad etish yoki majburan chetlashtirish, lavozimiga teng boshqa lavozimga o‘tkazish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish kabi choralarni manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlar yuz berganda qo‘llaniladigan choralar sifatida belgilash kerakligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni 21-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 04/7-10-78-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelsa, uni qanday hal qilish mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish