Azadova Bonuposhsha Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Vinochilik korxonalari faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11- Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbari: eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahmatov Ziyodulla Nosirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vinochilik korxonalari faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vino mahsulotlari korxonalarining mahalliy va xorijiy bozorlarga chuqur kirib borish va egallashga qaratilgan brendingning tarkibiy elementlari bo‘lgan qadoqlash (Bq = 0,37), savdo markasini ilgari surish (Bsm = 0,41) va assortiment siyosatini yuritish (Bas = 0,22) mizojlarning mahsulot ingredientlari haqida tushunchalarni to‘liq olish imkonini beradigan tarzda o‘zaro munosabatlar yaratish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonning vino mahsulotlari eksporti uchun eng qulay mamlakatlar sifatida belgilangan eksport faoliyatini diversifikatsiyalash bo‘yicha tavsiya etilgan (5B – 97,5%; 4B – 0,60%; 3B – 0,80%; 2B – 0,90%, 1B – 0,18%) guruhlar bo‘yicha eksportning ekstensiv o‘sishga yo‘naltirilgan diversifikatsiya strategiyalaridan foydalanish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston vinochilik mahsulotlari tovarlari assortimentining ayrim guruhlari uchun nisbiy ustunliklarni aniqlashda vinochilik korxonalari uchun 2208 – alkogollilik darajasi <80% bo‘lgan denaturatsiyalanmagan etil spirti; spirtli ichimliklar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar; 2202 – suvlar, shu jumladan, shakar yoki boshqa ingredientlar qo‘shilgan mineral suvlar va gazlangan suvlar; 2201 – suvlar, shu jumladan, tabiiy yoki sun’iy mineral suvlar va gazlangan suvlar, tarkibida qo‘shimchalar bo‘lmagan suvlar turlari asosida diversifikatsiyalash imkoniyati mavjudligi asoslangan;
O‘zbekistonda uzumzorlardan olinayotgan yalpi hosil hajmining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vinochilik korxonalari faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
vino mahsulotlari korxonalarining mahalliy va xorijiy bozorlarga chuqur kirib borish va egallashga qaratilgan brendingning tarkibiy elementlari bo‘lgan qadoqlash (Bq = 0,37), savdo markasini ilgari surish (Bsm = 0,41) va assortiment siyosatini yuritish (Bas = 0,22) mizojlarning mahsulot ingredientlari haqida tushunchalarni to‘liq olish imkonini beradigan tarzda o‘zaro munosabatlar yaratish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyatining 2023 yildagi savdolari hajmini 2022 yilga nisbatan 2,3% ga oshirishga erishilgan;
O‘zbekistonning vino mahsulotlari eksporti uchun eng qulay mamlakatlar sifatida belgilangan eksport faoliyatini diversifikatsiyalash bo‘yicha tavsiya etilgan (5B – 97,5%; 4B – 0,60%; 3B – 0,80%; 2B – 0,90%, 1B – 0,18%) guruhlar bo‘yicha eksportning ekstensiv o‘sishga yo‘naltirilgan diversifikatsiya strategiyalaridan foydalanish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash taklifi “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yilda “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyati brendining tanilganligi 12% ga oshgan;
O‘zbekiston vinochilik mahsulotlari tovarlari assortimentining ayrim guruhlari uchun nisbiy ustunliklarni aniqlashda vinochilik korxonalari uchun 2208 – alkogollilik darajasi <80% bo‘lgan denaturatsiyalanmagan etil spirti; spirtli ichimliklar, likyorlar va boshqa spirtli ichimliklar; 2202 – suvlar, shu jumladan, shakar yoki boshqa ingredientlar qo‘shilgan mineral suvlar va gazlangan suvlar; 2201 – suvlar, shu jumladan, tabiiy yoki sun’iy mineral suvlar va gazlangan suvlar, tarkibida qo‘shimchalar bo‘lmagan suvlar turlari asosida diversifikatsiyalash imkoniyatidan foydalanish taklifi “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston vino ishlab chiqaruvchilari global sharoit va iste’mol tendensiyalariga moslashgan holda eksport bozorlari uchun mos keladigan 10 dan ortiq vino mahsulotlari assortimenti shakllantirilgan va ularni 2023 yildagi eksporti amalga oshirilib, “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyatining mahsulot eksporti 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 5,9 foizga oshirishga erishilgan;
O‘zbekistonda uzumzorlardan olinayotgan yalpi hosil hajmining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston shampani” Aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yalpi hosil hajmining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida mamlakatda uzum etishtirishning uzoq muddatli istiqboldagi faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda asosiy parametrlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.