Eshchanova Gulbahor Husanboevna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Flipped classroom modeli asosida talabalarda ingliz tili amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi takomillashtirish” (Ingliz tili), (Pedagogika fanlari) 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Nodira Muxtorjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori; professor Narboeva Malohat Xudoyberdievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Flipped classroom modeli asosida talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan milliy, umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish hamda real kasbiy vaziyatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga yo‘anltirilgan kasbiy matnlar bilan mustaqil ishlash, tizimli mashg‘ulotlar ta’sirchanligini boqichma-bosqich oshirib borish asosida aniqlangan;
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘quv jarayonini loyihalash, ingliz tili amaliy ko‘nikmalarni kasbiy va kommunikativ kontekstiga ko‘ra tasniflash, ijtimoiy-kommunikativ va pedagogik rag‘batlantirishning individuallashtirish tamoyillari natijaviyligini baholash-samarali blok mazmuniga funksional bog‘liqligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni Flipped classroom modeli tuzilmasiga ko‘ra Task-based learning, Inquiry-based learning, Problem-based learning metodlarining didaktik imkoniyatlarini prognostik baholash hamda kompleks o‘qitish g‘oyalarini uyg‘unlashtirish, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga zarur shart-sharoitlarni adekvat yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda Quizlet, Google classroom va padlet platformalaridan ratsional foydalanish hamda o‘quv materialini yaratishda o‘z g‘oyalarini taqdim etish bo‘yicha raqamli ball berish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Flipped classroom modeli asosida talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘uicha ilmiu tadqiqot natijalari:
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan milliy, umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish hamda real kasbiy vaziyatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga yo‘anltirilgan kasbiy matnlar bilan mustaqil ishlash, tizimli mashg‘ulotlar ta’sirchanligini boqichma-bosqich oshirib borish asosida aniqlashga oid takliflar “Mastering teaching english: International standars” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 uil 28 dekabrdagi 11-05-7592/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmun-mohiuatini tahlil etishga erishilgan;
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘quv jarayonini loyihalash, ingliz tili amaliy ko‘nikmalarni kasbiy va kommunikativ kontekstiga ko‘ra tasniflash, ijtimoiy-kommunikativ va pedagogik rag‘batlantirishning individuallashtirish tamoyillari natijaviyligini baholash-samarali blok mazmuniga funksional bog‘liqligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Mastering teaching english: International standars” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 uil 28 dekabrdagi 11-05-7592/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi uondashuvlar va tamouillar rivojlantirish imkoni amalga oshirilgan;
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni Flipped classroom modeli tuzilmasiga ko‘ra Task-based learning, Inquiry-based learning, Problem-based learning metodlarining didaktik imkoniyatlarini prognostik baholash hamda kompleks o‘qitish g‘oyalarini uyg‘unlashtirish, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga zarur shart-sharoitlarni adekvat yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar ““Mastering teaching english: International standars” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 uil 28 dekabrdagi 11-05-7592/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlanish metodikasini takomillashtirishning metodik modeli takomillashtirilgan.
talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda Quizlet, Google classroom va padlet platformalaridan ratsional foydalanish hamda o‘quv materialini yaratishda o‘z g‘oyalarini taqdim etish bo‘yicha raqamli ball berish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Mastering teaching english: International standars” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 uil 28 dekabrdagi 11-05-7592/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning baholash mezonlari va raqamli texnologiua vositalarini takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan.