Turg‘unova Dildora Raxmatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida hayvonlar harakatini ifodalovchi til birliklarining lingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil14033.
Ilmiy rahbar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Abdupattoev Muhammadtohir Tojimamatovich, filologiya fanlari doktori, professor, Kabilova Zebiniso Muratovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hayvon harakatini ifodalovchi lisoniy birliklarning lingvistik xususiyatlarini ochib berish va zoonim tarkibli lingvomadaniy birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayvonlar harakatini ifodalovchi til birliklari strukturasi zoonim + harakat hamda harakat + mazmun usulida shakllanganligi aniqlangan, ularning idroki masalasida vizual, mantiqiy va hissiy yondashuv tamoyillari, idrok masalasining umumiy va milliy-madaniy farqlari ochiqlangan;
hayvonlar harakatini ifodalovchi leksemalar leksik-semantik guruhga bo‘linib, ulardan ko‘proq ot, it va tuyaning turli harakatini ifodalovchi birliklarning insonning shunday harakatlarini ifodalashga ixtisoslashuvi kabi assotsiativ imkoniyatlari hamda milliy-madaniy xususiyatlari ochiqlangan;
zoonim komponentli maqol va iboralar hayvonlar harakatini ifodalovchi til birliklari asosida paydo bo‘lishi, ushbu harakatlar etnosning o‘ziga xos diniy va milliy-madaniy mansubligini, dunyoqarashini, xulq-atvor meyorlarini aks ettiruvchi vosita sifatida shu mezonlar asosida tipik va universal obraz yaratish xususiyatiga egaligi asoslangan;
tilda hayvonlar harakati bilan bog‘liq metaforik tasavvurlarning paydo bo‘lishida arxetipik tasavvurlarga asoslangan lingvomental jihatlarning ustunlik qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili leksik fondida hayvonlar harakatini ifodalovchi til birliklarining qamrovi masalasini, etnolingvistik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish, ularning leksik-semantik guruhlarini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
hayvonlar harakatini ifodalovchi til birliklari strukturasi zoonim + harakat hamda harakat + mazmun usulida shakllanganligi, ularning idroki masalasida vizual, mantiqiy va hissiy yondashuv tamoyillari, idrok masalasining umumiy va milliy-madaniy farqlari xususidagi xulosa va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali tomonidan tayyorlangan “Tabiat shifoxonasi”, “Zavqli o‘rmoncha”, “Uyimdagi tabiat”, “Mo‘jizalar oroli”, “Qiziqarli sayohat”, “Assalom, bolajon” teledasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar teleradiokanali” aksionerlik jamiyatining 2024-yil 14-apreldagi 14-03-54-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning mazmunan boyitilishi, uning ta’sirchanligi ortishi ta’minlangan;
hayvonlar harakatini ifodalovchi leksemalar leksik-semantik guruhga bo‘linib, ulardan ko‘proq ot, it va tuyaning turli harakatini ifodalovchi birliklarning insonning shunday harakatlarini ifodalashga ixtisoslashuvi kabi assotsiativ imkoniyatlari hamda milliy-madaniy xususiyatlari xususidagi xulosa hamda nazariy ma’lumotlardan Andijon viloyat teleradiokompaniyasining “Tafakkur”, “Xazinamsan kitob”, “Ma’naviyat” kabi teledasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-dekabrdagi 01-13/223-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teledasturlar va eshittirishlarning ta’sirchan bo‘lishi ta’minlanishi bilan birga nutqiy madaniyat, nutqiy etiket kabi o‘zbekona milliy qadriyatlar doirasida samarali muloqot tashkil etish imkoniyati yaratilgan.