Sajid Valiya Valappilning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bilingval jamiyatda o‘zbek diskursidagi kod almashinuvining lingvo-kognitiv aspekti”.
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5439
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16 qoshidagi bir martalik ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Morteza Amirsheibani, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Go‘zal Raximova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kod almashtirish jarayonida tilni qayta ishlashning lingvokognitiv jihatlarini o‘rganish va bu jarayonlarning bilingval diskursda o‘zlik tushunchasining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tadqiq etish sanaladi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- O‘zbekistonning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi o‘ziga xos o‘rnini aks ettirib, o‘zbek va ingliz tillarining o‘ziga xos qorishmasini ifodalovchi “O‘zbeng tili” deb nomlangan yangi atama taklif etildi;
- O‘zbekistondagi raqamli platformalarning gibrid tillar rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini o‘rganish orqali mahalliy miqyosda onlayn kommunikatsion vaziyatning oflayn muloqotiga ta’siri va uning til evolyusiyasiga ta’siriga doir ilmiy mulohazalar dalillangan;
- tadqiqot natijasida maktab va ish joylarida kodlarni almashtirish lisoniy hamjamiyatda uning mahalliy va global miqyosda muloqotni yaxshilash uchun foydalanish mumkinligi, shuningdek, o‘zbek tili va madaniyatini shakllantirishda o‘zining an’anaviy qadriyatlarini zamonaviy ta’sirlar bilan muvozanatlashtirish holatlari yuzasidan nazariy qarashlar faktik manbalar bilan asoslangan;
- tadqiqot doirasida o‘zbek yoshlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llaniladigan raqamli slenglar o‘rganilib, u yoki bu so‘zlarning virtual muloqotda qo‘llanilishi natijasida o‘zbek tili lug‘at boyligiga, og‘zaki va yozma nutqqa ko‘rsatayotgan ta’siri masalalari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: qo’llangan uondashuv, usul va nazariu ma’lumotlarning ishonchli ilmiu manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar ilmiy va metodologik tamoyillariga mosligi, ishning maqsadi va vazifalariga binoan ratsional-tipologik, sotsiolingvistik, substansial, diskursiv tahlil metodlari vositasida asoslanganligi, nazariu fikr va xulosalarning amaliuotga joriu etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi. .
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiu ahamiuati shundaki, kod almashtirish hodisasini lingvo-kognitiv aspektda tahlil qilish va ularning nazariy asoslarini o‘rganish orqali til nazariyasi va sotsiolingvistika uchun muhim resurs vazifasini bajaradi. Shunga asosan, tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati quyidagicha belgilanadi:
O‘zbekistonda kod almashtirish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar nazariy yutuqlar va ijtimoiy tilshunoslik dinamikasi bilan ajralib turadi, ayniqsa ko‘p tilli muhitlarga e’tibor qaratilganda. Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy vaziyatga qarab, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar o‘zbek, rus va ingliz tillari o‘rtasida almashib gaplashishlari mumkin. Bizningcha, bu holat insonning til tanlashiga uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqeyi ta’sir ko‘rsatishini yaqqol namoyon etadi. Tadqiqot natijalarining amaliu ahamiuati ilmiy ishdagi nazariu umumlashma va tahlillardan “Nazariy tilshunoslik”, “Sotsiolingvistika”, “Kognitiv tilshunoslik”, “Amaliy lingvistika” kabi fanlardan mashg‘ulot olib borish, maxsus kurs, seminarlar oʻtkazishda hamda o’quv qo’llanma, darslik, majmualar uaratishda, lug‘atlar tuzishda foudalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Shuningdek, kelgusida mazkur sohada amalga oshirilishi mumkin boʻlgan fundamental tadqiqotlarga metodik jihatdan resurs boʻla olishi dissertatsiuaning amaliy ahamiyatini bildiradi.