Ruzieva Nasiba Kenjaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Professor Vladimir Grigorevich Gakning lingvistik merosi: lisoniy-kognitiv tahlil” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4470 
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamalovich filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01. 
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Qulmamatov Do‘stmamat Sattarovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
 Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professor Vladimir Grigorevich Gak ilmiy merosining lisoniy-kognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
V.G.Gakning fransuz orfografiyasida tizimli sinxron, chet tilini o‘qitish amaliyotida funksional, fransuz tilida so‘z yasashdagi og‘zaki–nominal konvertasiyaning tabiatini aniqlashga yordam beruvchi noan’anaviy  yondashuvlarini tizimlashtirish orqali olim ilmiy merosining lisoniy, kognitiv rivojlanishi, qiyosiy-struktur  xususiyatlari ochib berilgan;
roman tillarining paydo bo‘lishidagi août, avgust > agosto  > aost >  [u], [ut] août kabi o‘xshashligi aniqlanib,  roman tillarining ajralish sabablarini esa substrat - mustamlakachi til bilan aralashgan mahalliy til, ijtimoiy lingvistik omillar, ikki tillilik, yangi roman tilining shakllanish omillari, superstrat–asl til tomonidan o‘zlashtirilgan, mahalliy bo‘lmagan aholining yo‘q bo‘lib ketgan tili, adstrat-qo‘shni davlatlar tillarining o‘zaro aralashuvi  hodisalari orqali asoslangan;
V.G.Gak fransuz va rus tilida gap  tuzilishining semantik, sintaktik va kommunikativ uch darajasi o‘rtasidagi munosabatlar qiyoslanib, fransuz tilida gapning sintaktik qurilishi ko‘proq kommunikativ daraja bilan, rus tilida esa semantik daraja bilan  bog‘liq ekanligi  isbotlangan va Quand est-ce que je te vois?, Tu viens ce soir, Demain, je rentre tard kabi semantik uchburchakning uch tomonidagi munosabatni-til-tafakkur-ekstralingvistik vaziyatni hisobga olish kerakligi dalillangan;
V.G.Gakning leksikografiya tilning lug‘at boyligini tavsiflashda izohli, frazeologik, sinonimik, sheva, terminologik, grammatik, imlo va boshqa lug‘atlari asosida asarlari tarjimasi leksik-semantik jihatdan ochib berilib, so‘zlar badiiy matnda ijodkorning olam haqidagi qarashlarini aks ettirishi crever la panse à qn, avoir la peau courte, gros papas  kabi frazeologizmlar bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professor Vladimir Grigorevich Gakning lingvistik merosi:lisoniy-kognitiv tahlilidan olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
 V.G.Gakning fransuz orfografiyasida tizimli sinxron, chet tilini o‘qitish amaliyotida funksional, fransuz tilida so‘z yasashdagi og‘zaki–nominal konvertasiyaning tabiatini aniqlashga yordam beruvchi noan’anaviy  yondashuvlarini tizimlashtirish orqali olim ilmiy merosining lisoniy, kognitiv rivojlanishi, qiyosiy-struktur  xususiyatlari ochib berilganligi haqidagi qarashlaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014- 2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUSJPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida fransuz va o‘zbek tillarida terminlar, frazeologizmlarning lisoniy-kognitiv tahliliga oid materiallardan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 21-yanvardagi 185/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy tillarni o‘qitish borasidagi nazariy jihatlarning takomillashuviga erishilgan;
roman tillarining paydo bo‘lishidagi août, avgust > agosto  > aost >  [u], [ut] août kabi o‘xshashligi aniqlanib,  roman tillarining ajralish sabablarini esa substrat - mustamlakachi til bilan aralashgan mahalliy til, ijtimoiy lingvistik omillar, ikki tillilik, yangi roman tilining shakllanish omillari, superstrat–asl til tomonidan o‘zlashtirilgan, mahalliy bo‘lmagan aholining yo‘q bo‘lib ketgan tili, adstrat-qo‘shni davlatlar tillarining o‘zaro aralashuvi  hodisalari orqali asoslanganligidan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovasion tadqiqot loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 21-yanvardagi 186/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor V.G.Gakning zamonaviy grammatikaning eng yirik nazariyotchisi sifatida hozirgi tilshunoslik fani va til tahlili usullarini rivojlantirishdagi hissasi har tomonlama tahlil qilingan;
V.G.Gak fransuz va rus tilida gap  tuzilishining semantik, sintaktik va kommunikativ uch darajasi o‘rtasidagi munosabatlar qiyoslanib, fransuz tilida gapning sintaktik qurilishi ko‘proq kommunikativ daraja bilan, rus tilida esa semantik daraja bilan  bog‘liq ekanligi  isbotlangan va Quand est-ce que je te vois?, Tu viens ce soir, Demain, je rentre tard kabi semantik uchburchakning uch tomonidagi munosabatni-til-tafakkur-ekstralingvistik vaziyatni hisobga olish kerakligi asosida innovasion ilmiy loyiha asosida ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalarni yaratishga yangicha yondashuv sifatida mazkur ilmiy tadqiqot ishini tahlil qilish natijalari o‘qituvchilarning til va muloqot ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, o‘quv jarayonini mustahkamlash va barqarorlashtirishda  2022-2023 va 2024-yillarda “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi – baxtli va farovon kelajak kafolatidir”, “Mahallalar obod va jinoyatchilikdan holi hududdir” kabi respublika grantlari, bundan tashqari, xalqaro USAID hamda Xelsenki Fondi tomonidan e’lon qilingan grantlarni bajarishda ham dissertasiya ilmiy natijalaridan (xususan, lisoniy va uslubiy ta’limotining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, maxsus saminarlar tashkil etish, matn lingvistikasi, nutq va sosiopragmatika, lug‘atlar tuzish, ilmiy tadqiqot olib borish v.h) metodologik manba sifatida foydalanilgan. (Barqaror rivojlanish maqsadlari ijtimoiy tashabbuslar markazining 2024-yil 4-dekabrdagi 148-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotga qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, monografiyalarning hamda terminologik tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
V.G.Gakning leksikografiya tilning lug‘at boyligini tavsiflashda izohli, frazeologik, sinonimik, sheva, terminologik, grammatik, imlo va boshqa lug‘atlari asosida asarlari tarjimasi leksik-semantik jihatdan ochib berilib, so‘zlar badiiy matnda ijodkorning olam haqidagi qarashlarini aks ettirishi crever la panse à qn, avoir la peau courte, gros papas  kabi frazeologizmlar bilan dalillanganligi asosida fransuz va o‘zbek tillarida argotik so‘zlar va frazeologizmlarni semantik, lingvomadaniy xususiyatlarining qiyosiy-chog‘ishtirma tasniflari va qiyoslanayotgan tillarda ularning o‘xshash va farqli jihatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-yanvar kuni efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-dekabrdagi № 01-07/412-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalar haqida ma’lumotnoma berilgan va keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish