Ismailov Jaxongir Jalolidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lirik diskurs va uning sotsiopragmatik aspekti (o‘zbek xalq qo‘shiqlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3270.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Diloro Abdulxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Keldiyarova Gulchexra Saydievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek lirik qo‘shiq nutqining sotsiopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lirik qo‘shiqlar milliy identifikatsiya, ijtimoiy norma va ma’naviy qadriyatlarni uzatish vositasi sifatida xizmat qilishi, ularda nutqning ijtimoiy xoslanishi sotsiopragmatik aspektda ramzlar orqali ham uzatilishi mumkinligi isbotlangan;
o‘zbek xalq qo‘shiqlarida bo‘ri yoki ilon kabi obrazlar xalqning totemistik qarashlariga asoslanishi, aynan sotsiopragmatik birliklar milliy mental omillarga ko‘ra madaniy stereotiplar va ijtimoiy qadriyatlarni namoyon qilishi dalillangan;
o‘zbek xalq qo‘shiqlari, asosan, xalqning kundalik hayoti, muhabbat, ijtimoiy voqealar va xalqning qahramonlari haqidagi qissalarni aks ettirishi, shu bilan bir vaqtda, sadoqat, uyat, poklik kabi tushunchalar, ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni e’zozlash ular uchun leytmotiv ekani asoslangan;
qo‘shiq matnlarida lirik qahramonlar xatti-harakatlari va ular nutqining gender, verbal hamda noverbal jihatdan farqlanishi, ramziylashtirishning yuqori darajasi amal qilishi hamda o‘ziga xos sotsial koloritga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lirik diskurs va uning sotsiopragmatik aspekti tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
lirik qo‘shiqlar milliy identifikatsiya, ijtimoiy norma va ma’naviy qadriyatlarni uzatish vositasi sifatida xizmat qilishi, ularda nutqning ijtimoiy xoslanishi sotsiopragmatik aspektda ramzlar orqali ham uzatilishi mumkinligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “O‘zbek raqs sanʼati terminologiyasi” mavzusidagi PZ-20170930188-raqamli tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 01-04-08/352-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shiqlarda ayol va erkak obrazlarini tahlil qilish orqali millatimizning gender stereotiplarini aks ettirish jarayoni aniqlash yo‘lidagi tahlillar amalga oshirilgan;
o‘zbek xalq qo‘shiqlarida bo‘ri yoki ilon kabi obrazlar xalqning totemistik qarashlariga asoslanishi, aynan sotsiopragmatik birliklar milliy mental omillarga ko‘ra madaniy stereotiplar va ijtimoiy qadriyatlarni namoyon qilishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan C-202003161 raqamli “Xoreografiya sanʼati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotiniyaratish” nomli grant loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 01-04-08/350-son ma’lumotnomasi). Natijada, lirik qo‘shiqlarda ayol va erkak qahramonlarning ma’lum voqeaga bo‘lgan munosabatlari hamda ularning matndagi tashqi va ichki dunyosini ta’riflovchi xarakterli xususiyatlar tahlilida ilmiy izchillikka erishilgan;
o‘zbek xalq qo‘shiqlari, asosan, xalqning kundalik hayoti, muhabbat, ijtimoiy voqealar va xalqning qahramonlari haqidagi qissalarni aks ettirishi, shu bilan bir vaqtda, sadoqat, uyat, poklik kabi tushunchalar, ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni e’zozlash ular uchun leytmotiv ekani to‘g‘risidagi xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvchining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-44-426-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan, keltirilgan tahlillar teletomoshabinlarning muloqot jarayonida, diskursiv faoliyat mobaynida tilning asosiy vazifasi bo‘lgan axborotni uzatish va qabul qilish harakatlari samarasi va mazmuni to‘gʻrisidagi bilimini va ularning nutq zohirlanishiga qiziqishini oshirishga imkon yaratgan;
qo‘shiq matnlarida lirik qahramonlar xatti-harakatlari va ular nutqining gender, verbal hamda noverbal jihatdan farqlanishi, ramziylashtirishning yuqori darajasi amal qilishi hamda o‘ziga xos sotsial koloritga ega ekanligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining bir qator ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop yo‘nalishlardagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanalining 2024-yil 13-noyabrdagi 14-02-199-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar ssenariysi mazmunan boyitilib, teletomoshabinlarning notiqlik va so‘zlashuv madaniyatiga rioya etish, o‘zaro muloqotda so‘zlashuv odobiga rioya etish kabi fazilatlarning kuchayishiga hissa qo‘shgan;
xalq qo‘shiqlari xalqning lingvomadaniy boyligi sifatida ma’lum jamiyat va millatga xos ijtimoiy va pragmatik xususiyatlarni o‘zida mujassam qilishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 11-noyabrdagi 01-03/911-son ma’lumotnomasi). Natijada lirik qo‘shiq namunalarida xalqimizning milliy qadryatlari, lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish, jamoada o‘zini idora etish, so‘zlashuv odobiga rioya etish kabi fazilatlarni shakillantirish va yoshlar ma’naviyatiga singdirishda alohida ahamiyat kasb etgan va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda imkon yaratgan.