Absamadova Munira Isroilovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ O‘zbek va ingliz tillarida diplomatik terminlarning lisoniy ifodalanishi va qiyosiy tahlili ”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Fil4388 
Ilmiy rahbar: Salieva Zarrina Ilxomovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Sulaymonova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent;
Sayfullaev Anvar Islamovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek va ingliz tillaridagi diplomatik terminlarning leksik-semantik va struktural xususiyatlarini o‘rganish, diplomatik diskursda ularning faollashuvini hamda terminlarning tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarning grammatik tuzilishini, strukturaviy xususiyatlarini va derivatsion imkoniyatlarini tahlil qilish orqali ularning bir elchi, bayonot, konsul kabi bir komponentli va xalqaro munosabatlar, rasmiy shaxs, diplomatik kanal singari ko‘p komponentli shakllari aniqlanib, lingvistik, madaniy va ijtimoiy kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llanilishi ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi diplomatik terminlarning semantik jihatdan shartnoma-treaty kabi sinonimik, rasmiy – official – norasmiy – non-official kabi antonimik, nota-note singari omonimlik xususiyatlari asoslangan;
til tizimining ichki strukturasidan tashqari, tarixiy, madaniy va siyosiy kontekstlar hamda xalqaro munosabatlar doirasidagi lingvistik va ekstralingvistik o‘zgarishlar ichki va tashqi munosabatlar diplomatiyasi doirasida isbotlangan;
diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayoni asosida tarjima faoliyatining ilk bosqichida terminlarni matn kontekstida ajratish, keyin ularning asl ma’nosini aniqlash va tegishli muqobil ekvivalentini tanlash zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarining leksik, semantik, struktur xususiyatlarini aniqlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tillari diplomatik terminlarning grammatik tuzilishini, strukturaviy xususiyatlarini va derivatsion imkoniyatlarini tahlil qilish orqali ularning bir elchi, bayonot, konsul kabi bir komponentli va xalqaro munosabatlar, rasmiy shaxs, diplomatik kanal singari ko‘p komponentli shakllari aniqlanib, lingvistik, madaniy va ijtimoiy kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llanilishi ochib berilganligi bo‘yicha olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommuniksion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va oʻquv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 16-dekabrdagi №2778/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diplomatik terminlar tarjimasi jarayonida dastlab ularni matn doirasida ajratish, so‘ngra uning asl ma’nosini aniqlash va, nihoyat, muqobil shaklini tanlashga oid ko‘rsatilgan tavsiyalar “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Nazariy grammatika”, “Terminologiya tarjimasi” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi diplomatik terminlarning semantik jihatdan shartnoma-treaty kabi sinonimik, rasmiy – official – norasmiy – non-official kabi antonimik, nota-note singari omonimlik xususiyatlari asoslanganligi hamda ularning tarjima qilinishiga oid natijalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidagi Erasmus + dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 9-yanvardagi №04/11-897-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarni o‘qitishda hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlashda aniq manba bilan ta’minlanishiga erishilgan;
til tizimining ichki strukturasidan tashqari, tarixiy, madaniy va siyosiy kontekstlar hamda xalqaro munosabatlar doirasidagi lingvistik va ekstralingvistik o‘zgarishlar ichki va tashqi munosabatlar diplomatiyasi doirasida isbotlanganligiga oid tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil aprel oyi davomida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” informatsion dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-iyundagi №01-07/153-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvda tadqiqot natijalaridan olingan ingliz va o‘zbek tillari diplomatik terminlarining grammatik, semantik, struktur tuzilishi xususiyatlari tahlili hamda ularni tarjima qilish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab, lisey, kollej, universitetlarda ta’lim oluvchilarning ingliz tilining tarjima asoslarini o‘qitish jarayonida foydalanilishi haqida mulohazalar yuritilgan;
diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayoni asosida tarjima faoliyatining ilk bosqichida terminlarni matn kontekstida ajratish, keyin ularning asl ma’nosini aniqlash va tegishli muqobil ekvivalentini tanlash zaruriyati asoslanganligiga oid tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil aprel oyi davomida efirga uzatilgan “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-iyundagi №01-07/153-son ma’lumotnomasi). Natijada diplomatik komunikativ kompetinsiyalarni yozma hamda og‘zaki tarjimada muqobilini qo‘llanilishi, maxsus ssenariylarni ishlab chiqish, sinxron tarjimonlar uchun qulaylik yaratish va ko‘rsatuvlar sifatini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish