Sadullaev Sirojiddin Xudoyberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Non ishlab chiqarishda mahalliy tritikale unidan ratsional foydalanish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5203.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Jamol Dustiyarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rafiq Amonovich, texnika fanlari doktori, professor; Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tritikale donidan tortilgan unni ratsional foydalanish orqali non ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq iqlim sharoitida yetishtirilgan tritikale donining nonboplik xossalari nazariy va eksperimental ilmiy asoslangan;
mahalliy “Sardor” navli tritikale donining boshqa namunalarga nisbatan un chiqish unumdorligi 1,03 dan 1,7% gacha, samaradorlik mezoni 0,69% dan 1,6% gacha, amilolitik faolligi 41 dan  45 birlikgacha oshishi ilmiy asoslangan;
bug‘doy uniga 30 % gacha mahalliy tritikale unini qo‘shish orqali hosil qilingan un namunasi tarkibida kaliy, kalsiy, magniy, temir hamda B guruhidagi (B1, B2, B3, B5, B6, B9) va PP vitaminlar miqdori dastlabki un namunasidagiga nisbatan ortishi aniqlangan;
navli novvoylik bug‘doy uni hamda mahalliy tritikale donidan tortilgan un turkumlaridan 70:30 nisbatda kompozision aralashmalar shakllantirilishi asoslangan; 
tritikale donidan tortilgan undan va mahalliy bug‘doy hamda javdar donlaridan tortilgan navli novvoylik un turkumlari turli nisbatdagi kompozision aralashmalaridan non resepturasini ishlab chiqishda foydalanish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy tritikale donidan tortilgan unni ratsional foydalanish orqali non ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
navli bug‘doy uni va tritikale bug‘doy unini turli nisbatlarda qo‘shib, kompozit unni olish usuli “Nozi noni” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 21 noyabrdagi 22-110/11-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doy va tritikale unlarining 7:3 nisbatdagi aralashmalaridan tayyorlangan non mamunlarida uglevodlar miqdori 40 gramga, energektik qiymati 20 kkal ga pasayish imkonini bergan;
navli novvoylik bug‘doy uniga 30% gacha navli tritikale unini aralashtirish orqali funksional xususiyatlari kuchaytirilgan un hamda non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Pokiza non plyus” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 21 noyabrdagi 22-110/11-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugʻdoy va tritikale unlarining 70-30% nisbatlardagi aralashmalaridan tayyorlangan non mamunlarida uglevodlarning 40 g ga, energetik qiymatining 20 kkal ga pasayishi, lizin (0,020 g), triptofan (0,005 g) kabi almashinmaydigan aminokislotalar miqdorining ortishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish