Saydoqulov Ismoil Xakimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishchi vallaridan birining aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi valli mashinalar uzatish mexanizmlarining tahlili va loyihasi”, 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T733.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdukarimov Abdusalam, texnika fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Qosimov A’zamjon Adixamjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ko‘nchilik, metallurgiya va sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi valli mashinalarning uzatish mexanizmlarini hamda ularning tuzilishi, kinematik, dinamik tahlili va loyihasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishchi vallaridan birining aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi valikli mashina uchun val juftliklarining xarakterli nuqtalari mos keledigan tishli-richagli differensial uzatish mexanizmni konstruksiyalari va ularning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan;
val juftliklari orasidan ishlov beriladigan materal o‘tish jarayonida ishchi vallar diametri, richag uzunligi va ishlov beriladigan material qalinligi bog‘liq holda ularning kinematik hisoblashning matematik modellari ishlab chiqilgan;
ishchi vallaridan birining aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi val juftliklari orasidan ishlov beriladigan materialning o‘tish jarayonidagi uzatish mexanizmga ta’sir etuvchi kuchlar hamda etaklovchi va etaklanuvchi tishli-g‘ildiraklarning uzatish nisbatlarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
ishchi vallaridan birining aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi valikli mashinalarda amaliyotda qo‘llanilayotgan va yangi ishlab chiqilgan uzatish mexanizmlarining tajribaviy natijalari asosida ishlov berilayotgan material sifatiga va vallar qoplamalarining (qoplama) umrboqiyligiga ta’siri aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishchi vallaridan birining aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi valli mashinalarda qo‘llaniladigan uzatish mexanizmi ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishchi vallaridan birining aylanish markazi yoysimon harakatlanuvchi valikli mashinaning uzatish mexanizmlari uchun tishli-richagli differensial mexanizmlarning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06400 “Differensial uzatish mexanizmi”, №IAP 04934 “Valikli mashina tishli-richagli differensial uzatish mexanizmi”). Natijada, uzatish mexanizmida tishli-richagli differensial mexanizmi bo‘lgan ko‘n yarim mahsulotga mexanik ishlov beruvchi valikli mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan ko‘n yarim mahsulotga mexanik ishlov beruvchi valikli mashina Namangan viloyati Uychi tumanidagi “NAFIS-ChARM” MChJ hamda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi “PREMIUM LEATHER” MChJ larga joriy etilgan (“O‘ZChARMSANOAT” uyushmasining 14-fevral 2023-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi vallar orasidagi uzatish nisbati o‘rtacha 0,74 ga kamayishiga erishish orqali ishlov berilgan materail sifatini 8-10% ga hamda ishchi vallar qoplamalarining umrboqiyligini 1,4 martaga oshirish imkoniyati yaratilgan.