Mamashaev Muzaffar Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Guruch saralash mashinasining mushtumchali mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4667.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamaxonov Azam Abdumajidovich, texnika fanlari doktori, professor, Daliev Shuxrat Latibjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi  guruch saralash mashinasining mushtumchali mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish hamda parametrlarini asoslashdan iborat.
 III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
guruch saralash mashinasi elagiga tebranma harakat uzatuvchi tarkibli mushtumchali mexanizmni stukturaviy tahlil qilish uchun uning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi va ortiqcha bog‘lanishlarni aniqlash imkonini beradigan formula qayishqoq elementni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
mushtumchali mexanizmga ekvivalent bo‘lgan richagli mexanizm koromislosi va shatunining qo‘shimcha burilish burchaklarini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar qayishqoq elementning deformatsiyalanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
 dinamik tahlillar asosida saralash mashinasining uzatish mexanizmida mushtumchaga ta’sir etuvchi tashqi kuch mushtumcha ekssentrisiteti va to‘rli yuzaga keltirilgan massani inobatga olgan holda aniqlangan;
guruch saralash mashinasining maqbul konstruktiv parametrlari va ish rejimlarining qiymatlari guruch donini saralanish hamda yo‘qotilish darajasining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalaydigan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Guruch saralash mashinasining mushtumchali mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elagiga tebranma harakat tarkibli mushtumchali mexanizm yordamida uzatiladigan guruch saralash mashinasi Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi «GULBOG‘ FAYZ-BARAKA INVEST» MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 03-iyundagi 03-52/06-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, guruch saralash jarayoni 2 marta takrorlashda ish unumini 1,3 martaga oshirishga erishilgan;
uzatish mexanizmida tarkibli mushtumchasi bo‘lgan guruch saralash mashinasi Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi «Mamasolieva Dilafruz Abduhalilovna» YaTTga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 03-iyundagi 03-52/06-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, guruch saralanish darajasi 2% ortgan, yo‘qotilish darajasini esa 0,03% ga kamaytirilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish