Nurmanov Sobir Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kombinatsiyalashgan haydov agregatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2319.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich; texnika fanlari doktori, professor Xudoyarov Anvar Nazirjonovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Traktorning oldiga osiladigan diskli yumshatkich va orqasiga osiladigan plugdan tashkil topgan kombinatsiyalashgan haydov agregatini ishlab chiqish va agregat diskli yumshatkichining parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traktorning oldiga osiladigan diskli yumshatkich va orqasiga osiladigan plugdan tashkil topgan kombinatsiyalashgan haydov agregatining konstruktiv sxemasi erlarni shudgorlashga tayyorlash (dala yuzasidagi egat va marzalar ko‘rinishidagi notekisliklarni tekislash, o‘simlik qoldiqlarini maydalash) va shudgorlash jarayonlarini qo‘shib bajarish shartidan ishlab chiqilgan.
diskli yumshatkich ish organlarining diametri, ishchi sirtining egrilik radiusi, ular orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar belgilangan texnologik jarayon talablar darajasida sifatli va unumli bajarilishi shartlaridan aniqlangan;
kombinatsiyalashgan haydov agregati diskli yumshatkichining belgilangan chuqurlikka botib ishlashi hamda uning to‘g‘ri chiziqli harakatini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar traktor oldingi va orqangi osish mexanizmlarining sxema va parametrlarini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan;
diskli yumshatkichning bitta qatorda joylashgan ish organlari orasidagi ko‘ndalang masofa, u ish organlarining harakat yo‘nalishiga va tikka nisbatan o‘rnatilish burchaklarining maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan haydov agregatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan haydov agregatiga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasining “Kombinatsiyalashgan shudgorlash agregati”, FAP 2508 raqamli foydali modelga patenti olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil7-avgustdagi 05/04-04-379-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan kombinatsiyalashgan haydov agregatining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan haydov agregati Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligi va Toshkent viloyati, Chinoz tumani “YuLDUZ” va “ChINOZ-OLMOS AGRO” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil7-avgustdagi 05/04-04-379-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni shudgorlashda umumiy xarajatlar 21,98 foizga, mehnat sarfi esa 31,83 foizga kamaygan;
taklif etilgan kombinatsiyalashgan haydov agregatining sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki dalablar, texnik topshiriq, va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-379-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan kombinatsiyalashgan haydov agregatining sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish