Abubakirov Azizjan Bazarbaevichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gibrid energiya manbali elektr tarmoqlarining reaktiv quvvat toklarini o‘lchov va masofali nazorati uchun o‘zgartkich qurilmalarining tuzilish tamoyili”, 05.01.06 - «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T874.
Ilmiy maslahatchi: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Alimova Nodira Batirdjanovna texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Odil Abdijalilovich texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Ikromjon Usmonovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gibrid energiya manbali elektr tarmoqlarining reaktiv quvvat toklarini o‘lchash va masofali nazorati uchun o‘zgartkich qurilmalarini tuzilish tamoyillarining yangi turlarini yaratish, signal o‘zgartirish qurilmasi modellarini takomillashtirish va algoritmini ishlab chiqish hamda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gibrid energiya manbali elektr ta’minoti tizimining uch faza va neytrali zaminlangan hamda izolyasiyalangan tarmoqlarining reaktiv quvvat toklarini o‘lchov va masofali nazorat qurilmalari tuzilishining fizik modellari yaratilgan;
gibrid energiya manbali elektr ta’minoti tizimlarining uch faza va neytrali zaminlangan va izolyasiyalangan tarmoqlarining reaktiv quvvati toklari hosil qilgan magnit oqimlar asosida o‘lchash va masofadan nazorat qilishida signallar hosil qiluvchi o‘zgartkich qurilmalarining graf modellari yaratilgan;
uch faza va neytrali zaminlangan hamda izolyasiyalanga tarmoqlarining reaktiv quvvat toklarini o‘lchash va masofadan nazorati uchun o‘zgartkich qurilmalari tuzilmasining yig‘ilgan va tarqoq parametrli graf modellari asosida analitik ifodalari shakllantirilgan;
birlamchi reaktiv quvvat toklarini ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirishda qo‘llaniluvchi fizik-texnik effektlarini ratsoinal tanlash imkonini ta’minlovchi algoritm yaratilgan;
gibrid energiya manbali uch faza va neytrali zaminlangan hamda izolyasiyalangan elektr tarmoqlarning reaktiv quvvat toklarini o‘zgartkich qurilmasining texnik, metrologik hamda ish holatda bo‘lish ehtimolliklari ko‘rsatkichlarini hisoblashning modellari yaratilgan;
uch faza va neytrali zaminlangan hamda izolyasiyalangan tarmoqlarning birlamchi nosimmetrik va nosinusoidal reaktiv quvvat toklari hosil qilgan o‘zaro tasirlashuvchi magnit oqimlari asosida ikkilamchi signallar ishlab chiquvchi qurilmalarning tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gibrid energiya manbali elektr tarmoqlarining reaktiv quvvat toklarini o‘lchov va masofali nazorati uchun o‘zgartkich qurilmalarining tuzilish tamoyili bo‘yicha olingan natijalari asosida:
uch fazali nosimmetrik reaktiv quvvat toklarni kuchlanishga elektromagnit o‘zgartkich qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tamonidan foydali modelga patenti olingan (FAP 2022 0203, 2022 yil). Natijada o‘zgartkich birlamchi uch fazali reaktiv quvvat toklar nosimmetrikligini chiqish kuchlanishi miqdorini me’yorlanganligi, chiziqligi va yuqori aniqligini ta’minlash imkonini bergan;
gibrid energiya manbali elektr tarmoqlarining reaktiv quvvat toklarini o‘lchash va masofadan nazorati uchun o‘zgartkich qurilmalarining takomillashtirilgan tuzilish tamoyili “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Xo‘jayli tumani filialiga joriy etilgan (“Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJning 2024 yil 23 dekabrdagi 01.10/4144-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning elektr tarmoqdan iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat toklari uchun tuzilish tamoyili takomillashtirilgan uch fazali nosimmetrigini elektromagnit o‘zgartkich qurilmasi orqali reaktiv quvvat isroflari 13.7 % ga kamaygan va 40 mln so‘m yillik iqtisodiy samaraga erishilgan;
uch fazali elektr tarmoqlarning birlamchi nosimmetrik va nosinusoidal reaktiv quvvat toklari hosil qilgan o‘zaro tasirlashuvchi magnit oqimlar asosida ikkilamchi signallar hosil qiluvchi elektromagnit o‘zgartkich qurilmasining texnik va metrologik ko‘rsatkichlarini, ishonchliligini oshirish imkonini ta’minlovchi tamoyili “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Xo‘jayli tumani filialiga joriy etilgan (“Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJning 2024 yil 23 dekabrdagi 01.10/4144-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona elektr tarmog‘ining uch fazali birlamchi reaktiv quvvat toklarining o‘lchash va masofadan nazorat qilishga mo‘ljallangan o‘zgartkich qurilmasining aniqligini 2,4 % ga oshirish imkonini bergan.