Yunusova Diyora Aminovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamon ingliz tilidagi ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nisbiy olmoshlar semantikasi” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1249
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent [Usmonov O‘rol Usmonovich]
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori, (DSc) professor; Ruzieva Sitora Asrorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ergashgan qo‘shma gaplar tarkibidagi nisbiy olmoshlarning shakliy (sintaktik o‘rni va aloqalari) belgilari, mazmuniy (sintaktik-semantik) xususiyatlari va ular ifodalagan sintaksemalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili mikrokontekstidagi ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nisbiy olmoshlarning kompleks va tizimli ravishda anaforik, deyktik, ifodalovchi, o‘rnini bosuvchi, aniqlovchi, va formal-sintaktik kabi integral hodisa sifatida qo‘llanishining o‘ziga xos differensial sintaktik-semantik belgilari hamda nisbiy olmoshlarning distributiv imkoniyatlari va ularning inglizcha gap tarkibidagi sintaktik aloqalari aniqlangan;
sintagmatik va paradigmatik munosabatlardagi sintaktik aloqalarni va differensial sintaktik-semantik belgilarni (sintaksemalarni) aniqlash maqsadida komponent va sintaksema tahlili kabi lingvistik va transformatsiya usullari: o‘zgartirish, almashtirish, qo‘shish va bu boradagi sintaksemalarning turlari hamda aniq modellar asosida ularni ifodalashning morfologik usullari dalillangan;
nisbiy olmoshli ergash gaplarni tahlil qilish natijasida nisbiy olmoshlarning differensial sintaktik-semantik belgilarini va ularning yadro predikativ yoki subordinativ bog‘lanishga asoslangan boshqa sintaksemalar bilan birika olishi, shuningdek, sintaksema variantlarining ergashgan qo‘shma gapdagi boshqa komponentlar bilan bog‘lana olishining ob’ektiv qonuniyatlarga asoslanganligi yoritilgan;
ergashgan qo‘shma gapning tarkibiy qismlari va ularning semantikasini ko‘rgazmali aks ettirish uchun komponent va yunksion modellardan komponentlarning differensial sintaktik belgilari va ularning morfologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida foydalanish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi zamon ingliz tilida ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nisbiy olmoshlarning semantik xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
ingliz tili mikrokontekstidagi ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nisbiy olmoshlarning kompleks va tizimli ravishda anaforik, deyktik, ifodalovchi, o‘rnini bosuvchi, aniqlovchi, va formal-sintaktik kabi integral hodisa sifatida qo‘llanishining o‘ziga xos differensial sintaktik-semantik belgilari hamda nisbiy olmoshlarning distributiv imkoniyatlari va ularning inglizcha gap tarkibidagi sintaktik aloqalari aniqlanganligiga oid tadqiqot natijalaridan I-204-4-5: “Ingliz tilidagi mutaxassislik fanlaridan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-iyuldagi 1960/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ushbu loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda yangi yondashuvlar sifatida sintaktik-semantik belgilarni aniqlashga xizmat qilgan;
sintagmatik va paradigmatik munosabatlardagi sintaktik aloqalarni va differensial sintaktik-semantik belgilarni (sintaksemalarni) aniqlash maqsadida komponent va sintaksema tahlili kabi lingvistik va transformatsiya usullari: o‘zgartirish, almashtirish, qo‘shish va bu boradagi sintaksemalarning turlari hamda aniq modellar asosida ularni ifodalashning morfologik usullari dalillanganligi haqidagi xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi doirasida amalga oshirilgan No. 619039-EPP-1-2020-1-LV-EPPKA2-CBHE-JP “Development of Higher Education Content Aimed to Support Industries for Sustainable Production of Qualitative Agri-food (AgroDev)” xorijiy grant loyihasi doirasida “Organik oziq-ovqat ishlab chiqarish va boshqarish”, “Smart qishloq xo‘jaligi” fanlari uchun virtual resurslarni yaratishda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining 2024-yil 24-avgustdagi 02/870 30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi mazkur virtual resurslar ta’lim mazmunini takomillashtirish va zamonaviy metodlarni joriy etishga qaratilgan loyiha maqsadlariga erishishga xizmat qilgan;
nisbiy olmoshli ergash gaplarni tahlil qilish natijasida nisbiy olmoshlarning differensial sintaktik-semantik belgilarini va ularning yadro predikativ yoki subordinativ bog‘lanishga asoslangan boshqa sintaksemalar bilan birika olishi, shuningdek, sintaksema variantlarining ergashgan qo‘shma gapdagi boshqa komponentlar bilan bog‘lana olishining ob’ektiv qonuniyatlarga asoslanganligi yuzasidan erishilgan natijalardan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida “Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiya qilish va xalqarolashtirish” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 12-iyuldagi 2007/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish ushbu loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar sifatini oshirish va o‘quv jarayonini takomillashtirishda muhim asos bo‘lgan;
ergashgan qo‘shma gapning tarkibiy qismlari va ularning semantikasini ko‘rgazmali aks ettirish uchun komponent va yunksion modellardan komponentlarning differensial sintaktik belgilari va ularning morfologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida foydalanish zarurligi isbotlanganligini dalillash jarayonida erishilgan natijalar xorijiy grant 585845-EPP-1-2017-I-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo universitetlarida hisoblash tilshunosligi”, tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 5-iyuldagi 1953/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi zamon ingliz tilida sintaksemalar, ularning variantlarining tadqiq qilingan ergashgan qo‘shma gaplardagi boshqa komponentlar bilan sintaktik aloqalariga oid xulosalar ushbu sohada yaratilayotgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar mazmunini boyitishga ma’lum hissa bo‘lib qo‘shilgan.
ingliz tilida gapni tashkil etuvchi bo‘laklar va ularning semantikasini vizual tarzda aks ettirish uchun komponent va yunksion modellardan foydalanish bo‘yicha xulosalar Samarqand viloyati televideniesining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda va 2023-yil 13-iyun kuni efirga uzatilgan ko‘rsatuvda foydalanilgan (Samarqand viloyati televideniesining 2023-yil 18-iyuldagi 01-07/248-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi zamon ingliz tilida sintaksemalarning modellaridan foydalanish jarayonida hosil bo‘ladigan substansial va kvalifikativ sintaksema variantlari ifodalagan ma’nolar haqidagi tushunchalar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga xizmat qilgan.