Otaxanov Nurillo Abdumalikovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish uslubiyoti”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped398.
Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid Mirsidiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud Xasanovich, Pedagogika fanlari doktori, professor; Muradova Feruza Rashidovna, Pedagogika fanlari doktori, professor, Muminov Bahodir Boltaevich, Texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy o‘quv yurtlarida predmetga yo‘naltirligan dasturlash tillarini o‘qitish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahonda va respublikamizda dasturlash tillarining rivojlanishi va ularni o‘qitish tendensiyalari bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar hamda dasturlash paradigmalarining vazifa va farqlarini qiyoslash orqali ularni ta’lim muassasalarida o‘qitishning pedagogik-psixologik xususiyatlari umumlashtirilgan;
oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy dasturlash tillarini o‘qitishning maqsad va vazifalari ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari asosida tahlil qilingan, kreativ, kognitiv, affektiv va psixomotor kategoriyalar bo‘yicha ta’lim sifatini baholash mezonlari hamda ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan psixologik omillar predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga moslashtirilgan;
oliy o‘quv yurtlarida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish tizimiga o‘tish zarurati va Python dasturlash tilini bunday til sifatida tanlash sabablari asoslangan hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda Python tilini o‘qitishning mazmuni uning ichki va tashqi modullarining klassifikatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
ta’lim texnologiyasi tushunchasining yangicha talqini va xalqaro SERASIFT tashkiloti tavsiyalari asosida dasturlash tillarini o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlashtirilgan, predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish jarayonida bulutli va loyihaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyoti takomillashtirilgan;
oliy o‘quv yurtlarida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish uchun Python tilini joriy qilish hamda uni zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida o‘qitish uslubiyoti yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining statistik tahlili asosida yosh mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishda uslubiyotini ishlab chiqish doirasida olingan ilmiy natijalar asosida
jahonda va O‘zbekistonda dasturlash tillarining rivojlanishi va ularni o‘qitish tendensiyalari bo‘yicha umumlashtirilgan tarixiy ma’lumotlar hamda dasturlash paradigmalarining vazifa va farqlarini qiyosiy nuqtai nazardan ochib berishga doir taklif va tavsiyalar “Obektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrugʻi asosida berilgan 314-62-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, dastur, dasturlash tillari va ularning rivojlanish tarixi, paradigmalari bo‘yicha ma’lumotlarni tavsuflash imkoniyati yaratilgan;
oliy o‘quv yurtlarida dasturlashning zamonaviy paradigmasi sifatida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish tizimiga o‘tish zarurati hamda Python dasturlash tilini bunday til sifatida tanlash sabablarini asoslab berishga doir hulosalar OT - Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar Web - ilovasi dasturiy taʻminotini yaratish” amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2075/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida dasturlashning zamonaviy paradigmasi sifatida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
oliy o‘quv yurtlarida dasturlash tillarini o‘qitishning maqsad va vazifalari, ta’lim sifatini baholashning mezon va taksonomiyalari hamda ta’lim jarayoni sifatiga takliflardan ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan psixologik omillarni predmetga tahlil qilishga oid ma’lumotlar “I-2016-4-15 Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy taʻminotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzularidagi grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada oliy o‘quv yurtlarida predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitishning maqsad va vazifalarini belgilashga sharoit yaratilgan;
Python dasturlash tilining ichki va tashqi modullari predmetga yo‘naltirilganlik nuqtai-nazaridan sinflashtirildi hamda bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillari Python tili misolida o‘qitish mazmunini belgilashga doir tavsiyalar ERASMUS dasturi doirasida bajarilgan CLASS loyihasida belgilangan qator vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2075/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv-meyoriy hujjatlarini o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Ta’lim texnologiya tushunchasining yangicha talqini hamda loyihaviy algoritm tushunhcasi taklif qilindi, predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologiyalari tahlil qilindi, bulutli va loyihaviy ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlari va ta’lim jarayoniga joriy qilish usullari bayon qilindi va bu texnologiyalardan amalda foydalanishning samarali uslubiyoti ishlab chiqildi, uslubiyotning samaradorligi statik tahlil apparati yordamida asoslab berishga doir xulosalar “Obektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrugʻi asosida berilgan 314-62 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini aniqlashshga erishilgan.