Yusupov Islambek Konisbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalar”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5283.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi ya unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Dosimbetova Abadan Alievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarini foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik va amaliy metodik jihatlari, shakllanishi, rivojlanishi va tadqiq qilinishi orqali aniqlashtirilgan;
10-11-sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarini qo‘llashning imkaniyatlari amalda yaxshi samara beradigan zamonaviy texnologiyalar,  ilmiy metodik asoslari, adabiyot fani dasturi, zamonaviy darslarning tashkiliy tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmi asoida tashkil etilgan muammoli dars, teatr darsi, musobaqa, rolli o‘yinlar, munozara, konferensiya, seminar darslari bilan lirik, epik va dramatik asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijodiy, kommunikativ va nutqiy kompetensiyalari takomillashtirilgan;
yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyoti fanini o‘qitishda jahon pedagogika fani yutuqlariga asoslanilgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli va mustaqil ta’lim shakllari, samarali bilimni tavsiflovchi hamda amalda yaxshi natija beradigan kreativ, kognitiv, evristik, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil bilim olish, erkin mulohaza yuritish qobiliyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarga doir tadqiqot natijalar asosida:
yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarini foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik va amaliy metodik jihatlari bilan bog‘liq tavsiyalardan “Qoraqalpoq  adabiyotini o‘qitish metodikasi” darsligini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazinig 2025-yil 21-apreldagi 01/11-6-290-son ma’lumotnomasi; Qoraqolpoqiston  Respublikasi  maktabgacha va maktab talimi vazirligining 2024-yil 23-dekabrdagi 02-30-1003-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion-pedagogik texnologiyalarining  shakllanishi, rivojlanishi va tadqiq qilinishi aniqlashtirilgan;
10-11-sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarini qo‘llashning imkaniyatlari amalda yaxshi samara beradigan zamonaviy texnologiyalar,  ilmiy metodik asoslari, adabiyot fani dasturi, zamonaviy darslarning tashkiliy tamoyillari tadqiq qilish borasidagi tavsiyalar Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihaga asos bo‘lgan (Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog'iston filialining 2024-yil 18-noyabrdagi №463-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi  maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazinig 2025-yil  21- apreldagi 01/11-6-290-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan hamkorlikka yo‘naltirilgan nazariy bilimlarni anglash, amalda qo‘llash, analitik, ijodiy, muqobil va divergent munosabatlarga yo‘naltirishga erishilgan;
yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmi asoida tashkil etilgan muammoli dars, teatr darsi, musobaqa, rolli o‘yinlar, munozara, konferensiya, seminar darslari bilan lirik, epik va dramatik asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijodiy, kommunikativ va nutqiy kompetensiyalaridan foydalanish bo‘yicha tegishli mulohaza va tavsiyalar “Yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasini innovatsion-pedagogika orqali takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 505/1-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi  maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazinig 2025-yil 21-apreldagi 01/11-6-290-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinflarda lirik, epik va dramatik asarlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ va nutqiy kompetensiyalarini rivojlanishiga xizmat qilgan;
yuqori sinflarda qoraqalpoq adabiyoti fanini o‘qitishda jahon pedagogika fani yutuqlariga asoslanilgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli va mustaqil ta’lim shakllari, samarali bilimni tavsiflovchi hamda amalda yaxshi natija beradigan kreativ, kognitiv, evristik, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil bilim olish, erkin mulohaza yuritish qobiliyatlari  bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasining “Xabarlar” axborot dasturlarida, “Fan va ta’lim” va radio eshittirishi orqali      2024-yil 16-may va 21-may kunlari efirga uzatildi. (Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-noyabrdagi 05-22/509-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasining zamonaviy talablari va yondashuvlari o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish