Xusanova Gulruxsor To‘lqin qizining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8839
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Akbarova Zuxro Akmaljonovna filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Asqarova Manzura Avazbekovna pedagogika fanlari doktori, dotsent;
Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinova filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish jarayonining didaktik imkoniyatlarini so‘z ma’nolarini anglashga tizimli yo‘naltirish,  o‘quvchilarning leksik lug‘atini boyitish va zid ma’noli so‘zlar orqali nutqiy tafakkurini rivojlantirish, izlanuvchanlikka yo‘naltirilgan kognitiv mashqlar orqali yangi echimlar topishga undash, zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatish jarayonida gamifikatsiyalashgan o‘quv faoliyatini tashkil etish kabi innovatsion pedagogik faoliyat mazmunini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda  o‘rgatishning metodik modeli ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatishning izchilligi va uzlyuksizligini integrativ, pedagogik-psixologik asoslarga mos ta’minlash hamda shaxsga yo‘nalgan, kognitiv va innovatsion yondashuvlarni optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zid ma’noli so‘zlarning elektron-o‘quv lug‘ati platformasi ishlab chiqilib, unda o‘quvchilarning zid ma’noli so‘zlarni tahlil qilishi va yodida saqlab qolishi, o‘quvchilardagi intellektual rivojlanish va xotiraga asoslangan bilim bilan birgalikda integratsion ustuvorlikka erishishdagi samarali vosita ekanligi aniqlangan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini zid ma’noli so‘zlar bilan boyitishga doir o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv metodik ta’minotini yaratish maqsadida “Servirovka”, “Pie chart”, “Davom ettir”, “Burunduqchalar”, “Zid ma’noli so‘zlar poygasi”, “Juftlikni aniqlang” metodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish masalalariga qaratilgan bo‘lib tadqiqot ishi doirasida o‘quvchilarining nutqini boyitish va ularda zid ma’noli so‘zlarni shakllantirish, kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish, ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘quv lug‘atlaridan foydalana olish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, o‘quvchilarning zid ma’noli so‘zlarni tahlil qilishi va yodida saqlab qolishi o‘quvchilardagi intellektual rivojlanish uchun imkon yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ 201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-dekabrdagi 11-056915/04-son buyrug‘i). Natijada  boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, o‘quvchilarning zid ma’noli so‘zlarni tahlil qilishi va yodida saqlab qolishi o‘quvchilardagi intellektual rivojlanish va xotiraga asoslangan bilim bilan birgalikda integratsion ustuvorlikka erishishga oid imkoniyatlari kengaytirilgan;
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish va o‘quvchilar nutqini zid ma’noli so‘zlar bilan boyitish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan  lug‘at ustida ishlash usullarining samaradorligi, so‘z ma’nolarini o‘rganish va so‘zlarga antonim va sinonim tanlash, analiz-sintez qilish,  harakat va holatni zid ma’nolar orqali baholash ko‘nikmalarini motivatsion, faollashtiruvchi, uyushtiruvchi, nazorat qiluvchi amaliy mashq, topshiriq va didaktik o‘yinlardan foydalanib zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari rejasida belgilangan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-dekabrdagi 11-056915/04-son buyrug‘i). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatish metodikasi mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar nutqida zid ma’noli so‘zlarni faollashtirishga doir nazariy bilimlarini hamda elektron o‘quv-metodik ta’minotni tatbiq etishga tayyorgarlik darajasi samaradorligi ko‘rsatib berish darajalarini aniqlash asosida takomillashtirishga  oid takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-dekabrdagi 11-056915/04-son buyrug‘i). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining zid ma’noli so‘zlarni axbarot kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda   so‘z boyligini ortishi va olamni vizual anglashiga oid imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni lingvokognitiv aspektda o‘rgatish metodikasini takomillashtirish va elektron lug‘atlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-dekabrdagi 11-056915/04-son buyrug‘i). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida zid ma’noli so‘zlardan faol foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish