Serobov Xurshid Rashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek dramaturgiyasida Alisher Navoiy obrazining badiiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4809.
Ilmiy rahbar: Davlatov Olim Davlatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
    Rasmiy opponentlar: Jumaxo‘ja Nusratullo Ataullo o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor; Burxanova Feruza Abdurazaqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek dramaturgiyasida Alisher Navoiy obrazining turli davrlardagi badiiy talqinlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilish va tarixiy shaxsni dramatik obrazga aylantirishning nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek dramaturgiyasida Alisher Navoiy obrazining turli davrlardagi badiiy talqinlari ilk bor qiyosiy-tipologik usulda tahlil qilinib, sho‘ro va mustaqillik davrlaridagi mafkuraviy hamda badiiy-estetik farqlar aniqlangan;
tarixiy shaxsni badiiy obrazga aylantirish jarayoni o‘zbek dramaturgiyasi misolida dramaturgiya qonuniyatlari asosida tekshirilib, mavjud ijodiy yondashuvlarning afzallik va kamchiliklari dalillangan;
Alisher Navoiy obrazining dramaturgiyadagi evolyusiyasi ilk bor tizimli tahlil qilinib, mualliflarning davr, mafkura va ijtimoiy omillarga bog‘liq turli talqinlari asosida obrazning rivojlanish dinamikasi ochib berilgan;
o‘zbek dramaturgiyasida tarixiy dramatizm va fojeiy konflikt tushunchalari Alisher Navoiy obraziga bag‘ishlangan dramalar misolida kompleks tarzda tekshirilib, sho‘ro davridagi tarixiy haqiqat talqini va istiqlol davridagi shaxs hamda milliy o‘zlik muammolarining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek dramaturgiyasida tarixiy obraz badiiy talqini tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek dramaturgiyasida yaratilgan Alisher Navoiy obrazining badiiy talqinlari haqidagi tadqiqot natijalari umumlashtirilgan o‘rinlardan; tarixiy obrazlarning ma’naviy ahamiyati, tarixiy obraz yaratish va dramaturgiya tamoyillari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar, ular asosida tadqiq etilgan o‘zbek dramaturgiyasidagi Alisher Navoiy obrazining badiiy talqinlari haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2024-yil 28-noyabrdagi 01-3426-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbek dramaturgiyasidagi Alisher Navoiy obrazining badiiy talqinini yaratish bo‘yicha muammo va o‘ziga xosliklar aniqlanib, dramaturgiya qonun-qoidalari asosida isbotlangan o‘rinlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga bajarilgan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-fevraldagi 04/1-749-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh kitobxonlarning milliy dramaturgiyamizda kechayotgan yangilanish jarayonlari haqidagi tasavvurlari kengayishiga va kitobxonlik madaniyati yuksalishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy obrazining dramaturgiyadagi evolyusiyasi ilk bor tizimli tahlil qilinib, mualliflarning davr, mafkura va ijtimoiy omillarga bog‘liq turli talqinlari asosida obrazning rivojlanish dinamikasi ochib berilgan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2024-yil 28-noyabrdagi 01-3426-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy obrazining dramaturgiyadagi tarixiy-evolyusion rivojlanishi, uning davr va mafkura kontekstidagi talqinlari orqali o‘zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy eng yaxshi dramalarni saralab olishga erishilgan;
Alisher Navoiy obrazining sho‘ro davri va mustaqillik davrida yaratilgan badiiy talqinlari o‘rtasidagi tafovutlar, ushbu talqinlarning yaratilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan tarixiy jarayonlar va ularning tahlili, shoir va mutafakkirning  XIV asr ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, bu haqidagi tarixiy manbalar va badiiy talqinlarda tarixiy hujjatlar va manbalarning ahamiyati, Navoiy hayotiga aloqador faktlar orqali uning Xuroson saltanati ijtimoiy mavqeyi va nufuzini belgilashga asos beruvchi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan ayrim ko‘rsatuvlar, jumladan, “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 13-dekabrdagi 02-31-1300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, telekanal ko‘rsatuvlari Alisher Navoiy obrazining sho‘ro davri va mustaqillik davrida yaratilgan badiiy talqinlari o‘rtasidagi tafovutlar haqida ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish