Raximboeva Xulkar G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida gaplarning ierarxik tahlili korpusini yaratish” 10.00.11. – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2702  
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16
Rasmiy opponentlar:   
Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor 
Toirova Guli Ibragimovna filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida elektron shaklda saqlangan matnli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ierarxik bog‘liqlik daraxti korpusini qurish, sun’iy intellekt modeli orqali baholash va dasturiy ta’minotini yaratish              III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tilida ierarxik bog‘liqlik daraxti korpusi yaratildi;
o‘zbek tilidagi ierarxik korpusini annotatsiyalash negizlash (lemmalash/lemmatization), morfologik xususiyatlash, gap bo‘laklarini aniqlash va bog‘liqlik qoidalarini ishlab chiqish yo‘riqnomasi yaratildi;
o‘zbek tilidagi berilgan jumlalarning ierarxik qoidalari hamda morfologik xususiyatlari korpus doirasida chuqur tahlil qilindi va annotatsiyalandi;
o‘zbek tilida tabiiy tillarni qayta ishlash jarayoni uchun sun’iy intellekt metodidan foydalanib inson tilini ifodalashni avtomatik keltirib chiqarishni shakllantiradigan modeli qurildi;
korpusning ishonchliligi sun’iy intellekt modeli orqali sintaktik tahlil qilgan holda baholandi;
mavjud ochiq-manbali dasturiy ta’minot o‘zbek tili xususiyatlariga mos holda qayta modifikatsiya qilindi.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi tomonidan asos solingan REP-25112021/113 - “UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” granti doirasidagi amaliy tadqiqotlarda tayyorlangan “O‘zbek tilida gaplarning ierarxik tahlili korpusini yaratish” mavzusidagi dissertatsiyasining ilmiy natijalaridan foydalanildi. Jumladan, amaliy loyiha doirasidagi o‘zbek tili matnlaridagi so‘zlarni morfologik tahlil qilish yuzasidan uning negizlash(lemmalash)ni bajarish, ierarxik sintaktik bog‘lanishlarni aniqlash, ularni teglash va baholash, matndagi so‘z turkumlarini  annotatsiyalash va baholash,  morfologik xususiyatlar bazasini ishlab chiqish  masalalarida dissertatsiya ishining ilmiy natijalaridan foydalanildi.
Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borayotgan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida mazkur dissertatsiyadan keng foydalanildi, dissertatsiyadan olingan natija va xulosalarning amaliyotga tatbiq etilishi quyidagilarga xizmat qildi: dissertatsiya materiallari tarixiy asarlarda uchraydigan mumtoz adabiyot vakillarining ijod namunalarini tahlil qilishda; tarixiy asarlar matnida uchraydigan so‘zlar va gaplarni to‘g‘ri tabdil qilish, izohlashda; XIX asrga tegishli adabiy manbalar tilini lingvistik tahlil qilish, oldingi va keyingi davr til xususiyatlari bilan solishtirish, o‘ziga xos belgilarni aniqlashda yordam berdi; qadimiy yozma noyob manba va qo‘lyozmalarni tatbiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasining elektron portal hamda ms.mamum.uz saytini yaratish, saytga xos bo‘lgan maxsus ko‘rinish, qidirish tizimi va sayt dizaynini ishlab chiqishda foydalanildi.
    Erasmus + dasturining Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida dissertatsiyadan olingan natijalardan keng foydalanildi:  tillararo semantik qidiruv tizimlarini va ma’lumotlar bazalarini kengaytirish; ma’lumotlarga asoslangan tahlillar yordamida til o‘rganish va  tillaridagi sintaktik  o‘ziga xos jihatlarni ta’kidlaydigan ta’lim vositalarini yaratish; xalqaro loyihalarda foydalanish uchun lingvistik resurslarni standartlashtirishda qisman foydalanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish