Otaqulova Durdona Rahmonovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5098
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muhammadievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Sodiqov Ulug‘bek Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanini o‘qitish va talabalarning konstruktiv qobiliyatini, kognitiv fikrlashini rivojlantirishda axborot-ta’lim muhitlaridan foydalanish, onlayn muhokoma qilish, tadqiqot loyihalarni mustaqil tanlash va shakllantirish, jamoa bo’lib grafika loyihalarni tayyorlashni pedagogik shartlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining vizual modellar, loyihalar tayyorlashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi ochiq ta’lim platformalarni rastrli, vektorli, fraktal grafikli va vebga yo‘naltirilgan dasturiy vositalar ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi flipped classroom, web-kvest texnologiyalari va scamper, diamond metodlar hamda demografik, interaktiv kabi o‘quv vositalari kreativ kompetentligiga ko‘ra integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishi tuzilmasi uch bosqichli dasturlashtirilgan topshiriqlar, veb-texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar, virtual muhitlar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ishlar natijalari:
“Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanini o‘qitish va talabalarning konstruktiv qobiliyatini, kognitiv fikrlashini rivojlantirishda axborot-ta’lim muhitlaridan foydalanish, onlayn muhokoma qilish, tadqiqot loyihalarni mustaqil tanlash va shakllantirish, jamoa bo’lib grafika loyihalarni tayyorlashni pedagogik shartlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tibbiyotda axborot texnologiyalar” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son buyrug‘i, 855-583 raqamli guvohnomasi). Natijada, grafik dasturlarning o‘qitish metodikasi aniqlashtirilgan;
bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining vizual modellar, loyihalar tayyorlashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi ochiq ta’lim platformalarni rastrli, vektorli, fraktal grafikli va vebga yo‘naltirilgan dasturiy vositalar ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i, 431371174709124388 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining grafika, vizual loyihalar tayyorlashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi flipped classroom, web-kvest texnologiyalar va scamper, diamond metodlar hamda demografik, interaktiv kabi o‘quv vositalari kreativ kompetentligiga ko‘ra integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid takliflar ““Kompyuter grafikasi” fanidan laboratoriya ishlari (I-qism)” hamda “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i, 194-040 raqamli guvohnomasi va 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i,). Ushbu takliflar asosida kompyuter grafikasiga oid fanlarning o‘qitish meodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishi tuzilmasi uch bosqichli dasturlashtirilgan topshiriqlar, veb-texnologiyalar, metodik ta’minotli dasturiy vositalar, virtual muhitlar asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Zamonaviy dasturlash tillari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 429-300 raqamli guvohnomasi va 2023 yil 22 dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 114415 raqamli guvohnomasi). Bu takliflar asosida bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish” fanidan mustaqil ta’limini takomillashtirishga xizmat qilgan.