Omonturdiev Alibek Anvariyning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Usmon Azim she’riyatida his-tuyg‘ularning teleportatsion tabiati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4070.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Meliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Usmon Azim she’riyati orqali his-tuyg‘ularning teleportatsion xususiyatlarini yangi nazariy tushunchaga tayangan holda badiiy matnga ko‘chgan subektiv tuyg‘uning ko‘chish va ta’sir etish hodisasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teleportatsiyaning atama, tushuncha va poetik mohiyat sifatidagi ildizlari, she’riy matnning ta’sir quvvati, vizualligi sabablarini tekshirishda masalaga ilmiy-nazariy jihatdan yangicha yondashuv kasb etishi asoslangan;
tuyg‘u, g‘oya, tasvir, harakat, metafora, ohang, badiiy niyat kabi absolyut birliklari qabul qilingan she’rning tadrijiy ta’sirchanlik kuchini tasavvurda hosil bo‘lish/bo‘lmaslik oqibatlari Usmon Azim she’riyati misolida: she’rdagi hissiy daraja, so‘zlarning “navi”, metaforik bo‘yoqdorlik, tasvirning harakati, tasvirning vizuallashuvi, she’rda sifat (so‘z turkumi)ning miqdori, satrlararo ohanglar uyg‘unligi, badiiy matndagi (hissiy) rang, poetik kayfiyat ko‘lami kabi qator birlamchi vositalar asosida subektiv his-tuyg‘uning teleportatsiyasi sodir bo‘lishi isbotlangan;
shoir qalamiga mansub syujetli she’rlarning poetik zichligini ta’minlovchi aniq tasvir, ohang, uslub, tematika, badiiy niyat, til imkoniyatlari, temprament kabi birliklarning koordinatsion spesifikasi, shoirning avtopsixologik va ijtimoiy xarakterdagi hamda ishqiy va falsafiy ruh aks etgan sarbast she’rlaridagi his-tuyg‘uning teleportatsion imkoniyatlari ochib berilgan;
Usmon Azim she’riyatida peyzajning badiiy teleportatsion qirralarini tekshirish orqali makon va zamon manzaralarida idilliyaviylikning emotsional ta’sir qamrovi, shuningdek, o‘tkazilgan ijtimoiy anonim so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra his-tuyg‘uning teleportatsion ta’sir doirasining mos va farqli jihatlari hamda ularning sabablari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Usmon Azim she’riyatidagi his-tuyg‘ularning teleportatsion xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
teleportatsiyaning atama, tushuncha va poetik mohiyat sifatidagi ildizlari, she’riy matnning ta’sir quvvati, vizualligi sabablarini o‘rganishda masalaga ilmiy-nazariy jihatdan yangicha yondashuv kasb etishi asoslab berilganiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-sentyabrdagi 04/1-2383-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha teleportatsiyaning atama, tushuncha va poetik mohiyat sifatidagi ildizlari, she’riy matnning ta’sir quvvati, vizualligi sabablari kabi materiallar bilan boyitilgan;
tuyg‘u, g‘oya, tasvir, harakat, metafora, ohang, badiiy niyat kabi absolyut birliklari qabul qilingan she’rning tadrijiy ta’sirchanlik kuchini tasavvurda hosil bo‘lish/bo‘lmaslik oqibatlari Usmon Azim she’riyati misolida: she’rdagi hissiy daraja, so‘zlarning “navi”, metaforik bo‘yoqdorlik, tasvirning harakati, tasvirning vizuallashuvi, she’rda sifat (so‘z turkumi)ning miqdori, satrlararo ohanglar uyg‘unligi, badiiy matndagi (hissiy) rang, poetik kayfiyat ko‘lami kabi qator birlamchi vositalar asosida subektiv his-tuyg‘uning teleportatsiyasi sodir bo‘lishi isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-fevraldagi 04/1-775-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh kitobxonlarning milliy she’riyatimizda kechayotgan poetik yangilanish jarayonlari haqidagi tasavvurlari kengayishiga va kitobxonlik madaniyati yuksalishiga xizmat qilgan;
shoir qalamiga mansub syujetli she’rlarning poetik zichligini ta’minlovchi aniq tasvir, ohang, uslub, tematika, badiiy niyat, til imkoniyatlari, temprament kabi birliklarning koordinatsion spesifikasi, shoirning avtopsixologik va ijtimoiy xarakterdagi hamda ishqiy va falsafiy ruh aks etgan sarbast she’rlaridagi his-tuyg‘uning teleportatsion imkoniyatlari ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-fevraldagi 04/1-775-son ma’lumotnomasi). Natijalar ijtimoiy anonim so‘rovnomalar o‘tkazgan holda loyihaning amaliy imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
Usmon Azim she’riyatida peyzajning badiiy teleportatsion qirralarini tekshirish orqali makon va zamon manzaralarida idilliyaviylikning emotsional ta’sir qamrovi, shuningdek, o‘tkazilgan ijtimoiy anonim so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra his-tuyg‘uning teleportatsion ta’sir doirasining mos va farqli jihatlari hamda ularning sabablari ochib berilganiga oid takliflar va xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Elbek – erk shoiri”, “Men kuylayman ushbu olamda”, “Vatan bog‘inda faryod et” dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 23-yanvardagi 06-28-2288-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuv mavzusi diorasidagi ma’lumotlarning ma’rifiy, ilmiy va amaliy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.