Muxammadiev Feruz Gafurjonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (“filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7094
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor, Muxammadxo‘jaeva Zuxra Rahmatullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi talabalari uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi talabalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarining mazmuni real, virtual va mobil muhitlarni funksional integrallashuvida raqamli-lingvistik komponentining statik va dinamik turlarini sinxronlash orqali aniqlashtirilgan;
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni raqamli lingvokonstruktorlik qobiliyatlarini ta’minlab beruvchi moslashuvchan-tahliliy, tadqiqotchi-konstruktiv va ijodiy-loyihalash bosqichlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining texnologik komponenti to‘ldirilgan reallikka va sun’iy intellektga asoslangan mobil ta’limning MARE va MAIE tuzilmalari yordamida immersiv kontentlarni yaratish orqali takomillashtirilgan;
talabalar uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish usullari texno-lingvistik balansini ta’minlab beruvchi “TAMX-formula”, flesh-kartalar, veb-kvestlarni yaratish texnologiyalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi talabalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarining mazmun-mohiyati real, virtual va mobil muhitlarni funksional integrallashuvida o‘quv-tarbiya jarayonlarni loyihalash, taxmin qilish va tashkil etishga yo‘naltirilgan raqamli (texnik, multimedia, kommunikatsion) va lingvistik (statik-lingvistik va dinamik-lingvistik) komponentlarini sinxronlashtirishga ustivorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 29-apreldagi 116-son buyrug‘i asosida berilgan 116-03-son guvohnomasi). Natijada, talabalarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” faniga qiziqishlari va faolligi hamda mashg‘ulotlarni raqamli ta’lim resurslari vositasida tashkil qilish samaradorligi oshgan;
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni raqamli lingvokonstruktorlik qobiliyatlarini ta’minlab beruvchi addaptiv-tahliliy, izlanuvchi-konstruktiv va kreativ-loyihalash bosqichlarida olib borish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Oliy ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llashni ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 04/11-10555-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chet tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan oliy ta’limda mutaxassislarni tayyorlash tizimining samaradorligi oshgan;
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarni raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining texnologik komponenti to‘ldirilgan reallikka va sun’iy intellektga asoslangan mobil ta’limning MARE va MAIE tuzilmalari yordamida immersiv kontentlarni yaratishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 29-apreldagi 116-son buyrug‘i asosida berilgan 116-03-son guvohnomasi). Natijada, “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarini to‘ldirilgan reallik, sun’iy intellekt texnologiyalar asosida tashkil etish orqali o‘qitishning samaradorligiga erishilgan;
“Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi talabalar uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish usullari texno-lingvistik balansini ta’minlab beruvchi “TAMX-formula”, flesh-kartalar, veb-kvestlarni yaratish texnologiyalariga ustivorlik berish asosida o‘qitish usul va vositalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Oliy ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llashni ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 12-dekabrdagi 04/11-8527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalaridan samarali foydalanishninig metodik imkoniyatlari kengaytirilgan hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi talabalarning raqamli ta’lim muhiti rivojlanishiga erishilgan.