Ismailov Ishaqjon Otabaevichning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ogahiyning tarixiy-adabiy asarlari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil198
Ilmiy maslahatchi: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor, Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari doktori, professor, Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning tarixiy-adabiy asarlari badiiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini poetik, tarixiy, qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ogahiy tarixnavislik uslubining muarrix tarixiy asarlarigacha bo‘lgan manbalar bilan qiyosi ungacha bo‘lgan turkiy tarixnavislik an’analarini qay darajada rivojlantirgani, o‘zigacha bo‘lgan davrdagi muarrixlar ishini hech bir jihatdan aynan takrorlamagani, balki poetik takomilga etkazgani aniqlangan;
“Firdavsu-l-iqbol”, “Riyozu-d-davla”, “Zubdatu-t-tavorix” asarlari orqali ijodkor tarixiy-adabiy asarlari badiiyatini oshirgan sabablar ularni davrdosh asarlarga qiyoslash, muarrix maqsadini amalga oshirishga qay darajada xizmat qilishi, timsollar silsilasiga muarrix iste’dodi hamda shaxsiyatining noyob qirralarini namoyon qiluvchi bir tizim sifatida yondashilgani hamda ularning tarixiy-adabiy asarning jamiyat va davlat muammolari echimidagi o‘rni va badiiy-g‘oyaviy vazifalari ochib berilgan;
“Jome’u-l-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” asarlari orqali tarixiy-adabiy asarlarda saj’ning mumtoz namunalari aniqlanib, bu san’atning o‘quvchi zehniga hissiy-ruhiy ta’siri, badiiy vositalarning inson ma’naviy qiyofasini saqlab qolishdek muhim estetik vazifasi hamda muarrix va tarix ixlosmandi o‘rtasida ruhiy muloqotda maxsus vosita sifatidagi roli ochib berilgan;
Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalaridagi masnaviy, gʻazal, qit’a, ruboiy, ta’rix, fard, marsiya, qasida, munojot kabi lirik janrlar ishtiroki tasodifiy bo‘lmay, muayyan qonuniyatlar va tizim asosida voqelangani mazkur janrlarning badiiyati va g‘oyaviy tahlil orqali dalillangan;
Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalarida keltirilgan lirik janrlarning nazmiy asar mazmuni, mavzusi, ko‘zlangan maqsadiga mos tarzda shakllangan vaznlari aniqlanib, mazkur she’riy parchada aynan biror bahrning qo‘llanilish sabablari hamda solnomalardagi lirik janrlardagi qofiya san’atlari muarrix badiiy mahorati qirralarini namoyon qiluvchi jihat sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya hamda ishlanmalar asosida:
Ishning Ogahiy tarixnavislik uslubining muarrix tarixiy asarlarigacha bo‘lgan manbalar bilan qiyosi ungacha bo‘lgan turkiy tarixnavislik an’analarini qay darajada rivojlantirgani, o‘zigacha bo‘lgan davrdagi muarrixlar ishini hech bir jihatdan aynan takrorlamagani, balki poetik takomilga etkazganiga oid natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2022-yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-martdagi 111/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy-adabiy asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari, undagi badiiy-tasviriy vositalarning asar gʻoyasini ochishdagi o‘rni va ahamiyati, asar poetikasida muhim o‘rin tutgan barcha adabiy unsurlar, ijodkorning xos uslubi kabi qonuniyatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini bergan hamda ilmiy nazariyalarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
“Firdavsu-l-iqbol”, “Riyozu-d-davla”, “Zubdatu-t-tavorix” asarlari orqali ijodkor tarixiy-adabiy asarlari badiiyatini oshirgan sabablar ularni davrdosh asarlarga qiyoslash, muarrix maqsadini amalga oshirishga qay darajada xizmat qilishi, timsollar silsilasiga muarrix iste’dodi hamda shaxsiyatining noyob qirralarini namoyon qiluvchi bir tizim sifatida yondashilgani hamda ularning tarixiy-adabiy asarning jamiyat va davlat muammolari echimidagi o‘rni va badiiy-g‘oyaviy vazifalari haqidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi eksponatlarini boyitishida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 13-maydagi 01-22-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy asarni tarixiy-adabiy asarga aylantiruvchi vositalar tizimi haqida tasavvurlar kengayishiga xizmat qilgan;
“Jome’u-l-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” asarlari orqali tarixiy-adabiy asarlarda saj’ning mumtoz namunalari aniqlanib, bu san’atning o‘quvchi zehniga hissiy-ruhiy ta’siri, badiiy vositalarning inson ma’naviy qiyofasini saqlab qolishdek muhim estetik vazifasi hamda muarrix va tarix ixlosmandi o‘rtasida ruhiy muloqotda maxsus vosita sifatidagi roli haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20- martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘gʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘gʻrisida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq amalga oshirilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 3-, 4-, 5-, 6-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022-yil 16-maydagi 80/2-22-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy-adabiy asarlarda badiiy san’atlardan foydalanish mahorati muarrixning xos uslubi va maqsadi, o‘zining jamiyat oldidagi mas’ullik hissi bilan bogʻlangan holda yoritish imkoni yuzaga kelgan;
Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalaridagi masnaviy, gʻazal, qit’a, ruboiy, ta’rix, fard, marsiya, qasida, munojot kabi lirik janrlar ishtiroki tasodifiy bo‘lmay, muayyan qonuniyatlar va tizim asosida voqelangani mazkur janrlarning badiiyati va g‘oyaviy tahliliga oid natijalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-maydagi 597-son ma’lumotnomasi). Natijada Ogahiy badiiy mahorati yuksalishida adabiy an’ananing ta’siri, shoir ijodining o‘ziga xosligi, Ogahiy qo‘llagan she’riy san’atlardagi mahorat masalalarini yanada kengroq yoritish imkoni yaratilgan;
Ogahiy tarixiy-adabiy solnomalarida keltirilgan lirik janrlarning nazmiy asar mazmuni, mavzusi, ko‘zlangan maqsadiga mos tarzda shakllangan vaznlari aniqlanib, mazkur she’riy parchada aynan biror bahrning qo‘llanilish sabablari hamda solnomalardagi lirik janrlardagi qofiya san’atlari muarrix badiiy mahorati qirralarini namoyon qiluvchi jihat sifatida ochib berilgan ma’lumotlardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Kitobxon vaqti” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 16-maydagi 598-son ma’lumotnomasi). Natijada Ogahiygacha bo‘lgan turkiy tarixnavislik an’analarini qay darajada rivojlantirigani, o‘ziga xos yangiliklari, asar badiiyatiga bo‘lgan alohida e’tibori kabi mezonlar mavjudligi aniqlangan.