Eshonqulov Otabek Safaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida maqollarning lingvokulturologik talqini” 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3925
Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent Anorqulov Sanjar Iskandarovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Ruziev Yarash Bazarovich; filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Suleymanova Nilufar Jabbarovna;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Nemis va o‘zbek tillarida maqollarning qiyosiy tematik tahlili asosida ushbu qardosh bo‘lmagan ikki xalqning mentaliteti, an’analari, urf-odatlarini lingvokulturologik jihatdan ifodalash; maqollarni boshqa tilga tarjima qilinganida ularning semantik xususiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va o‘zbek xalq maqollarining olam lisoniy manzarasidagi lingvokulturologik jihatlari ochib berilgan;
ikki millat xalq maqollarini tahlil qilish jarayonida millatlarning o‘ziga xos kommunikativ, ijtimoiy-madaniy jihatlari farqlanib, maqollarning asosi xalq milliy mentaliteti ekanligi dalillangan;
leksik manbalarga va maqollarning etimologiyasiga tayangan holda har ikki tildagi maqollarni struktur-semantik xususiyatlari aniqlangan;
maqollarning adressivlik, ochiqlik, milliy o‘ziga xoslik va diskursga mos kategorial belgilari aniqlanib, ularning nemis va o‘zbek xalq maqollarida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek maqollarining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy xulosalar va amaliy natijalar asosida:
nemis va o‘zbek maqollarining umumiy va alohida xususiyatlari, turlari, vazifalarini tadbiq qilish maqsadida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimediya mahsulotlarini yaratish” nomli amaliy tadqiqod loyihasi doirasida olingan ilmiy xulosalarga kelingan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitet tomonidan berilgan 2024-yil 24-apreldagi 24/244 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy taklif va tavsiyalar, tilshunoslik, lingvokulturologiya, dialektalogiya tarjimashunoslik kabi fanlarni o‘qitilishida yaratilgan milliy-madaniy so‘zlar glossariysi, elektron resurslar, nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganda muhim manbaa bo‘lib xizmat qilgan.
Nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik talqini, ularning strukturaviy hamda semantik bog‘liqligi va nomutanosibligi, asosan qaysi sohaga oid maqollar tadqiqotning o‘rganilish obektiga aylangani, qolaversa, joriy ilmiy ishning nemis tili o‘rganuvchilarga kelajakda ko‘mak berishi mumkinligi haqidagi xulosalardan “Foreign languaGES” telekanalida efirga uzatiladigan “Dialog”, “Good morning, Uzbekistan!” ko‘rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. Dissertatsiyada ilgari surilgan muhim ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalardan telekanaldagi boshqa teleloyihalarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan 2024-yil 25-apreldagi 01-05-554 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy tillarni o‘rgatish borasidagi nazariy jihatlarning televizion talqini takomillashuviga erishildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida dissertatsiya bo‘yicha erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan. Mazkur loyihada nemis o‘zbek tillari maqollarining struktur, semantik, stilistik(uslubiy), bahoviy, lingvokulturologik xususiyatlar ifodasi darajasida nemis va o‘zbek maqollarining universal va differensial belgilari yuzaga chiqarilgan. (Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan berilgan 2024-yil 29-maydagi 1129/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nemis va o‘zbek tillaridagi maqollarning paydo bo‘lishi va amal qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-madaniy va lingvokulturologik omillarni o‘rganish, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida chet tilini mutaxassislik fani sifatida o‘qitish jarayonida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga tadbiq qilish imkonini bergan.
Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining “ERASMUS + dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro loyihada dissertatsiya bo‘yicha erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan. Yaxshilikni ulug'lovchi, mehnatsevarlikni targ‘ib qiluvchi, tadqiq qilinayotgan ikki xalq hayot tarzini yoritib beruvchi maqollarning strukturaviy o‘xshashliklarning, semantik jihatdan bir-birini taqozo qilmaydigan o‘rinlarda kelishi qiyosiy-tahlil uslublarida ko‘rib chiqilgan. (Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan berilgan 2024-yil 7-iyundagi 1204/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maqollar madaniy ahamiyatli axborotni etkazuvchi, saqlovchi hamda nemis va o‘zbek xalqlari hayot tarzini ifodalovchi lingvokulturologik ahamiyatli birliklar sifatida o‘rganish oliy ta’lim tizmida o‘qish jarayoniga joriy qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish