Yunusov Abrorbek Maxamadamin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amarant o‘simligi ekish muddatlari va ko‘chat qalinligining tuproq unumdorligi hamda ekin hosildorligiga ta’siri”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1172
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Ikromjon Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Mamura Sadridin qizi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; O‘razmatov Nasibjon Nazirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida amarant o‘simligini maqbul ekish muddatlari, ko‘chat qalinliklarini barg va urug‘ hosiliga hamda tuproq unumdorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida amarant o‘simligining «O‘zbekiston» navini etishtirish agrotexnologiya elementlari maqbul (15-mart) ekish muddatlari va ko‘chat (66,6 ming tup/ga) qalinliklari hamda 60X25-1 ekish tizimi ishlab chiqilgan.
amarant o‘simligining maqbul (15-mart) ekish muddatlari va ko‘chat (66,6 ming tup/ga) qalinliklari hamda 60X25-1 ekish tizimida tuproqning agrofizik xossalari – tuproqning xajm massasi (0,02 g/sm3-0,03 g/sm3 ga) yaxshilanganligi, g‘ovakligi (44,4 dan 47,9%) maqbul bo‘lganligi, suv o‘tkazuvchanligi (birinchi yili 33,7 m3/ga, ikkinchi yili 36,8 m3/ga, uchinchi yili 31,8 m3/ga) ortganligi aniqlangan.
maqbul (15-mart) ekish muddatlari va ko‘chat (66,6 ming tup/ga) qalinliklari hamda 60X25-1 ekish tizimida amarant o‘simligining tuproqda qoldirgan ildiz 0,94 t/ga, ang‘iz 0,58 t/ga ni tashkil etib, ularning tarkibidagi azot 58,6 kg/ga, fosfor 25,2 kg/ga, kaliy 34,0 kg/gani tashkil qilganligi aniqlangan.
amarant o‘simligining «O‘zbekiston» navini etishtirishda 60X25-1 tizimida 15-martda ekib, ko‘chat qalinligi 66,6 ming tup/ga bo‘lganda o‘simlikning o‘sib rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, yuqori va sifatli ko‘k massa (216 s/ga) hamda urug‘ hosili (21,3 s/ga), etishtirish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amarantning dorivorlik xususiyati yuqori bo‘lgan barg va urug‘ hosilini olish bilan tuproq unumdorligini, fizik va fizik-mexanik xossalarini saqlab qolish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Respublikamizdagi mavjud fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun «amarant hosildorligi va hosil sifatini ekish muddatlari va ko‘chat qalinligiga bog‘liqligi» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi 02/21-05/5293-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma fermer va dehqon xo‘jaliklarida amarant o‘simligini ekish muddatlari va ko‘chatlar qalinligini maqbul me’yorlariga bog‘liq holda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Amarant ko‘chatlari uchun ekish muddatini 15.03 kunida ko‘chatlar qalinligini 66,6 ming dona qilib belgilash Namangan viloyatining Uychi tumanida jami 14,7 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17-oktyabrdagi 02/21-05/5293–sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, amarantdan tarkibi o‘zgarishsiz saqlab qolingan 89,7 s/ga barg hamda 21,3 s/ga urug‘ hosili olish bilan 216 s/ga ozuqabop ko‘k massa olishi tashkil etilgan;
Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida amarant ko‘chatlarini ekish muddatlari va ko‘chatlari soni o‘simlikning biologik xususiyatlari asosida etishtirish agrotexnologiyasidan kelib chiqqan holda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi 02/21-05/5293-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa amarant o‘simligi ko‘chatlarini 15.03. muddatida 60X25-1 tizimda 66,6 ming dona ko‘chat bo‘lishiga erishish amarant hosildorligini ortishi bilan rentabillikni 59.8% bo‘lishiga erishilgan.