Bo‘rieva Surayyo Zaylievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati sharoitida havo haroratiga bog‘liq holda yangi defoliantlarning samaradorligini baholash”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx734
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Ubaydulla Zulfiqorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Uljaboev Alijon Abdullajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Rahmatov Imom Mamadiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati sharoitida g‘o‘zani sun’iy bargsizlantirish uchun qo‘llaniladigan defoliantlarning havo haroratiga bog‘liqligini aniqlash hamda ularni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan taqir tuproqlari sharoitida Baystar SC va Fandef-M defoliantlarining samaradorligi havo haroratiga bog‘liqligi aniqlanib, defoliantlar me’yorini havo haroratiga bog‘liq holda belgilash kerakligi aniqlangan;
havo haroratiga bog‘liq holda defoliantlar ta’sirida g‘o‘za barglari to‘kilishi va ko‘saklar ochilishi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajada (r=0,855), g‘o‘za ko‘saklari ochilishi va 1-terim salmog‘i orasidagi korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajada (r=0,846), bir ko‘sak paxtasi vazni va paxta hosili orasidagi korrelyasion bog‘liqlik o‘rta darajada (r=0,517) hamda paxta hosili va rentabellik darajasi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajada (r=0,984) bo‘lishi aniqlangan;
Baystar SC defoliantini kunlik o‘rtacha havo harorati 25oS dan yuqori bo‘lganda 0,6 l/ga, 22-25oS bo‘lganda 0,5 l/ga va 17-20oS bo‘lganda 0,7 l/ga me’yorlarda qo‘llash defoliatsiya samaradorligiga (barg to‘kilishi, ko‘saklar ochilishi, ochilish tezligi, bir ko‘sak paxtasi vazni, paxta hosili, tola sifati) ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
Fandef-M defoliantini kunlik o‘rtacha havo harorati 25oS dan yuqori bo‘lganda 6,0 l/ga, 22-25oS bo‘lganda 7,0 l/ga va 17-20oS bo‘lganda 7,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash defoliatsiya samaradorligiga (barg to‘kilishi, ko‘saklar ochilishi, ochilish tezligi, bir ko‘sak paxtasi vazni, paxta hosili, tola sifati) ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan taqir tuproqlari sharoitida Baystar SC va Fandef-M defoliantlari havo haroratiga bog‘liq holda maqbul me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘saklar ochilishi tezlashib, birinchi terim salmog‘i va paxta hosili yuqori bo‘lishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati sharoitida g‘o‘zani sun’iy bargsizlantirish uchun qo‘llaniladigan defoliantlarning havo haroratiga bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Qashqadaryo viloyati sharoitida defoliantlar samaradorligining g‘o‘zani defoliatsiya qilish davridagi havo haroratiga bog‘liqligi bo‘yicha ishlanmalar Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani fermer xo‘jaliklariga 800 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-606-son ma’lumotnomasi). Natijada, defoliantlarni havo haroratiga bog‘liq ravishda qo‘llash orqali g‘o‘za barglari to‘kilishi defoliatsiya samaradorligi 89-91 % ni tashkil etgan.
Baystar SC va FanDEF-M defoliantlarining havo haroratiga bog‘liq holda aniqlangan maqbul qo‘llash me’yorlari Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “ORIGINAL COTTON” klasteriga jami 800 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-606-son ma’lumotnomasi). Natijada, birinchi terim salmog‘i 12-17 % ga, ko‘saklar ochilishi 17-20 % ga, ko‘sak ochilish tezligi 12-15 % ga oshishiga erishilgan.
Baystar SC va FanDEF-M defoliantlarining havo haroratiga bog‘liq holda maqbul me’yorlari Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “ORIGINAL COTTON” klasteriga jami 800 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-606-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta hosili 39-42 s/ga ni, rentabellik darajasi 30-35 % ni tashkil etib, terimni mexanizatsiyalashtirishga sharoit yaratish imkonini bergan.