Aqnazarov Doniyor Karribaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dog‘iston zotli qo‘chqorlar bilan go‘shtdor-serjun sovliqlarni chatishtirishdan olingan birinchi avlod duragaylarning mahsuldorligini oshirish”, 06.02.01–Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1351
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Soatov O‘tkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamatov Bakxtiyor Salimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli seleksiya usullarida yarim mayin junli go‘shtdor–serjun sovliqlarni dog‘iston zotli naslli qo‘chqorlar bilan chatishtirishdan olingan F1 duragaylarning go‘sht va jun mahsuldorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor dog‘iston zotli naslli qo‘chqorlarning tirik vazni, go‘shtdor-serjun naslli qo‘chqorlarning tirik vazniga nisbatan 7 kg yoki 9,46%, yuqori bo‘lishi aniqlandi va eksterer xususiyatlari bo‘yicha go‘sht xiliga mansub ekanligi asoslndi;
go‘shtdor-serjun va dog‘iston zotlari genotipiga ega birinchi bo‘g‘in avlodlarning 18 oylik yoshidagi o‘rtacha tirik vazni 56,75 kg ga etkazilganligi va go‘shtdor-serjun tengqurlarnikiga nisbatan 4,1 kg yoki 7,8% yuqori ekanligi isbotlangan;
go‘shtdor-serjun va dog‘iston zoti bo‘yicha birinchi bo‘g‘in duragay qo‘zilarning o‘sish va rivojlanishi, tana o‘lchamlari va shu asosda hisoblangan tana indekslari bo‘yicha go‘sht va jun xiliga mansubligi asoslab berilgan;
birinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘ylarda junning o‘rtacha uzunligi 12,3 sm, jun chiqimi 56%, ingichkaliligi 26,27 mkm, junning ingichkaligi bo‘yicha (58 sifat) yarim mayin jun beruvchi qo‘y zotlarning andoza talablariga mosligi isbotlangan;
birinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘zilarning “geterozis” samarasi 102,6 dan 104,9% ga ortishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dog‘iston zotli qo‘chqorlar bilan go‘shtdor-serjun sovliqlarni chatishtirishdan olingan birinchi avlod duragaylarning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
jun mahsuldorlik yo‘nalishida dog‘iston zotli naslli qo‘chqorlar bilan go‘shtdor-serjun sovliqlarni chatishtirish usuli Ohangaron tumanidagi “Baraka kavsar” masuliyati cheklangan jamiyatida 105 bosh F1 duragay qo‘zilarda joriy etilgan. (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 20 noyabr №02/23-650 son ma’lumotnomasi). Natijada 8 oylik yoshida qo‘zilarning tirik vazni 38,60 kg tashkil etib, go‘shtdor-serjun tengqurlarnikiga nisbatan 2,08 kg yoki 5,7%, jami daromad 1351000 (bir million uch yuz ellik bir ming) so‘mni, unga sarflangan jami xarajat 985000 (to‘qqiz yuz sakson besh ming) so‘mni, olingan sof foyda 366000 (uch yuz oltmish olti ming) so‘mga teng bo‘lib, rentabellik darajasi 37,2% foizni tashkil etgan;
yangi dog‘iston zotli naslli qo‘chqorlar bilan go‘shtdor-serjun sovliqlarni chatishtirish usuli qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Ohang Abdullaev Abdurauf” fermer xo‘jaligida 110 bosh F1 duragay qo‘zilarda joriy etilgan. (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 20 noyabr №02/23-650 son ma’lumotnomasi). Natijada duragay qo‘zilar 12 oylik bir bosh duragay qo‘zining tirik vazni 43,85 kg ga etkazilib, go‘shtdor-serjun qo‘zining tirik vazniga nisbatan 3,8 kg yoki 9,5% yuqori qo‘shimcha tirik vazn olingan. Jami daromad 1534000 (bir million besh yuz o‘ttiz to‘rt ming) so‘mni, unga sarflangan jami xarajat 1150000 (bir million bir yuz ellik ming) so‘mni, olingan sof foyda 384750 (uch yuz sakson to‘rt ming etti yuz ellik) so‘mga teng bo‘lib, rentabellik darajasi 33,4% ni tashkil etgan;
Dog‘iston zotli naslli qo‘chqorlar bilan go‘shtdor-serjun sovliqlarni chatishtirish usuli Ohangaron tumanidagi “Xolto‘raev Oybek XM” naslchilik fermer xo‘jaligida 150 bosh duragay qo‘zilarda joriy etilgan (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 20 noyabr №02/23-650 son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligida qo‘ylarning har xil belgilarining nasldan-naslga o‘tishi darajasi seleksion-genetik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 18 oylik bir bosh duragay qo‘zining tirik vazni 56,75 kg ga etkazilib, go‘shtdor-serjun qo‘zining tirik vazniga nisbatan 4,1 kg yoki 7,8% yuqori qo‘shimcha tirik vazn olingan. Jami daromad 2270000 (ikki million ikki yuz etmish ming) so‘mni, unga sarflangan jami xarajat 1725000 (bir million etti yuz yigirma besh ming) so‘mni, olingan sof foyda 545000 (besh yuz qirq besh ming) so‘mga teng bo‘lib, rentabellik darajasi 31,6% ni tashkil etgan.