Almanov Qahramon Obloqulovichning
fani doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi aholisi etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishi  mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekison tarixi va 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:. B2022.1.DSc/Tar208
Ilmiy maslahatchisining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibavev Makset Abdibaevich tarix fanlari doktori, professor; Normuradova Go‘zal Bekmuradovna, tarix fanlari doktori, professor; Xaynazarov Baxromjon Baxtiyarovich, tarix fanlari doktori, (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.  XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi aholisi etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishini tarixiy va etnografik materiallar asosida ilmiy tahlil qilish orqali mintaqadagi tarixiy jarayonlarni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasida etnonimlarning tarqalishi turlicha bo‘lib, ular orasida ko‘pchilikni tashkil etadigan turkiy elatlar bilan bog‘liq er nomlari tarixan turli bosqichlarda shakllangani, ularning bir qismi – “turk”, “abdal” “barlos”, “jaloyir” kabilar rivojlangan O‘rta asrlarga tegishli ekanligi dalillangan;
    bu davrda Jizzax vohasidagi etnotoponimlarning aksariyatini O‘rta asrlarda yetakchi bo‘lgan o‘zbek urug‘lari bilan bog‘liq nomlar tashkil etishi, ular orasida etnik mansublik xususiyatlarini yaxshi saqlab qolgan yuz, qirq, turk (barlos, kaltatoy, musobozori), nayman, saroy, qipchoq, qang‘li, mang‘it, bahrin, kerayit, turkman-juzlar bilan bog‘liq qishloq va ovullar nomlari, shuningdek, urug‘ nomlari tarzidagi mohiyatini ham saqlab qolganligi ko‘rsatib berilgan;
    Jizzax vohasi mahalliy aholisi bo‘lgan turkiy tilli va so‘g‘diy tilli aholining voha bo‘ylab tarqalish jo‘g‘rofiyasi tahlil qilinib, ularning nisbati qaysi ma’muriy hududlarda ko‘proq yoki ozroq ekanligi, ular bilan bog‘liq joy nomlari tog‘, tog‘oldi, dasht hamda suv havzalarining qaysi birida ko‘proq uchrashi aniqlangan va xaritalashtirilgan;
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Baxmal, Zomin va Forish hududlari hamda Sangzor daryosining o‘rta va quyi havzalaridagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisining turli-tumanlik kasb etishi va voha toponimik qiyofasida katta o‘zgarishlarning yuz berishi O‘rta asrlarda, xususan, so‘nggi O‘rta asrlarda bu erga turli hududlardan migratsiyalar orqali kirib kelgan ko‘chmanchi aholining o‘troqlasha boshlagani bilan bog‘liqligi aniqlangan;
    XIX – XX asrlar oralig‘ida Jizzax vohasidagi aholi maskanlari orasida etnotoponimlarning yoppasiga ko‘payishi aniqlanib, bunga sabab shayboniylardan to boshqa o‘zbek xonliklari davrigacha bo‘lgan vaqt kesimida turkiylarning ko‘chmanchi toifalari, xususan, ko‘chmanchi turkiy tilli elatlar – o‘zbek, qozoq va qirg‘izlarning o‘troqlashib, vohada o‘zlarining bir qancha o‘nlab qishloq va ovullariga asos solganliklari bilan bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi aholisining etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasida etnonimlarning tarqalishi turlicha bo‘lib, ular orasida ko‘pchilikni tashkil etadigan turkiy elatlar bilan bog‘liq er nomlari tarixan turli bosqichlarda shakllangani, ularning bir qismi – “turk”, “abdal” “barlos”, “jaloyir” kabilar rivojlangan o‘rta asrlarga tegishli ekanligiga oid xulosalardan, shuningdek bu davrda Jizzax vohasidagi etnotoponimlarning katta ko‘pchiligini o‘rta asrlarda yetakchi bo‘lgan o‘zbek urug‘lari bilan bog‘liq nomlar tashkil etishi, ular orasida etnik mansublik xususiyatlarini yaxshi saqlab qolgan yuz, qirq, turk (barlos, kaltatoy, musobozori), nayman, saroy, qipchoq, qang‘li, mang‘it, bahrin, kerayit, turkman-juzlar bilan bog‘liq qishloq va ovullar nomlari, shuningdek, urug‘ nomlari tarzidagi mohiyatini ham saqlab qolganligi ko‘rsatib berilganligi kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Bir qishloq tarixi” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 1-apreldagi 01-33/203-son ma’lumotnomasi). Bu esa Jizzax vohasi aholisi etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishni o‘rganishda muhim ro‘l o‘ynagan;
    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sirdaryo viloyati” telekanalida 2024-yil 16-mayda efirga uzatilgan “Biz suv ichgan daryolar” ko‘rsatuvining senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sirdaryo viloyati” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 28-dekabrdagi 216-son ma’lumotnomasi). Bu esa Jizzax vohasi aholisi etnik tarkibining o‘ziga xosligi, turmush tarzi turlicha bo‘lgan (o‘troq, yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi) etnoslarning voha bo‘ylab joylashuv xususiyatini o‘rganishda, ko‘rsatuv mazmunini boyitishda hal qiluvchi ro‘l o‘ynagan;
Jizzax vohasi mahalliy aholisi bo‘lgan turkiy tilli va so‘g‘diy tilli aholining voha bo‘ylab tarqalish jo‘g‘rofiyasi tahlil qilinib, ularning nisbati qaysi ma’muriy hududlarda ko‘proq yoki ozroq ekanligi, ular bilan bog‘liq joy nomlari tog‘, tog‘oldi, dasht hamda suv havzalarining qaysi birida ko‘proq uchrashi aniqlangan va xaritalashtirilganligi xaqidagi ma’lumotlardan va tadqiqotning ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 7-yanvardagi 02-05/51-son ma’lumotnomasi). Natijada, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax hududida joylashgan aholi manzilgohlari va ularning qanchasi etnonim, patronim, antrotoponim, qanchasida hududiy aholi guruxlari va ijtimoiy toifa,va kasb -hunar bilan bog‘liq nomlar aks etganligiga oid ilmiy natijalar vohaning tarixiy ildizlarini aks ettiruvchi bu kabi etnonimlar ko‘plab tarixchilar va sayyoxlarda katta qiziqish uyg‘otgan;
    XIX – XX asrlar oralig‘ida Jizzax vohasidagi aholi maskanlari orasida etnotoponimlarning yoppasiga ko‘payishi aniqlanganligi, bunga sabab shayboniylardan to boshqa o‘zbek xonliklari davrigacha bo‘lgan vaqt kesimida turkiylarning ko‘chmanchi toifalari, xususan, ko‘chmanchi turkiy tilli elatlar – o‘zbek, qozoq va qirg‘izlarning o‘troqlashib, vohada o‘zlarining bir qancha o‘nlab qishloq va ovullariga asos solganliklari bilan bog‘liqligi, kabi joy nomlariga oid yangicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi targ‘ibot faoliyatida material sifatida ulardan foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2024-yil 25- yanvardagi 04-13/74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax vohasi tarixiga oid qarashlar yoshlar orasida targ‘ibot ishlarida xal qiluvchi ro‘l o‘ynagan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Baxmal, Zomin va Forish hududlari hamda Sangzor daryosining o‘rta va quyi havzalaridagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisining turli-tumanlik kasb etishi va voha toponimik qiyofasida katta o‘zgarishlarning yuz berishi o‘rta asrlarda, xususan, so‘nggi o‘rta asrlarda bu erga turli hududlardan migratsiyalar orqali kirib kelgan ko‘chmanchi aholining o‘troqlasha boshlagani bilan bog‘liqligi, vohada o‘zlarining bir qancha o‘nlab qishloq va ovullariga asos solganliklari kabi masalalar bilan bog‘liq materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yilarda o‘tkazilgan targ‘iboti faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini  keng  targ‘ib  qilish,  “Yangi  O‘zbekiston  –  Uchinchi  Renessans  sari”  g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” 9-bandi mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan “Uyg‘onish ma’rifati” nomli turkum ko‘rsatuvlar tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Ushbu markazning 2023-yil uchun chora-tadbirlari dasturining 8-bandida belgilangan vazifalarni bajarishda ham dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” tomonidan 2023-yil 29-noyabrda berilgan № 02-22/1320-sonli dalolatnoma). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi aholisi etnik tarkibi va uning etnotoponimikada aks etishi tarixini o‘rganishga xizmat qilgan.

                

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish